Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish




Download 270,57 Kb.
bet2/5
Sana10.09.2024
Hajmi270,57 Kb.
#270768
TuriВикторина
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza

Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish.
O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan to‘garaklar avvalo bolalarning yoshiga, qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim. Informatika fanidan dasturlash tillarini o‘rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratishga, umuman olganda kompyuter sirlarini o‘rganishva savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan bir nechta to‘garaklarni tashkil etish mumkin.
To‘garaklarni tashkil etilgan yo‘nalishi, tanlangan mavzularini hisobga olib, Python, Java, Delphi dasturlash tillarini yoki ulardan faqat bittasini o‘rganuvchilar uchun “Yosh dasturchi”, kompyuter dasturini aralash o‘rganuvchilar uchun “Yosh informatik”, “Kompyuter savodxonligi”, “Qiziqarli informatika” multimedia va animatsiyalar ustida ishlaydiganlar uchun “Yosh multiplikatorlar”, sayt yaratuvchilarni “Web-dizayn” kabi nomlar bilan nomlash mumkin.
To‘garak ishini loyihalashtirish uchun o‘qituvchi:
o‘quvchilarning bilishi lozim bo‘lgan bilimlarni, bajara olishi bo‘lgan ko‘nikmalarni belgilab oladi;
  • to‘garak maqsadi, mazmunini belgilab oladi;
  • to‘garak a’zolarini qiziqishlariga ko‘ra tanlaydi;
  • to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi;
  • to‘garak a’zolari uchun jurnal tutib, o‘quvchilarni va o‘rganiladigan mavzularni qayd etib boradi;
  • yil yakunida to‘garak faoliyati haqida hisobot beradi.

Misol sifatida informatika o‘qituvchisi tomonidan umumiy o‘rta maktab yuqori sinflarida “Yosh informatik” to‘garagini olib borilishini loyihasin keltiramiz.
  • Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida to‘garak a’zolarining bilishi, bajara olishi kerak bo‘lgan tushunchalarni, maqsadini aniqlaydi

  • “Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bilishi kerak:
  • kompyuter o‘zi nima, u qanday ishlaydi, qanday asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bor;
  • kompyuter dasturlari va ularning bir-biridan farqi nimada;
  • matn muharriri nima, unda qanday ishlar amalga oshiriladi;
  • prezentatsiya yaratish, slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berish;
  • rasm chizish, uni tahrirlash
  • Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash.

Yosh informatik” to‘garagi a’zolari to‘garak mashg‘ulotlari davomida bajara olishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar:
  • kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari bilan ishlay olishi;
  • office dasturlari imkoniyatlaridan foydalanib rasmlar chizishi, tahrirlashi;
  • PowerPoint dasturi imkoniyatlaridan foydalanib prezentatsiya yaratib, unda slayd-shou, slaydlarga animatsiya, musiqa va boshqa effektlar berishi;
  • MS Word matn muharririda matnlar kiritish, ularni tahririlash: saqlash, o‘chirish, ko‘chirish, bosmalash, jo‘natish va hokazo amallarni bajara olishi;
  • Microsoft MS operatsion tizimda fayl, papkalar hosil qilish, ularni tahrirlash ishlarini bajara olishi va h.k.

Yosh informatik” to‘garagining maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad:
  • “Informatika” fanidan o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish;
  • axborotlar ular ustida ishlash: qabul qilish, qayta ishlash, uzatish usul va vositalarini o‘rgatish;
  • kompyuterning ofis dasturlarida ishlash bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
  • o‘quvchilarda umumiy ta’limga mos bilim malaka va ko‘nikmalalarini shakllantirishga yordam berish;
  • o‘quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish.

b) tarbiyaviy maqsad:
  • o‘quvchilarda tashkilotchilik, ozodalik, intizomni;
  • kichik guruhlarda ishlash, o‘zaro aloqada bo‘lish, muloqot qilish madaniyatini;
  • ta’lim muassasasi mulkidan ehtiyot bo‘lib foydalanish;

  • sog‘lom turmush tarzi bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish.
    v) rivojlantiruvchi maqsad;
    o‘quvchilarda qo‘yilgan masalani yechishda ijodiy va oqilona yondashuvni, xotira, diqqat, kuzatuvchanlik, asbtrakt va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.
  • Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichida to‘garak mazmunini belgilaydi, qatnashchilarni tanlaydi, to‘garak o‘tkaziladigan kunni belgilaydi, e’lonlar doskasiga osadi.
  • To‘garak mazmunini belgilab olish uchun to‘garakning o‘qitilishi lozim bo‘lgan mavzulari tematik rejalashtiriladi. Haftasiga bir soatdan yil davomida 34soat (1-jadval).


Download 270,57 Kb.
1   2   3   4   5




Download 270,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalashtirish. To‘garak ishini loyihalashtirish

Download 270,57 Kb.