|
Reja: Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning turlari
|
bet | 5/5 | Sana | 10.09.2024 | Hajmi | 270,57 Kb. | | #270768 | Turi | Викторина |
Bog'liq 1-ma\'ruza2.Guruhlarni shakllantirish. Mavzu tanlanganidan keyin shu mavzu bahs munozarasi olib boriladigan guruh shakllantiriladi. Guruhni shakllantirish turli zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, teskari qaratilgan 1 va 2 yozilgan kartochkalarni tortish, jurnaldagi nomerlarni toq va juft raqamlarga ajratish, guruhdan 2 ta iqtidorli talabani tanlab ular yordamida o‘z guruhlarini shakllantirishga erishish va h.k. Bahs munozara mavzusi bo‘yicha bir guruh fikrni qo‘llab quvvatlovchilar, ikkinchi guruh esa, ularga qarshi fikr yurituvchilar hisoblanadilar.
Guruhdan so‘zga chiquvchilar va vaqtni belgilash. Guruhlar shakllanganidan so‘ng, guruh bilan kelishilgan holda guruh a’zolaridan kimlar qancha qancha vaqt davomida so‘zga chiqishlari belgilab olinadi.
E’lon qilish. Bahs munozara auditoridan tashqarida o‘tkazilayotganligini hisobga olib, uning o‘tkazilishi haqida e’lon muassasa e’lonlar doskasiga chiqariladi. Taklifnomalar tayyorlanib ta’lim muassasasi ma’muriyatiga, guruhlarga tarqatiladi.
Soha fidoiylari bilan uchrashuvni loyihalashtirish. Informatika o‘qituvchisi o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtirishi uchun darsdan tashqari tadbirlarda soha fidoyilari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlarni tashkil etish lozim. Informatika o‘qituvchisi soha fidoyilari bilan uchrashuvni loyihalashtirishi uchun quyidagicha ish yuritadi:
Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi. O‘quvchilarning uchrashishi lozim bo‘lgan informatika sohasi mehnat faxriysi, fidoiylarini aniqlaydi: Ismi sharifi, turar joyi, qayerda yashashi, sog‘-salomatligi, uchrashuv joyini (ta’lim muassasasidami yoki soha faxriysi uyidami), qaysi vaqtda uchrashuv belgilanishi va h.k.
Loyihani tayyorlash (konstruktorlik) bosqichi. Uchrashuvga nom tanlaydi. Nom tanlashda chiroyli jarangdor fikr-mulohazalar (Kasbim-faxrim, fidoyingmiz ona Vatan)dan, maqollardan foydalanishi mumkin. “Mehnat insonni ulug‘laydi”, “Mehnatning noni shirin”, “Mehnating qiyin bo‘lsa, yeganing shirin bo‘lar”, “Mehnat baxt keltirar” va h.k.
Soha fidoiysi bilan uchrashuvning taklifnomasi va e’lonini tayyorlaydi, tarqatadi, e’lonni e’lonlar doskasiga osadi. O‘quvchilarni uchrashuvga tayyorlaydi: Guruh bo‘lib chiroyli guldasta, biror esdalik sovg‘asi olinadi. O‘quvchilar tomonidan maqollar, she’r aytish, mehnat fidoiysiga beriladigan savollar tayyorlanadi.
Masalan:
- nega siz shu kasbni tanlagansiz?
- kasbingizning ijobiy tomonlari nimada bo‘lgan?
- ish jarayonida biror qiziqarli voqea sodir bo‘lganmi?
- siz boshqatdan tug‘ilib qolsangiz yana shu kasbni tanlarmidingiz?
- farzandlaringiz, nabiralaringizdan kasbingiz davomchilari bormi?
biz yoshlarga qanday tilaklaringiz bor va hokazo
Masalan:
- nega siz shu kasbni tanlagansiz?
- kasbingizning ijobiy tomonlari nimada bo‘lgan?
- ish jarayonida biror qiziqarli voqea sodir bo‘lganmi?
- siz boshqatdan tug‘ilib qolsangiz yana shu kasbni tanlarmidingiz?
- farzandlaringiz, nabiralaringizdan kasbingiz davomchilari bormi?
biz yoshlarga qanday tilaklaringiz bor va hokazo
|
| |