153
2-BOB. EKINLARNI SUG‘ORISHNING
AN’ANAVIY USULLARI
2.1. O‘zbekiston sharoitidagi an’anaviy
sug‘orish usullari
O‘zbekistonning iqtisodiyoti rivojlanishida qishloq xo‘jaligi,
xususan, sug‘orma dehqonchilik muhim ahamiyatga egadir.
Sug‘orma dehqonchilik iqtisodiyotning aholiga oziq-ovqat,
sanoat uchun xomashyo yetkazib beruvchi eng asosiy sohalaridan
sanaladi.
Sug‘orma dehqonchilik suvni eng ko‘p ishlatuvchi soha
sanaladi va ishlatilayotgan suvning miqdori qishloq xo‘jalik
amaliyoti olib borilayotgan hududning tuproq-iqlim sharoitiga,
yetishtirilayotgan ekinning turi va ekinni parvarishlashda qo‘lla-
nilayotgan sug‘orish usuliga uzviy bog‘liqdir. O‘zbekistonning
o‘ziga xos tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlarida ekinlarni parva-
rishlash uchun asosan yer ustidan sug‘orish usullari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi amaliyotida
ekinlarini parvarishlash uchun asosan egatlab sug‘orish usulidan,
ayrim ekinlarni sug‘orish uchun esa ekin dalasini polosalarga
bo‘lib sug‘orish va ekin dalasini pollarga bo‘lib bostirib sug‘orish
usullari qo‘llanib kelinadi.
Ularning orasidan ekinlarni egatlab
sug‘orish usuli mintaqada eng keng tarqalgan va mintaqaning
iqlim
sharoitlariga
eng
moslashtirilgan
sug‘orish usuli
hisoblanadi.
2.2. Ekinlarni egatlab sug‘orish
Egatlab sug‘orish usuli tuproq va o‘simliklarga ta’siri, suv,
havo va ozuqa rejimlarni yarata olish xusiyatlariga ko‘ra qariyb
barcha ekinlarni sug‘orish uchun qo‘llaniladi.
154
2.1-rasm. Ekinlarni
egatlab sug‘orish usulini
sxematik va umumiy
ko‘rinishlari.
Ekin dalasi yuzasining tekisligiga ko‘ra egatlab sug‘orish
usulini turli relefli va qiyalikli maydonlarda, qariyb barcha
tuproqlar sharoitida qo‘llash mumkin.
Egatlab sug‘orishning asosiy xususiyati shundan iboratki,
sug‘orish vaqtida egatdan oqayotgan suv egatning tubi va
devorlaridan shimilib, egatlar oralig‘idagi tuproqlarni namlaydi.
Bunda ikkita qo‘shni egatlarning namlanish konturlari o‘zaro
tutashib ketishlari lozim, yani egatlar orasida namlanmagan
tuproq qolmasligi kerak (2.1-rasm).
Tuproqni bir tekis namlanishi uchun og‘ir tuproqli dalalarda
egatlarning kengligi katta, yengil tuproqli dalalarda kichikroq
qilib tayinlanadi. Xususan, yengil qumoq tuproqli dalalarda
egatlarning kengligi odatda 0,6-0,7 m, o‘rtacha og‘irlikdagi soz
tuproqli dalalarda 0,7-0,8 m va og‘ir soz tuproqli dalalarda –
0,9 m kattalikda belgilanadi. Nam to‘plash va ekinni ekishdan
oldingi sug‘orishlarda, agar dala kuzda shudgorlangan bo‘lsa,
155
egatlarning kengligi tuproqning xususiyatlariga ko‘ra 0,7 m dan 1
m gacha kattalikda belgilanadi.
Bir yillik ekinlarni parvarishlash uchun qo‘llanilayotgan
egatlarning kengligi ushbu ekinlarni yetishtirishning o‘ziga
xosliklaridan kelib chiqib 0,6-0,7 m kattalikda belgilanadi.
