140
Sensorlar tuproqning ma’lum chuqurliklariga,
asosan
ekinlarning ildiz zonasi atrofiga doimiy o‘rnatib qo‘yiladi.
Sensorlar tuproqning elektr o‘tkazuvchanligiga asoslangan
ma’lumotlarni qayd qilib boradilar va bu to‘g‘rida yig‘uvchi blok
yoki o‘lchash asbobiga xabar berib turadi.
Tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
dS/m o‘lchov birligida taqdim qilinadi. O‘lchash natijalari tuproq
sho‘rlanishi o‘zgarishlarini aks ettiruvchi jadval va grafiklar
ko‘rinishlarida ekranga chiqariladi yoki yig‘uvchi
blokka
joylashtiriladi.
Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida tuproqning
sho‘rlanish darajasini baholash va sho‘r yuvish ishlarini
rejalashtirish ishlari bajariladi.
Hozirgi kunda sensorli usullar amaliyotda keng qo‘llanadi.
Zamonaviy mobil uskunalarni qo‘llash asosida ma’lumotlarni
masofadan
turib
olish
imkoniyatlari
usulning
afzallik
tomonlaridan sanaladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni
saqlash
moslamalari bilan jihozlangan uskunalarda ma’lumotlarni uzoq
muddat saqlash imkoniyatlari mavjud.
Sensorli usullar tuproqning sho‘rlanish darajasini tez
aniqlash bilan birga meliorativ tadbirlarni tezkor rejalashtirish va
amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.
Tuproq sho‘rlanish darajasini dala sharoitida baholash usuli
ham mavjud bo‘lib, u tuproq
namunasini olish va elektr
o‘tkazuvchi aralashma tayyorlashga asoslangan. Bunda tuproq
eritmasidagi tuz miqdori qo‘l elektr tuzo‘lchagichi yordamida
o‘lchanadi. O‘lchash natijasi tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi
birligida ifodalanadi.
Bunday tuzo‘lchagichlar dunyoning ko‘plab
mamlakatlarida
ishlab chiqariladi. Ular yetarli darajada aniqlikka ega bo‘lib,
ayrimlari tuproqning namligi va rN ko‘rsatkichlarini o‘lchash
141
sensorlari bilan birgalikda jihozlanadi.
Bu tuzo‘lchagichlardan foydalanish fermerlarga dala
sharoitida tuproqning sho‘rlanish darajasini tezkor aniqlash
imkoniyatlarini yaratadi.
Tuzo‘lchagichni to‘g‘ri ishlayotganligini
tekshirib turish
uchun maxsus standart eritmalar tavsiya qilinadi. Ular yordamida
tuzo‘lchagichning aniqligini har o‘lchashdan oldin standart eritma
yordamida tekshiriladi.
Tuproqning sho‘rlanish darajasini dala sharoitida aniqlash
uchun avval maxsus qazilgan nuqtalardan tuproqning namunalari
olinadi. Keyingi qadamda tuproq
namunasining aralashmasi
tayyorlab olinadi. Tuproq-suv aralashmasini 20 gramm vaznli
tuproq namunasiga 100 ml miqdorda distillangan suv qo‘shib
tayyorlanadi. Bunda 1 birlik tuproqqa 5 birlik suv qo‘shib
aralashtiriladi.
Hosil bo‘lgan tuproq-suv aralashmasini 2-3 minut davomida
yaxshilab aralashtiriladi. Keyin aralashmani filtrlovchi qog‘ozdan
o‘tkaziladi va bu aralashma (eritma) boshqa idishga quyiladi.
Eritmaga qo‘l tuzo‘lchagichi sensor datchiklari tushirilib,
eritmaning tuzlilik darajasi o‘lchanadi.
Jarayonning
kechishi
ketma-ketligi
1.42-rasmda
aks
ettirilgan.
Tuproq sho‘rlanishi darajasini
aniq baholash uchun
o‘lchangan natija aniq birliklarda ifodalanadi.