Ekinlarni yetishtirishda suvdan foydalanish




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1.5.3. Ekinlarni yetishtirishda suvdan foydalanish 
Ma’lum bir hududda namlik va unga bog‘liq bo‘lgan 
havoning issiqlik rejimini, qishloq xo‘jaligi ekinlari oziqlanishini 


102 
tashkil qilish orqali rejalashtirilgan hosilni yetishtirish uchun 
ekinlarni sug‘orish amalga oshiriladi.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlardagi 
namlik o‘simliklarning tanasi va barglari orqali bug‘lanishiga 
hamda tuproq yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishiga sarflanadi.
Tuproq yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishga faqat tashqi 
omillar ta’sir ko‘rsatadi.
O‘simlikning tanasi va barglari orqali kechadigan bug‘lanish 
esa o‘simlikka ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarining 
birgalikdagi ta’siri ostida kechadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash vaqtida sarflana-
digan suvning miqdorini aniqlash uchun suvning tuproq yuza-
sidan va o‘simlik barglari orqali bug‘lanishini hisobga olinadi.
Yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga 
sarflanadigan suvning miqdori ekinning barglaridan, tanasidan va 
tuproq yuzasidan bug‘langan suvning umumiy yig‘indisi sifatida 
aniqlanadi. Ushbu umumiy bug‘lanish miqdoriga o‘simlikning 
suv iste’moli yoki evapotranspiratsiya deb aytiladi.
Ekinlarning suv iste’moli miqdori ob havo sharoitiga, tuproq 
yuzasiga kelayotgan issiqlik energiyasi miqdoriga, tuproq namli-
giga, yetishtirilayotgan ekin turi va hosildorligiga bog‘liq 
sanaladi.
Ekinlarni mavsumiy sug‘orish me’yori joriy yilda rejalash-
tirilgan hosilni olish uchun vegetatsiya davrida bir gektar 
maydonga beriladigan suvning miqdori bo‘lib, u m
3
/ga o‘lchov 
birligida o‘lchanadi.
Mavsumiy sug‘orish me’yorlarining miqdorlari ekin turlari 
va ekin yetishtiriladigan dalaning tuproq sharoitlari asosida 
aniqlanadi.
Mavsumiy sug‘orish me’yori:


103 

g‘o‘za uchun 5 000-9 000 m
3
/ga,

ko‘p yillik o‘tlar uchun 2 000-10 000 m
3
/ga;

makkajo‘xori uchun 2 000-5 000 m
3
/ga;

g‘alla (boshoqli don) uchun 1 000-5 000 m
3
/ga;

poliz ekinlari uchun 2 000-8 000 m
3
/ga;

bog‘ va uzumzor uchun 1 500-7 000 m
3
/ga miqdorda 
belgilanadi.
Muayyan ekinning mavsumiy sug‘orish me’yori mavsum 
davomidagi bir martalik sug‘orish me’yorlarining yig‘indisi 
sifatida aniqlanadi.
Sug‘orish me’yori – qishloq xo‘jaligi ekinlarini bir marta 
sug‘orish uchun bir gektar maydonga beriladigan suvning hajmi 
bo‘lib, u odatda m
3
/ga o‘lchov birligida o‘lchanadi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyoning paxta yetishtiriladigan 
hududlaridagi sug‘oriladigan maydonlarning 60% i asosan 
gidromorf (sizot suvlarining sathi (SSS) – 1-2 m) va yarim 
gidromorf (SSS – 2-3 m) tuproqli hududlar sanaladi.
Bunday sharoitda, ya’ni yer yuzasiga yaqin joylashgan yer 
osti sizot suvlari kapillyar ko‘tarilish tufayli suvning dala tuprog‘i 
yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishida faol qatnashadilar.
Shu yo‘nalishdagi tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, 
g‘o‘za parvarishlanayotgan maydonlarning umumiy suv iste’mo-
lida yer osti suvlarining ulushi yer osti sizot suvlari sathi 1-2 m 
chuqurlikda bo‘lganda 25-65% ni, 2-3 m bo‘lganda 5-45% ni 
tashkil qiladi. Tadqiqotlar natijalarini ko‘rsatishicha, tuproqning 
sug‘orishdan oldingi namligi paxta chigiti unib chiqishidan hosili 
pishgunga qadar DChNS ning 70%i miqdorida bo‘lsa suvning 
tejamli sarflanishiga erishiladi va paxtaning hosili eng ko‘p 
bo‘ladi.
Sho‘rlangan tuproqli sug‘oriladigan maydonlarda hamda 
yengil va kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda DChNS ning – 75%, 
ayrim hollarda – 80%, yetilish davrida esa – 65% namlik 


104 
me’yorini ushlab turish tavsiya qilinadi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ekinlarni yetishtirishda suvdan foydalanish

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish