166
a) barcha egatdan sug‘orilganda
b) egat tashlab sug‘orilganda
3.2-rasm. Egat tashlab (oralatib) sug‘orishda tuproqning nam-
lanishi.
Natijada egatlarni oralatib sug‘orilganda
odatdagi usulda
sarflanadigan suvning 20-25% ini tejashga erishiladi.
Egat tashlab sug‘orilganda suv qo‘yilmagan egat
tuprog‘ining namlanishi namlikni suv oqqan egatdan quruq egat
tomon kapillyar harakatlanishi hisobiga yuz beradi (3.2-rasm).
Egat tashlab sug‘orilganda suv qo‘yilgan va qo‘yilmagan
egatlar
tuproqlari
namlanish
konturlarini
shakllanishida
tuproqning mexanik tarkibi va yer osti sizot suvlarining sathlari
muhim ahamiyatga ega.
Egat tashlab (oralatib) sug‘orishni ekin dalasi tuproqlarining
xususiyatlariga qarab, birinchi navbatda:
•
yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi
tuproqlarda suv isrofini
kamaytirish va tuproq strukturasi buzilishining oldini olish
uchun;
•
barcha turdagi tuproqlarda birinchi va ikkinchi suv
berishda (g‘o‘zalar gullashga kirguncha);
•
suv sig‘imi yuqori va o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lgan
tuproqlarda hamda sizot suvlari chuchuk va sathi yer
yuzasiga yaqin
joylashgan hollarda;
•
katta nishabli sug‘oriladigan maydonlarda doimiy qo‘llash
tavsiya qilinadi.
167
a) avvalgi sug‘orish
b) keyingi sug‘orish
3.3-rasm. Egat tashlab sug‘orishda egatlardan almashlab
foydalanish
Egat tashlab (oralatib) sug‘orilayotgan ekin maydonini
keyingi (navbatdagi) sug‘orishlarda avval suv qo‘yilmagan
egatlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Bunda dala tuprog‘ining barcha qismlarini bir xilda
namlanishiga,
shuningdek, parvarishlanayotgan ekinning boshqa
tomondagi ildizlarini ham rivojlanishiga hamda o‘simlikning
oziqlanish maydonini kengayishiga imkon yaratiladi (3.3- rasm).
Egat tashlab (oralatib) sug‘orishni tuproqlari yaxshi suv
o‘tkazuvchan (qumdan boshqa), kam va o‘rtacha sho‘rlangan
ekin maydonlarida qo‘llash tuproqning suv-tuz balanslarini
samarali boshqarish imkoniyatlarini yaratadi.
Ekin dalasida egat tashlab (oralatib) sug‘orishni o‘tkazish
uchun, avvalo, suv beriladigan egatlar suv oqishi uchun tayyorlab
chiqiladi. Buning uchun suv tarqatuvchi o‘q ariqning egatga suv
beradigan
nuqtalari plyonka, chim yoki sifonlar bilan jihozlab
chiqiladi.
Suv o‘qariqqa yuborilgandan keyin, uni sug‘oriladigan
egatlarga bexato taqsimlanayotganligi (oqib kirayotganligi) tek-
shirib chiqiladi. Nosoz joylar to‘g‘rilab chiqiladi. Suv belgilangan
168
egatlarga to‘liq taqsimlab bo‘lingandan so‘ng, vaqti-vaqti bilan
uning to‘g‘ri oqayotganligi kuzatib turiladi.
Egat tashlab (oralatib) sug‘oriladigan dalaning uzunligi 100
metrgacha bo‘lgan o‘lchamda belgilanadi.
Bu ishni samarali
tashkil qilish va suvdan samarali foydalanishga zamin yaratadi.
Egat tashlab (oralatib) sug‘orilayotgan ekin dalasini
navbatdagi sug‘orishda suvni avval sug‘orilgan egatlardan emas,
balki ularning yonidagi avval quruq qoldirilgan egatlardan
oqizilsa, tuproq namligini butun dala bo‘ylab bir xilda bo‘lishini
ta’minlash imkoniyatlari oshiriladi.
Egat tashlab (oralatib) sug‘oriladigan ekin dalasida
tarqatuvchi o‘q ariq o‘rniga ko‘chma
egiluvchan quvurlardan
foydalanish ariqlarni sug‘orishga tayyorlash uchun sarflanadigan
qo‘l mehnatini kamaytirish imkoniyatlari yaratiladi.
Egat tashlab (oralatib) sug‘orilgan ekin dalasida mavsum
davomida sug‘orishga ishlatiladigan suvning 20-25%gacha qismi
tejaladi.
Bundan tashqari, tuproqda suv-havo rejimini maqbul daraja-
da bo‘lishi ta’minlanadi. Natijada ekinlar stressga uchramasdan
yaxshi rivojlanishlari uchun maqbul sharoit yaratiladi. Bunday
sharoitda
parvarishlangan
ekinning
hosildorligi
muqarrar
ravishda ortadi.