160
Dalaning oxiridan suvni tashlanishining oldini olish uchun
sug‘orish vaqtida suv polosaning 3/4 qism uzunligini qoplashi
bilan dalaga suv berish to‘xtatiladi.
Ekin dalasini polosalarga bo‘lib sug‘orishning afzalliklari:
–
sug‘orishni o‘tkazish unumdorligining yuqoriligi, ya’ni
qisqa vaqtda katta maydonlarni sug‘orish mumkin;
–
ekin dalasining barcha qismlarini bir xil namlash mumkin.
Sug‘orishga suvning ko‘p sarflanishi ekin dalasini polosa-
larga bo‘lib sug‘orishning eng asosiy kamchiligi hisoblanadi.
Shuningdek, suvni polosalar bo‘ylab bostirib berilishi tufayli
tuproqni havo bilan aloqasi uziladi va tuproq bilan havo o‘rtasida
gazlarning almashinishi to‘xtaydi, ya’ni o‘simlikning oziqlanish
jarayoni buziladi.
Ekin dalasini polosalarga bo‘lib sug‘oriladigan dalalarda
sug‘orish vaqti kechiktiriladigan bo‘lsa tuproq yuza qatlamida
yoriqlar paydo bo‘lib, o‘simlik ildiz qismining uzilishlariga sabab
bo‘ladi. Oqibatda o‘simliklarning o‘sishida o‘ziga xos tanaffuslar
yuzaga keladi.
O‘zbekiston sharoitida ekin dalasini polosalarga bo‘lib
sug‘orish
usuli
qo‘llanilayotgan
maydonlar
umumiy
sug‘oriladigan maydonlarning 5% ga yaqinini tashkil qiladi.