Qisqa egatlar orqali sug‘orish




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

3.3.2. Qisqa egatlar orqali sug‘orish 
Ekinlarni sug‘orishning samarali bo‘lishi va sug‘orishga 
sarflanayotgan suvdan tejamli foydalanishda ekin dalasidagi 
egatlarning uzunligi alohida ahamiyatga ega.
Agar egatlar uzun olinsa, suv egatning oxiriga yetib 
borgunicha uning ko‘p qismi egatning bosh qismi va uzunligi 
bo‘ylab tuproqqa singib behudaga isrof bo‘ladi, egatlar uzunligi 
haddan tashqari qisqa olinsa, daladan foydalanish koeffitsienti 
kamayib ketadi.


169 
3.4-rasm. Uzun egatlar bilan sug‘orilganda tuproq quyi 
qatlamining namlanish epyurasi 
Shuning uchun egatlarning uzunligini ekin maydonining 
nishabligi va tuproqning suv shimish xususiyatiga qarab to‘g‘ri 
tanlash muhim ahamiyatga ega.
Ekin dalalarida egatlab sug‘orishni tashkil qilishda egat-
larning uzunligi sug‘orishni mexnizatsiyalashtirishni osonlash-
tirish va sug‘orishdagi qo‘l mehnatini kamaytirish maqsadlarida 
doimo uzunroq qilib belgilanib kelingan. Sug‘orishni bunday 
amalga oshirish suvni tuproqqa shimilishiga, ya’ni behudaga isrof 
bo‘lishiga sabab bo‘lgan (3.4-rasm). 
Tuproq quyi qatlamining behudaga namlanishini (suvning 
infiltratsiyasini) kamaytirish maqsadida sug‘orishni qisqa egatlar 
vositasida olib borish eng afzal usullardan biri sifatida tavsiya 
qilinadi. Qisqa egatlar bilan sug‘orish uchun dala sharoitidan 
kelib chiqib, qumoq tuproqlarda 50-60 metr, yengil soz tuproq-
larda 100 metrgacha va boshqa tuproqlarda 100-120 metrgacha 
masofalarda o‘qariqlar olinadi va ekin dalasi o‘qariqlar bilan 
bo‘lib tashlanadi.
Natijada sug‘orish vaqtida suvning tuproqqa behuda singishi 
kamayadi va tuproq egatning boshidan to oxirigacha bir tekis 
namlanadi (3.5-rasm).


170 
 
3.5-rasm. Qisqa 
egatlar 
bilan 
sug‘orilganda 
tuproq 
qatlamining namlanish
 epyurasi
Dalaning barcha qismini bir tekis namlanishi daladan 
olinadigan ekin hosilining yuqori bo‘lishini ham ta’minlaydi.
Qisqa egatlar orqali sug‘orishni ekin dalasi tuproqlarining 
xususiyatlariga ko‘ra, birinchi navbatda:

yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi tuproqlarda suv isrofini 
kamaytirish uchun; 

katta nishabli sug‘oriladigan maydonlarda suv shimilishini 
kamaytirish va tuproq yuvilishi hamda surilishining oldini 
olish uchun; 

cho‘l hududlarida dala tuprog‘i, asosan, qum va qumoq 
tuproqlardan iborat bo‘lgan maydonlarda qo‘llash tavsiya 
qilinadi.
Qisqa egatlar orqali sug‘orishni tuproqning suv o‘tkazuv-
chanligi o‘ta kuchli bo‘lgan (cho‘l zonalaridagi qum tuproqli) 
ekin maydonlarida qo‘llash ekinlarni sug‘orishni samarali 
o‘tkazish imkoniyatlarini yaratadi. Bunda egatlarning uzunligini 
tavsiya qilinayotganidan kamroq qilib ham (50 metrdan kam) 
belgilash mumkin.
Qisqa egatlar orqali sug‘oriladigan ekin dalasida tarqatuvchi 
o‘q ariqlarning o‘rniga ko‘chma egiluvchan quvurlardan 
foydalanish o‘q ariqlar olish uchun yo‘qotiladigan yer 
maydonlarini saqlab qolish, o‘q ariqlarni sug‘orishga tayyorlash 


171 
uchun sarflanadigan qo‘l mehnatini kamaytirish imkoniyatlarini 
yaratadi.
Qisqa egatlar orqali sug‘orilgan ekin dalasida mavsum 
davomida sug‘orishga ishlatiladigan suvning 20-25% gacha qismi 
tejaladi. Shu bilan birga, dalaning barcha qismlarini suv bilan bir 
xilda ta’minlanishi hisobiga ekinlarning hosildorligi sezilarli 
darajada ortadi.
O‘qariqlar o‘tadigan yerlarni ko‘payishi oqibatida yerdan 
foydalanish koeffitsentini pasayib ketishi kalta egatlar bilan 
sug‘orishning asosiy kamchiligi sanaladi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish