N
m
= h . A . (β
r
– β
i
) + 100 . ( A – β
r
)
h
r ,
m
3
/ga,
Agar N>N
m
bo‘lsa, u holda sho‘r yuvish bir necha
mavsumda amalga oshiriladi:
𝒏 =
𝑵
𝑵
𝒎
bu yerda h
2
– sizot suvlarining sho‘r yuvishdan keyin
147
ko‘tarilgan sathi, m;
h
2
≤ h
r
–
h
1
, m;
h1 – sizot suvlarining sho‘r yuvishdan oldingi sathi, m;
h
r
– sizot suvlarining yo‘l qo‘yilgan sathi.
Sizot suvlarining yo‘l qo‘yiladigan sathi bahorgi ishlarni
boshlash sharoitlarini e’tiborga olish asosida mexanik tarkibi
yengil tuproqlar uchun 1,3 m, o‘rta tuproqlar uchun 1,5 m, og‘ir
tuproqlar uchun 1,8 m qilib belgilanadi.
Mavsumdagi sho‘r yuvishlar soni sho‘r yuvish cheklaridagi
suvning chuqurligiga qarab belgilanadi:
𝒏 =
𝑵
𝑵
𝟏
bu yerda N
1
-sho‘r yuvish chekiga beriladigan birinchi sho‘r
yuvish me’yori:
N = h
A
(β –
β ) = 10000
h
, m
3
/ga;
h – sho‘ri yuviladigan chekdagi suvning chuqurligi, h=(0,15-
0,25) m.
Tabiiyki, har bir mavsumda sho‘r yuvish davomiyligi o‘rta
hisobda 30 kun bo‘lishi mumkinligi bois bu davrda sho‘r
yuvishga ko‘pi bilan 4-5 ming m
3
suv berilishi mumkin.
Shuning uchun ham mavsumiy sho‘r yuvish me’yori
quyidagicha belgilanadi:
N
m
=N/n≤(4000
-5000)
m
3
/ga.
Agar N > 4000-5000 m
3
/ga bo‘lsa, sho‘r yuvish taktlari soni
ham birdan katta bo‘ladi.
148
Mavsumiy sho‘r yuvish me’yori ham 2-3 ga bo‘lib beriladi.
Birinchi sho‘r yuvishning me’yori keyingilaridan katta bo‘ladi,
chunki bunda tuproq to‘liq to‘yinmagan bo‘ladi.
Cheklardagi
suvning
qatlami
h=(0,15-0,25)
m
dan
ortmaganligi tufayli ham mavsumiy sho‘r yuvish me’yorini (Nm)
2-3 bo‘lakka bo‘lib beriladi.
Masalan, N
m
=5000 m
3
/ga, unda N =2000 m
3
/ga, N
2
=N
3
=1500 m
3
/ga.
Sho‘r yuvish me’yorlari asosida sho‘r yuvish vaqtlari
belgilanadi. Sho‘r yuvish muddatlari quyidagi formuladan
aniqlanadi:
𝒕 =
𝑵
𝒊
𝑵
𝒎
∙ 𝑻
,
kun.
Ekin maydoni sho‘rini yuvishning aniq muddatlari dala
tuprog‘ining sho‘rlanish darajasi, sho‘rlanish tipi, tuproq
xususiyatlari, sizot suvlar sathining chuqurligi va ekin ekish
muddatiga bog‘liq ravishda belgilanadi.
Sho‘rlangan ekin maydoni sho‘rini yuvish samarali bo‘lishi
uchun dalani sho‘r yuvishga tayyorlash ishlari olib boriladi.
Buning uchun sho‘ri yuviladigan ekin maydoni avvalgi ekin
qoldiqlaridan yaxshilab tozalanadi, kamida 30-35 sm chuqurlikda
sifatli haydaladi, maydon atrofidagi ariq va zovurlar yaxshilab
tozalanadi, sug‘orish anjomlari (suv o‘lchagichlar, to‘sinlar)
tayyorlanadi.
Zichlangan va gipsli yerlarda RN-61 yumshatgich bilan ikki
yo‘nalishda – zovurning bo‘yi va eniga qarab chuqur (0,65-0,80
m) yumshatish o‘tkaziladi.
Sifatli shudgorlangan dalada yer tekislagich bilan ikki
yo‘nalishda 5-6 sm li qiyalik farqi bilan joriy tekislash
o‘tkaziladi.
149
a) marza olish
b) balandlikni
o‘lchash
d) marzani tutashti-
rish
1.45-rasm. Cheklar marzalarini olish.
So‘ngra cheklar olish uchun belgilar qo‘yib chiqiladi.
Sho‘ri yuviladigan cheklarning kattaligi tuproqning mexanik
tarkibi, suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati, dalaning tekislanganlik
darajasi va nishabligiga bog‘liq tarzda belgilanadi.
Sho‘r yuvish uchun cheklar odatda traktorga tirkaladigan
KZU-0,3 marzako‘targichlar yordamida tashkil qilinadi. Chek-
larning marzasi tuproqning suv o‘tkazuvchanligi va sho‘r yuvish
me’yorlariga qarab, 0,5 m gacha balandlikda, oldin ko‘ndalan-
giga, keyin bo‘yiga qarab olinadi.
Zarur hollarda marzalarning tutashgan joylarini qo‘l kuchi
bilan to‘g‘irlab chiqiladi (1.45-rasm).
Suv cheklardan zovurlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqib ketishining
oldini olish uchun dalaning quyi tomonidagi marzalar balandroq
qilib olinadi.
Cheklarning o‘lchamini dalaning nishabligini e’tiborga olgan
tarzda (L x B) 17x50 m dan 50x50 m gacha kattaliklarda
tayinlanadi (1.41-jadval).
Sho‘ri yuviladigan cheklarning dalada sxematik joylashuvi
1.46-rasmda aks ettirilgan.
|