• 1. Umumiy qoidalar
  • 2. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
  • 3.Tanlov shartlari va baholash mezonlari
  • 4. G‘oliblarni taqdirlash
  • 5. Yakuniy qoidalar
  • Uzbek Dictionary for Ms Office 2003 (udo)




    Download 351.61 Kb.
    bet1/2
    Sana20.05.2023
    Hajmi351.61 Kb.
    #62549
      1   2
    Bog'liq
    ReadMe UzTransLit
    malumot dars , Buxoriy - Vikipediya, 6.Zamon.kom.ning tuzilishi, apparat va dasturiy modellari, portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар, Nurmatov Abu Bakr Siddiq Mustaqil ish Sotsalogiya, 9-mavzu bo\'yicha test, ing1, ing4, amaliy mashg\'ulot 4, 1700153920, Referat Mavzu Axborot xavfsizligida risklarni boshqarish jarayo, 13 – amaliy mashg’ulot, 3-sinf-sinf-soati-ish-reja-va-konspekti, 2-lab

    TERMIZ MUXANDISLIK TEXNALOGIYaLARI INISTITUTI YeNERGETIKA VA KONChILIK IShI FAKULTETI TALABALARI URTASIDA “QUVNOKLAR VA ZUKKOLAR” KO‘RIK-TANLOVINI O‘TKAZIShNING IChKI TARTIB-QOIDALARI

    Mazkur Nizom Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali talaba-yoshlari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini (bundan keyingi o‘rinlarda tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.