Tuproqning namlanish konturiga uning suv-fizik xossalari-
dan tashqari yetishtiriladigan ekinni sug‘orish uchun beriladigan
suvning miqdori ham ta’sir qiladi.
Egatlab sug‘orishda ushbu berilayotgan suvning miqdori
sug‘orishning muddati va davomiyligiga to‘liq bog‘liq bo‘ladi.
Egatning namlanish konturi egatning tuzilishiga ham bog‘liq.
Yengil tuproqlardagi arig‘i chuqur bo‘lmagan, lekin keng bo‘lgan
egatlarda namlanish konturi pastga qarab cho‘zilgan ko‘rinishda
bo‘ladi, ya’ni tuproqni chuqur namlanishiga to‘liq imkoniyat
yaratiladi. Og‘ir tuproqli dalalarda esa bunday natijaga erishish
uchun egatlar chuqur va tor shaklda olinadi.
Shuning uchun ham, ko‘ndalang kesimining shakliga ko‘ra,
egatlarni chuqur va tor, chuqur va keng, sayoz va tor, sayoz va
keng turlarga ajratib ko‘rsatiladi.
Tuproq yuza qismini namlash uchun mavsum avvalidagi
sug‘orishlar kichik yoki o‘rtacha chuqurlikdagi egatlar bo‘ylab
o‘tkaziladi, keyinchalik ekinlar rivojlanib olishiga qarab egatlar
arig‘i chuqur qilib olinadi. Bunday holat, ayniqsa, sabzavotlarni
yetishtirish amaliyotida keng qo‘llaniladi.
Ekinlarni egatlab sug‘orish usuli odatda tabiiy tekis bo‘lgan
yoki amaliyot davrida yaxshilab tekislangan hamda nishabligi
0,02-0,03 dan katta bo‘lgan ekin maydonlarida keng qo‘llaniladi.
Egatlab sug‘orish usuli bir yillik keng qatorlab ekiladigan
g‘o‘za, makkajo‘xori, kartoshka, sabzavotlar va poliz ekinlarini
sug‘orishda keng qo‘llaniladi. Ayrim hollarda esa yoyib
ekiladigan g‘alla ekin maydonlarini sug‘orishda ham qo‘llaniladi.
156
Egatlar ekin ekish bilan bir vaqtda olinadi, ya’ni egat olish
ekinlarni ekish va parvarish qilish texnologiyasiga bog‘liq
sanaladi. Egatlar ekin maydonining nishabligi, tuproqning suv
o‘tkazuvchanligi, ekin turi, qatorlar oralig‘iga (0,45-1,5 m) qarab
boshidan oxirigacha o‘zgarmas, uzunligi esa qisqa (50-60 m)
yoki uzun (200-400 m) bo‘lishi mumkin.
Egatlar odatda gorizontal tomonga burchak ostida olinadi,
bunda suv egatning butun uzunligi bo‘ylab o‘z og‘irligi va
tortishish kuchi ta’sirida erkin harakatlanishi lozim, ya’ni oqadi.
Suv har bir egatga beriladi va u egat bo‘ylab tuproqqa egat
tubidan va egatning yon devorlari orqali shimiladi Bir egatga
beriladigan suvning sarfi 0,1 l/s dan 3 l/s gacha oraliqda bo‘ladi.
Egatlar arig‘ining chuqurligiga ko‘ra kichik (8-12 sm), o‘rta
(15-25 sm) va chuqur (30-40 sm) ko‘rinishdagi turlarga ajratiladi.
Tabiiy tekis yoki yaxshilab tekislangan maydonlarda arig‘i
chuqur bo‘lmagan egatlar qo‘llaniladi, qiyalik ortishi bilan arig‘I
chuqurroq egatlar olinadi.
Piyoz, sabzi, lavlagi kabi mayda urug‘li ekinlarni sug‘orish
uchun, shuningdek boshqa ekinlar parvarishining dastlabki
bosqichlarida ekinlarni sug‘orish uchun ham suv oqadigan ariqlar
sayoz olinadi.
