177
3.8-rasm. Ekin dalasini diskret usulda sug‘orish sxemasi.
Bunda tuproq strukturasini tez o‘zgarishi va yirik tuproq
bo‘laklari va g‘ovaklarini tez bartaraf qilinishi hisobiga
tuproqning suv o‘tkazuvchanligi keskin kamaytiriladi.
Ikkinchi marta suv berilganda
esa suv qotgan tuproqqa
shimilmay tezlik bilan yana egatning oxiriga yetib boradi.
Natijada suvni tuproqqa chuqur singishi kamroq bo‘ladi, ekin
dalasini hamma qismini sug‘orish esa tezroq amalga oshiriladi,
Diskret usulda sug‘orishda suv berish impulslari va
to‘xtashlarni qa’tiy navbat bilan olib borilishi hisobiga dala
tuprog‘ini bir tekis namlanishi imkoniyatlarini yaratadi.
Diskret usulda sug‘orish texnologiyasini qo‘llash uchun ekin
dalasi avvaldan maydoni teng bo‘laklarga bo‘lib olinadi.
Bitta
dala bo‘ladigan bo‘lsa, dala ikkita teng qismga bo‘lib olinadi. Suv
berish taktlari ana shu ikki dala o‘rtasida almashtirilib olib
boriladi.
Diskret usulda sug‘orilganda suv 1-2 soat davomida dalaning
birinchi bo‘lagidagi egatlarga beriladi va xuddi shuncha vaqt
178
to‘xtatiladi. Bu paytda suv dalaning ikkinchi qismidagi egatlarga
beriladi. Ikkinchi qism ham sug‘orib bo‘lingandan keyin suv yana
birinchi dalaga yuboriladi (3.8-rasm).
Dalaga diskret usulda suv berish taktlarining soni dala
tuprog‘ining suv o‘tkazuvchanligiga bog‘liq va 4-8 marta davom
etadi. Suv berishni to‘xtatish taktlari esa 3 martadan 7
martagacha
davom etadi.
Diskret usulda sug‘orishni daladagi ariqlarning o‘zida qo‘lda
amalga oshirish qiyin bo‘lganligi tufayli ma’lum uzunlikdagi suv
yetkazib beruvchi quvurlar, sug‘orish shlanglari va, eng asosiysi,
suvni ochib-yopuvchi avtomatik qurilmani o‘z ichiga oluvchi
to‘plam yordamida amalga oshiriladi. Bu to‘plam diskret
sug‘orish komplekti deb nomlanadi.
Diskret usulda sug‘orish komplekti tarkibida suv yetkazib
beruvchi va taqsimlovchi quvurlar
bilan birga suvni ochib-
yopuvchi avtomatik qurilma ham bo‘lib, amaliyotda uning
SANIIRIda (hozirgi ISMITI) ishlab chiqilgan ADPE -300 (elektr
tokida ishlovchi to‘xtab- to‘xtab suv berish avtomat qurilmasi) va
APP-1.5/300 (to‘xtab-to‘xtab suv berish avtomat qurilmasi)
qurilmalaridan foydalaniladi (3.9-rasm va 3.1-jadval).
Diskret usulda sug‘orish, odatda, ekin dalasiga suv novlar
yoki quvurlar tizimi orqali yetkazib beriladigan va ulardagi
suvning bosimi kamida 1 metr bo‘lgan sharoitlarda qo‘llaniladi.
Bir diskret sug‘orish komplekti bilan bir mavsumda 30-40 gektar
maydonga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Diskret usulda sug‘orishda sug‘orish
vaqtini qisqartirish
uchun egatlar odatdagiga nisbatan uzun olinadi va ularning
uzunligi 400 metrgacha tayinlanadi. Bunda egatlarning oralig‘i
0,9 m kenglikda tayinlanadi, undan kichik qiymatlarda egatga
berilayotgan suv (suv sarfi – 1,0-1,5 l/s) egatlar oralig‘iga
sig‘may qoladi.