192
3.5. Suvdan tejamli foydalanishga ko‘maklashuvchi
tadbirlar
Bir yillik ekinlarni egatlab sug‘orish
jarayonida suvdan
tejamli foydalanishga ko‘maklashuvchi tadbirlar ham mavjud
bo‘lib, ularning eng ommaviylari sifatida suvga mahalliy go‘ngni
aralashtirib berish, ya’ni sharbat usulida sug‘orish va shamolga
qarshi to‘siq vazifasini bajaradigan o‘simliklari qatorlarini tashkil
qilishni misol qilish mumkin.
3.5.1. Tuproqqa nam saqlovchi gidrogellarni qo‘shish
Gidrogellar suvda kuchli bo‘kuvchan
sintetik polimerlar
bo‘lib, ularni tuproq qo‘shilganda, tuproqda katta miqdordagi
namlikni uzoq vaqt davomida ushlab turish imkoniyatini yaratadi.
Tuproq tarkibiga atmosfera yog‘inlari va sug‘orish suvlari
sifatida kelib qo‘shilgan suv tuproqda o‘simliklar ildiziga
bemalol o‘tadigan holatda saqlanadi.
Gidrogellar o‘zining og‘irligidan 200-300
marta ortiq
migdordagi yomg‘ir suvlarini, ko‘pchilik tuproqlar sharoitlarida
ushbu tuproq tarkibidagi tuzlarning miqdoriga qarab o‘zining
og‘irligiga nisbatan 200-250 martagacha ko‘p
suvni yutishi
aniqlangan. Xususan, 10 gramm miqdordagi polimer amalda 2
litrdan 4 litrgacha suvni saqlab turishi mumkin.
Gidrogel tuproqdagi namlik miqdorini oshiradi, shuningdek
gidrogel granulalari tomonidan suvni
yutish va uni tuproqqa
berish jarayonida gidravlik kengayishi va qisqarishi natijasida gil
tuproqlarning infiltratsion xossalari ortadi.
O‘z tarkibida mineral o‘g‘itlar, mikroelementlar va o‘sim-
liklarni turli kasallik va begona o‘tlardan himoyalovchi vosita-
larni jamlagan gidrogellarni amalda qo‘llash qariyb barcha
o‘simliklar urug‘larini to‘liq
unib chiqishi, maysalarini durkun
rivojlanishi va kelgusida yaxshi hosil berish imkoniyatlarini
193
oshiradi. Bunday amaliyot natijasida
katta miqdordagi suv va
mineral o‘g‘itlarni tejalishiga erishiladi (3.16-rasm).
Gidrogelni qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida foydalanish
imkoniyatlari yuqori bo‘lib, ulardan foydalanish asosida ilgari
yaroqsiz sanalgan suvsiz yerlarda ekin
yetishtirish imkoniyatlari
yaratiladi.
Mahalliy gidrogelning o‘ziga xos asosiy ko‘rsatkichlari 3.4-
jadvalda aks ettirilgan.
a) gidrogel ko‘rinishi
b) tuproqdagi yangi qo‘shilgan
gidrogel va o‘simlik holati
c)
tuproqda
suv
shimib
shishgan gidrogel va o‘simlik
holati
3.16-rasm. Tuproqqa
nam
saqlovchi
gidrogellarni
qo‘shilgandagi o‘simlikning holati