    1. Umumiy qoidalar
    1.Tanlov 2022-2023 o‘quv yilining BIRINChI yarim yilligida o‘tkaziladi.
    2.Mazkur tanlov TERMIZ MUXANDISLIK TEXNALOGIYaLARI INISTITUTI YeNERGETIKA VA KONChILIK IShI FAKULTETI talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilib, har bir guruhdan bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.
    3.Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan jamoalarning shaxsiy tarkibi 12 kishidan oshmagan tartibda tuziladi.
    4.Tanlov mamlakatimizda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari kitob o‘kishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 12-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtidorli, iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni mamlakat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyati va o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida o‘tkaziladi.
    2. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
    5. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.
    6. Birinchi bosqich saralash bosqichi (unda mavjud barcha jamoalar o‘zaro reyting ballarini to‘plash uchun bellashishadi.)
    7. Ikkinchi bosqich final bosqichi (unda saralash mavsumi davomida barcha o‘yinlarda to‘plagan ballari yukori bo‘lgan 4 ta jamoa bellashadi).
    8.Jamoalar chiqishlarining yuqori saviyada bo‘lishi, sahna ko‘rinishlarini taxrir qilish, boyitish va uslubiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkiliy qo‘mita huzurida Badiiy Kengash (keyingi o‘rinlarda Badiiy Kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi.
    9. Badiiy Kengash tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi faqat tashkiliy ko‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi.
    10.Jamoalar tegishli tanlov boshlanishidan kamida uch kun oldin chiqishlarining ssenariysini (yozma ravishda) Badiiy Kengashga yetkazib berishi lozim. Badiiy Kengash jamoalar tomonidan taqdim etilgan ssenariylarning sir saqlanishi va boshqa jamoalarga oshkor qilinmasligiga kafolat beradi.
    11. Badiiy Kengash chiqishlardagi ma’naviyatimizga zid hazillar va sahna ko‘rinishlarini ssenariydan chiqarib tashlashga hakli. Badiiy Kengash ko‘rigidan o‘tmagan yoki olib tashlangan hazillarni sahnaga olib chiqqan jamoalarga katiy choralar ko‘riladi va jarima ballari qo‘llaniladi. Zarur hollarda, Tashkiliy qo‘mita ko‘rsatmasiga asosan o‘yindan chetlashtirilishi ham mumkin.
    12. Jamoalarning har bir chiqishlarini Badiiy Kengash a’zolaridan kamida bir nafar a’zosi kuzatishi va ssenariyda ko‘zda tutilmagan qo‘pol va uyatsiz hazillarga yo‘l qo‘yilsa jarima ball belgilab, o‘yin so‘ngida yakuniy ballar e’lon qilinishidan oldin xakamlar xay’ati taqdim etilishi lozim.
    13. Badiiy Kengash o‘z faoliyati yuzasidan Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishida hisobot berib boradi. Jamoalarning ssenariy va sahna ko‘rinishlari muxarrir ko‘rigidan o‘tkaziladi.
    14. Jamoaning mavsumda qatnasha olmasligi bilan bog‘lik holatlar yuzaga kelganda jamoa Badiiy Kengashga tadbirdan o‘n kun oldin ma’lum qilishi shart. O‘z vaqtida xabar bermagan jamoaga nisbatan belgilangan tartibda (mavsumdan chetlashtirish, qilingan xarajatlarni undirib olish va boshqa javobgarliklar) chora ko‘riladi.
    15.Jamoaning shaxsiy tarkibiga akadem guruxda o‘kiydigan 10 nafar talaba, shu ta’lim muassasasida faoliyat yuritadigan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlardan 1 nafari va 1 nafar uyushmagan ishtirokchilarni jalb etish mumkin. Shuningdek, ko‘rik-tanlov vaqtida kiyinish xonasi, repetitsiya zali va sahna ortida faqat jamoa a’zolari bo‘lishi shart.
    16.Tanlov tasdiqlangan grafik asosida 2020 yil martdan 2020 yil may oyiga qadar o‘tkaziladi.
    17.Qoida tariqasida, Badiiy Kengash taqdimiga asosan, Tashkiliy qo‘mita ruhsati bilan final bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar soniga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
    18.Har bir jamoa o‘z nomiga va libosiga ega bo‘lishi shart. Jamoaning nomi mavsum davomida o‘zgartirilishiga yo‘l ko‘yilmaydi.
    3.Tanlov shartlari va baholash mezonlari
    Tanlov 3 ta shart asosida o‘tkaziladi.
    19.Tanlovning birinchi “Tanishtiruv” shartida “Yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga bo‘lgan qiziqishlarini hazil-mutoyiba, kuy-ko‘shik, raqs va boshqa satirik-yumoristik sahna ko‘rinishlar orqali ko‘rsatib beradilar.
    Ushbu shartdagi chiqish mazmunan jamoalar nomi yoki o‘zlari yashaydigan hudud tabiati, inson (xususan yoshlar) hayoti, o‘y-kechinmalari, odamlar orasida uchrab turadigan salbiy illatlarni yumor orqali tanqid qilish, jamoaning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlar, lavhalar keltirish tartibida bo‘ladi.
    Ushbu shartda jamoalar chiqishi uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.
    Ushbu shartda jamoalar chiqishlarining mazmuni, hazil-mutoyibaga boyligi, quvnoqligi, rang-barangligi, kuy-qo‘shiq, raqs ijrosi, ishtirokchilar mahorati baholanadi. Tanishuv sharti hakamlar tomonidan 5 ballik mezonda, maksimal 25 ball bilan baholanadi.