Qator oralari (1 m va undan ortiq) keng bo‘lgan bog‘lar va
uzumzorlarni sug‘orish, shuningdek, namlik to‘plovchi
sug‘orishlar uchun egatlarning ariqlari chuqur qilib olinadi.
Egatlar kengligi (suv yuradigan ariqlar orasidagi masofalar)
tuproqni namlanish xususiyati asosida tayinlanadi.
Egatlarning kengligi yengil mexanik tarkibli tuproqlarda 0,5-
0,7 m ni tashkil qilsa, og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda 1,0 m va
undan ortiq bo‘lishi mumkin.
Arig‘ida oqayotgan suvning ta’siriga ko‘ra egatlar
to‘ldiriladigan va to‘ldirilmaydigan ko‘rinishlarga ajratiladi.
157
Amaliyotda arig‘i to‘ldirilmaydigan egatlar kengroq
qo‘llaniladi. Ular asosan tuprog‘ining suv o‘tkazuvchanligi
o‘rtacha va nishabligi kichik (0,002 dan 0,015 gacha) bo‘lgan
maydonlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunday egatlar arig‘ining 0,2-
0,5 qismigina suv bilan to‘ldiriladi, tuproqning namlanishi esa
suvning harakatlanishi va namlikni tuproq bo‘ylab kapillyar
shimilishi hisobiga yuz beradi.
Arig‘i to‘ldirib suv beriladigan egatlar quyidagi hollarda
qo‘llanadi:
1)
nishabsiz va nishabligi kichik (0,002 dan kam) bo‘lgan
ekin maydonlarida sug‘orishni katta miqdorlarda amalga oshirish
lozim bo‘lganda (masalan, nam to‘plovchi sug‘orishlar vaqtida)
va keng qatorli ekinlarni sug‘orishda;
2)
qiyaligi katta (0,015 dan ortiq) va
to‘ldirilmaydigan
ariq
lar bilan sug‘orilganda tuproq eroziyasi kuchli bo‘ladigan
yerlarda;
3)
tuproqning suv o‘tkazuvchanligi juda past bo‘lgan may-
donlarda sug‘orishga suvni katta miqdorlarda yetkazib berish
uchun.
Arig‘i to‘ldirib sug‘oriladigan egatlar qiyalik yo‘nalishi
bo‘ylab 20-30 sm chuqurlikda va 40-80 m uzunlikda olinadi.
Egatning butun uzunligi bo‘ylab tuproqni bir xilda
namlanishiga erishish uchun egat eng kichik qiyalik bo‘ylab
olinadi.
Sug‘orish jarayoni egat arig‘ini sug‘orish me’yoriga teng
miqdordagi (2-4 l/s) suv bilan tez to‘ldirishdan iborat bo‘ladi.
Bunda suvning tuproqqa singishi asosan egatga suv berish
to‘xtatilgandan keyin kechadi.
Egatlab sug‘orish usulini qariyb barcha ekinlarni sug‘orishda
qo‘llash mumkinligi mazkur sug‘orish usulining eng asosiy
afzalligi sanaladi. Shuningdek, egatlab sug‘orilganda suvni katta
158
me’yorda berish va ushbu suvni ekin rivojining istalgan
bosqichida berish imkoniyatlari ham mavjud.
Egatlab sug‘orish usulining samaradorligi odatda 60-70% ni
tashkil qiladi, ya’ni berilayotgan suvning 60-70% i ekin
tomonidan o‘zlashtiriladi.
Sug‘orishga berilgan suvning qolgan 30-40% i esa yoki
tuproqqa chuqur singish yoki egatning oxiridan tashlashga
sarflanadi.
O‘zbekiston sharoitida jami ekin maydonlarining 75-80% i
egatlab sug‘oriladi.
|