|
Reja: Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari
|
bet | 1/5 | Sana | 10.09.2024 | Hajmi | 270,57 Kb. | | #270768 | Turi | Викторина |
Bog'liq 1-ma\'ruza 8-MA’RUZA. - 8-MA’RUZA.
- MAVZU: INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI REJALASHTIRISH. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN OLIMPIADALAR TASHKIL ETISH
- REJA:
- Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari
- Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash
- Informatika va axborot texnologiyalari fanidan olimpiadalarni tashkil etish
Ma’ruzachi: k.o‘q.PhD L.S.Isroilova
Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari - bu o'qituvchi tomonidan maktab o'quvchilarining darsdan tashqari vaqtlarda turli faoliyatlarni tashkillashtirish orqali bola shaxsini ijtimoiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Uning asosiy maqsadi - informatikadan o‘quvchilarning olgan bilim va ko'nikmalardagi bo'shliqlarni o'z vaqtida bilib olish to‘g‘rilash, ta’lim sifati va szmaradorligiga erishishdir .
Informatika o’qituvchishi informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni individual, kichik guruhlarda, butun sinf bilan o’tkazishi mumkin.
Darsdan tashqari mashg’ulotlarning turlari.
Darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etishni rejalashtirish. Informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirish o‘qituvchining ish dasturida, shaxsiy ish rejalaridan o‘rin olgan bo‘lib, u dars qoldiradigan, o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, motivatsiya berishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari, iqtidorli bolalar bilan individual shug‘ullanish hamda tarbiyasi og‘ir bolalarga ijobiy ta’sir etish orqali ularning tarbiyasi va fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish yo‘llaridan biri–bu darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishdir.
|
| |