138
•
tuzga o‘rtacha ta’sirchan ekinlar
– kam darajadagi tuproq
sho‘rlanganligiga chiday oladigan va 2-4 dSm/m li
sho‘rlanish sharoitida hosilini yo‘qotmaydigan o‘simliklar;
•
tuzga o‘rtacha chidamli ekinlar
– o‘rtacha yuqori
darajadagi tuproq sho‘rlanganligiga chiday oladigan va 4-8
dSm/m li sho‘rlanish sharoitida hosilini yo‘qotmaydigan
o‘simliklar;
•
tuzga chidamli ekinlar –
yuqori darajadagi sho‘rlanishga
chidaydigan va hosilini yo‘qotmaydigan o‘simliklar.
Butun dunyoda olib borilgan ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlar
juda katta hajmdagi materiallarni umumlashtirish va qishloq
xo‘jaligi ekinlarini tuproq sho‘rlanishiga chidamlilik qobiliyati
bo‘yicha sinflashtirish imkonini berdi.
Ayrim qishloq xo‘jalik ekinlarini tuzga chidamliligi bo‘yicha
toifalanishi natijalari 1.40 -jadvalda aks ettirilgan.
Tuproq sho‘rlanishini baholash usullari
Hozirgi kunda tuproq sho‘rlanishini o‘lchash va baholash-
ning ko‘plab usullari mavjud bo‘lib, quyidagi usullar ularning
asosiylari sanaladi: