124
qoplangan maydon ortiqcha namlanadi va botqoqlanadi. Agar suv
tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘lsa, bu yerlar sho‘rlanishi ham
mumkin.
4.
Gidrogeologik sharoitlar – sizot suvlarining yer ostidagi
harakati
Tabiiy omillarga, yuqoridagi omillardan tashqari, tuproqning
mexanik tarkibi, litologik qirqim tarkibi va o‘simlik ham misol
bo‘ladi.
Chunki tuproqning
ortiqcha namlanishiga, botqoqlanishiga
va sho‘rlanishiga bu omillarning ham ta’siri katta.
Xususan, mexanik tarkibi og‘ir bo‘lgan tuproqlar, suv
o‘tkazuvchanligi yomon bo‘lgan tuproq qatlamlari ko‘proq
ortiqcha namlanadi va sho‘rlanadi (1.40-rasm).
Yerning yuza qatlamida o‘simlikning bor-yo‘qligi
ham yer
usti suvlarining oqishiga va tuproq suvlarining bug‘lanishiga
katta ta’sir ko‘rsatadi.
a) sho‘rlanishni yuzaga kelishi
b) sho‘rlanishga olib keluvchi
tuzlar
1.40-rasm. Ekin maydonlarida sho‘rlanishning yuzaga kelishi
125
Tuproqning sho‘rlanishi yer usti va yer osti suvlarining
harakati (geomorfologik jarayonlar) natijasida yuzaga keladi.
Tuzli tog‘ jinslarining shamol natijasida ko‘chishi va tuzli
toshlarining
yer
yuzasiga
chiqib
qolishi
ham
dalalar
tuproqlarining sho‘rlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tuproqning tabiiy jarayonlar oqibatida sho‘rlanishiga
birlamchi sho‘rlanish deb aytiladi.
Tuproqning inson faoliyati bilan bog‘liq sun’iy
jarayonlar
oqibatida sho‘rlanishiga esa ikkilamchi sho‘rlanish deb aytiladi.
Inson faoliyati oqibatida yuzaga keladigan sho‘rlanishga
sabab bo‘luvchi omillarga