173
holatda suvni harakatlantirish uchun egatga berilayotgan suvning
sarfini oshirilsa, egat arig‘idagi suvning egatdan toshishi, suvning
ko‘llashi yuz beradi. Bunday sharoitda
tuproqni egatning butun
uzunligi bo‘yicha bir tekis namlanishini ta’minlash uchun suvni
dalaning ikki tomonidan (boshi va oxiridan)
berish tavsiya
qilinadi. Bunda dalaning har ikki tarafidan bir xil o‘qariq olinadi
va dalaga suv ikki tomondan beriladi va bu usulda sug‘orishga
egatga ikki tomondan suv berib sug‘orish usuli deyiladi.
Egatning ikki tomonidan (qarama-qarshi) sug‘orish – bu
egatning har ikki tomondan, ya’ni
uning boshi va oxiridan bir
xilda suv yuborib egatlar oralig‘ini suv bilan nisbatan tez vaqtda
to‘ldirishga asoslangan sug‘orish usulidir (3.6-rasm).
Egatlardagi suvlar bir-biri bilan tutashganlardan so‘ng egatlar
ichi suvga to‘ldiriladi. Suv toshib ketmasligi uchun egatlarga suv
ikki taktda beriladi. Usulning samaradorligi suvchining ustaligiga
ham bog‘liq sanaladi.
3.6-rasm. Egatga ikki tomondan suv berib sug‘orishning
sxemasi
174
Ikki tomondan suv berib sug‘orishning suv tejash samarasi
suvdan foydalanish koeffitsientini oshishida ko‘rinadi. Egatlar
uzunligi bo‘yicha bir tekis namlanadi. Ekinlarni bir tekis o‘sishi
uchun sharoit yaratiladi.
Egatlar oralig‘ini dalaning ikki tomonidan tezda to‘ldirish
uchun qarama-qarshi tomonlardan sug‘orish
ekin maydonini bir
tekis namlash, suvni infiltratsiyaga yo‘qotilishini va sug‘orish
davomiyligini kamaytirish imkoniyatlarini yaratadi.
Ekin maydoniga ikki tomondan suv berib sug‘orish usuli
O‘zbekiston sharoitida asosan Janubiy Qoraqalpog‘iston va
Xorazm viloyati hududlarida keng qo‘llaniladi.
Ekin maydoniga ikki tomondan suv berib sug‘orish
usulini
amalda qo‘llashni o‘rganish natijalarining (Paluashova, 2004-
2006 y.) ko‘rsatishicha, egatlar arig‘iga berilgan suvning sarfi
0,8-1,5 l/s
ni tashkil qiladi, sug‘orish muddati odatdagi usulda
sug‘orilganga ko‘ra 2,5 martagacha kam bo‘lishi va bunda 15-
20% suv tejalishi mumkin.