Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimlari




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1.5.3.1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimlari 
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimlari ularning 
biologik xususiyatlari, tabiiy va xo‘jalik sharoitlariga bog‘liq 
holda belgilanadigan sug‘orish me’yorlari, muddatlari va sonini 
o‘z ichiga oladi.
Tuproqning o‘simlik rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan 
namligi tegishli sug‘orish rejimi asosida hosil qilinadi.
Sug‘orish rejimi ekinlarning suvga bo‘lgan umumiy talabini 
aks ettiruvchi omil bo‘lib, umumiy sug‘orish me’yori, bir 
martalik sug‘orish me’yori, sug‘orishlar soni va muddatlari kabi 
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga jamlaydi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining s
ug‘orish rejimlarini 
belgilashda quyidagilarni hisobga olinadi:

sug‘orish rejimi ekinlarining rivojlanish fazalari va 
agrotexnika talablariga mos kelishi;

tuproqning suv, ozuqa moddalari va issiqlik rejimlarini 
maqbul holatda bo‘lishiga ko‘maklashishi;

tuproq 
unumdorligini 
oshirishiga 
xizmat 
qilishi, 
botqoqlanish, sho‘rlanish va tuproq erroziyasiga yo‘l 
qo‘ymasligi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimlari quyidagi 
omillar ta’sirida shakllanadilar:

iqlim 
va 
ob-havo 
sharoitlari 
(havo 
harorati, 
yog‘ingarchilik miqdorlari va ularning yil davomida 
taqsimlanishi, havo namligi, bug‘lanish intensivligi, 
shamol tezligi ko‘rsatkichlari); 

ekin dalasining o‘ziga xos tuproq sharoitlari (tuproqnining 
mexanik tarkibi, strukturasi, suv-fizik xususiyatlari, 
sho‘rlanganlik darajasi); 

gidrogeologik 
sharoitlar 
(sizot 
suvlarining 
yotish 
chuqurligi, tuzlilik darajasi va ularning vegetatsiya 


105 
davrida o‘zgarishlari); 

iqtisodiy-xo‘jalik sharoitlar (ekinlarni yetishtirishning 
agrotexnikalari, tuproq unumdorligi, hosildorlik va 
boshqalar).
Bir gektar maydonda joylashgan qishloq xo‘jaligi ekinini 
sug‘orishda sarflanadigan suvning umumiy sarfi (Ye) bug‘lanish 
va transpiratsiyaga sarflanadigan suvlarning yig‘indisi sifatida 
hisoblanadi:
E = E
bug‘ 
+ E
trans
= k 

Y
bu yerda, 
E
bug‘ 
– bug‘lanishga sarflanadigan suv miqdori, 
(m
3
/ga) 
E
trans
– transpiratsiyagasarflanadigan suv miqdori, (m
3
/ga);
Y – rejalashtirilgan hosildorlik, (t/ga yoki s/ga);
k – bir birlik (tonna, sentner) hosilni yetishtirish uchun 
sarflanadigan suv miqdori (m
3
/t). 
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun kerak bo‘ladigan 
sug‘orish me’yorini hisobiy qatlam uchun suv balansi tenglamasi 
orqali ham hisoblab topish mumkin.
1.27-jadval

Download 13,74 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish rejimlari

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish