111
oshiriladi. Janubiy mintaqalarda paxtaga bu davrda 4-5 marotaba
suv beriladi.
Sug‘orish me’yori tuproq sharoitidan kelib chiqib
belgilanadi.
Og‘ir qumoqli va soz tuproqli dalalarda sug‘orish me’yori
gektariga 1100-1200 m
3
ni tashkil etadi. Bu suv bilan g‘o‘za
ildizi oziqlanadigan qatlam yaxshi namlanadi. Shuning uchun
keyingi sug‘orishni 14-16 kundan keyin o‘tkaziladi.
Tuproq qatlami sayoz va qumloqli
toshloq yotqiziqlardan
(cho‘kindi qatlamlardan) iborat maydonlarda sug‘orish me’yori
gektariga 700-800 m
3
, sug‘orishlar soni 5-6 taga va sug‘orishlar
oralig‘i 10-12 kunga teng bo‘ladi.
O‘tloqi tuproqlarda yer osti suvlarining joylashish chuqur-
ligiga qarab, sug‘orish me’yori kamaytiriladi. Shu bilan bir
vaqtda, sug‘orishlar orasidagi davr uzayadi. Masalan,
yer osti
suvlari 2-m chuqurlikda joylashgan bo‘z va o‘tloqi tuproqlarda,
sug‘orish me’yorini gektariga 900-1000 m
3
qilgan holda, 3-4
marotaba sug‘orish tavsiya etiladi va sug‘orishlar oralig‘i 18-20
kunga teng bo‘ladi.
Yer osti sizot suvlari sathi 1-2 m chuqurlikda joylashgan
tuproqlarda 2-3 marta sug‘orish lozim bo‘lib, sug‘orishlar oralig‘i
20-25 kunni tashkil etadi. Yer osti
sizot suvlari sathi yaqin
joylashgan tuproqlarda so‘nggi sug‘orish 20-25 avgust oralig‘ida
o‘tkaziladi. Sho‘rxok tuproqli maydonlar tuproq namligi
anchagina yuqori bo‘lgan paytda sug‘oriladi, ya’ni tez-tez
sug‘orib turiladi.