    20. Ikkinchi “Estrada minyatura, teatri” bu shartda jamoalar 5 daqiqa davomida sahnada bir mavzuga doir sahna ko‘rinishi namoyish etadi, sahnada bir vaqtning o‘zida 4 nafardan ortiq ishtirokchi bo‘lishi mumkin emas. Shart mavzulari mavsum davomida o‘zgarib boradi.
    Shart hakamlar tomonidan 5 ballik mezonda, maksimal 25 ball bilan baholanadi.
    21.Tanlovning uchinchi “Erkin mavzu” shartida hayotda “Bizda hammasi 5” quvnoq chiqish sharti (xususan, yoshlar hayotida) uchraydigan turli xil qiziq voqeliklar, illatlar, kamchiliklar kulgu ostiga olingan teatrlashtirilgan lavhalar (ko‘rinishlar)dan iborat chiqishlar qilinadi. Shuningdek, musiqalar, qo‘shiqlar, taniqli san’atkorlar qo‘shiqlariga o‘xshatmalardan foydalangan holda kulgu ostiga olingan teatrlashtirilgan lavhalar (ko‘rinishlar) ham bo‘lishi mumkin.
    Ushbu shartda chiqishlarning saviyasi yukori bo‘lishini ta’minlash maqsadida ayrim o‘rinlarda fonogrammadan foydalanishga yo‘l ko‘yiladi. Taniqli san’atkorlar qo‘shiqlariga o‘xshatmalar qilingan taqdirda, qo‘shiq so‘zlari jamoalar tomonidan yozilishi va ijro etilishi talab etiladi. San’atkorlarni kamsitishga yo‘l ko‘yilmasligi kerak.
    Ushbu shartda jamoalar chiqishi uchun 6 daqiqa vaqt ajratiladi.
    Ushbu shartda jamoalar chiqishlarining mazmuni, xayotiyligi, dolzarbligi, tanlangan g‘oyaning originalligi, hazil-mutoyibaga boyligi, quvnoqligi, rang-barangligi, ishtirokchilar mahorati baholanadi. Ushbu shart hakamlar tomonidan 5 ballik mezonda, maksimal 25 ball bilan baholanadi.
    22.Badiiy kengash ko‘rigidan o‘tmagan hazillardan foydalanilgan hamda jamoa vaqt reglamentiga amal qilmagan xollarda 0.1 dan 0.5 gacha jarima ballari belgilanadi. Qizlarning tor shim, kalta yubka, beli ochiq holda chiqishi, yigitlarning tor shimda (sahna ko‘rinishi uchun kerak bo‘lmagan hollarda) chiqishi ta’qiqlanadi.
    23.Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlovda ishtirok etadigan jamoalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    tanlovda ishtirokchi jamoalar a’zolari soni 12 nafardan ko‘p bo‘lmasligi lozim;
    jamoalarning chiqishlari yukori saviyali bo‘lishini ta’minlash maqsadida tegishli
    mutaxassislar (Badiiy Kengash ruxsatiga ega rejissyor, bastakor, yozuvchi va hokazo) ko‘magidan foydalanishga ruxsat etiladi, ammo ular jamoa tarkibiga qabul qilinmaydi;
    jamoalar yukoridagi shartlar bo‘yicha o‘z chiqishlarida yoshlarni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhini tarbiyalash g‘oyalarini aks ettirishga alohida e’tibor qaratishi belgilanadi;
    jamoalar tomonidan o‘z chiqishlari davomida avvalgi bellashuvlarda ishlatilgan hazillar, boshqa jamoalar tomonidan ishlatilgan hazillar, eski latifalarni ishlatishi ma’n etiladi;
    jamoalar tomonidan o‘z chiqishlari davomida uyatsiz, bachkana, ko‘pol-qaltis hazillar, taniqli insonlar, san’atkorlar shaxsiga, hakamlar hay’ati a’zolari shaxsiga nisbatan masxaraomuz va raqib jamoalarga nisbatan kamsituvchi qazillar ishlatishi ma’n etiladi;
    24.Tanlov shartlarini baholash hamda g‘oliblar va boshqa ishtirokchilarni taqdirlash Tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
    Hakamlar hay’ati tarkibiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, professor-o‘qituvchilar, Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi va boshqa boщqarma hamda idoralar mas’ul xodimlari, shuningdek madaniyat va san’at sohasi vakillari kiritilishi mumkin.
    25.Tashkiliy qo‘mita tomonidan bellashuv o‘tkaziladigan sana va shartlarga, har bir shart uchun ajratilgan vaqtlarga hamda zarur hollarda mazkur Nizomga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
    26. Eng yukori ko‘rsatkichga erishgan jamoa tanlovning g‘olibi deb topiladi. Agarda jamoalar o‘rtasida umumiy to‘plangan ballar teng kelib qolgan taqdirda birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni taqsimlash Tashkiliy qo‘mita tomonidan hal etiladi.
    Hakamlar hay’ati tomonidan qabul qilingan qarorga sharx berilmaydi va ushbu qarorni muxokama etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    4. G‘oliblarni taqdirlash
    27.Tanlov g‘olibi va ishtirokchilarini taqdirlash, direktor tomonidan ta’sis etilgan kubok (oliy o‘rin uchun), fahriy yorlik va diplomlari (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun), tanlov davomida aniqlangan turli yo‘nalishlardagi eng faol guruh a’zolari va ishtirokchilari esa direktor tomonidan esdalik sovg‘alari, rag‘batlantiruvchi diplom va fahriy yorliqlari bilan taqdirlanadilar.
    5. Yakuniy qoidalar
    28.Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘lik barcha xarajatlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali direktorining buyrug‘i bilan byujetdan taщqari mablag‘lar hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi.
    29.Davlat va nodavlat tashkilotlari hamda jismoniy shaxslar tanlovda homiylik qilishlari mumkin.
    Loyiha kirituvchi:
    YeNERGETIKA VA KONChILIK IShI FAKULTETI TALABASI
    YoKUBOV BOBUR

    TERMIZ MUXANDISLIK TEXNALOGIYaLARI INISTITUTINING



    Download 351.61 Kb.
      1   2




    Download 351.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uzbek Dictionary for Ms Office 2003 (udo)

    Download 351.61 Kb.