136
Oradan qariyb 50 yil o‘tgandan keyin, 2002 yilda BMT
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti butun dunyoda qayd
qilingan ma’lumotlarning tahliliy to‘plamini chop etdi.
Ma’lumki, o‘simliklar sho‘rlangan
tuproq sharoitlariga
chidash darajasi bilan o‘zaro farqlanadilar.
Ayrim o‘simliklar yuqori darajadagi sho‘rlanishga chidamli,
boshqa o‘simliklar esa kam sho‘rlangan tuproqlar sharoitida
yashay oladilar yoki tuzli muhitga umuman chiday olmaydilar.
Ekinlarning sho‘rlangan tuproqlar sharoitida rivojlana olish
qobiliyatiga tuzga chidamlilik deb ataladi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini tuzga
chidamlilik darajasini
baholash uchun ekinlarni turli darajada sho‘rlangan suvlar bilan
sug‘orish bo‘yicha uzoq muddatli tadqiqotlar olib borilgan.
Tadqiqotlarning
natijalari
tuproqning
sho‘rlanganligi
ekinning hosildorligi,
evapotranspiratsiya miqdori, o‘simlik
barglarinig suv potensiali va CO
2
ni o‘tkazish xususiyatlariga
jiddiy ta’sir etishini ko‘rsatdi.
Tuproqning sho‘rlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
ekinning
hosildorligi,
evapotranspiratsiya
miqdori,
ekin
barglarining suv potensiali shunchalik past bo‘ladi.
Qishloq
xo‘jaligi
ekinlarining
hosildorligini
tuzga
chidamlilik, tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi va sug‘orish
suvining tuzlilik darajasiga bog‘liq
ravishda kamayishi grafik
tarzida 1.41-rasmda aks ettirilgan.
Grafik ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tuzga chidamsiz ekinlar
YeS=5-6 dSm/m bo‘lganda zarar ko‘rsalar, tuzga chidamli
ekinlar YeS 15 dSm/m dan yuqori bo‘lganda ham zarar
ko‘rmaydi.