O‘zbekistonning suv resurslari va ulardan




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1.5.2. O‘zbekistonning suv resurslari va ulardan 
foydalanish 
O‘zbekiston Respublikasining suv reurslari Orol dengizi 
havzasi suv resurslarining ajralmas qismi hisoblanadi va 
to‘laligicha davlatlararo Amudaryo va Sirdaryo daryolari va ular 
irmoqlarining yer usti suvlari, mazkur daryolar havzalari yer osti 
suvlari va qaytar suvlar resurslari jamlanmasidan iborat.
Ma’lumki, Orol dengizi havzasining suv resurslari tabiiy 
holda shakllanadigan va qayta tiklanib turadigan yer usti va yer 
osti hamda qaytariladigan suv resurslaridan tashkil topgan.
Orol dengizi havzasining barcha suv resurslari Sirdaryo va 
Amudaryo havzalarida jamlangan (1.28-rasm).


93 
 
1.28- rasm.
Orol dengizi havzasining asosiy daryolari. 
Manba:
 
GEF agentligi.
Zarafshon, Qashqadaryo, Murg‘ob, Tejen daryolari mustaqil 
suv havzalari sifatida e’tirof etilsada, hisob-kitoblarda ularning 
suv resurslari Amudaryo havzasi suv resurslari tarkibida hisobga 
olinadi. Xuddi shunday vaziyatni Sirdaryo daryosi havzasiga 
kiruvchi Zominsoy va Sangzor daryolari havzalarida ham 
kuzatish mumkin. Amudaryo va Sirdaryo havzalarining (Orol 
dengizi havzasi) umumiy o‘rtacha yillik yer usti suv oqimi 
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yildagi 
ma’lumotlariga ko‘ra 116 km
3
ni tashkil qiladi, shu jumladan 
Amudaryo havzasida – 79,4 va Sirdaryo havzasida – 36,4 
km
3
/yil.


94 
1.29-rasm. Orol dengizi havzasining umumiy yer usti suv 
resurslarini 
havza 
mamlakatlari 
bo‘yicha 
shakllanishi. 
1.30-rasm. Orol dengizi havzasi umumiy yer usti suv resurslarini 
havza mamlakatlari bo‘yicha ishlatilishi. 
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Suv jo‘jaligi vazirligining 
2019 yildagi yillik hisoboti.


95 
Orol dengizi havzasi yer usti suv resurslarining asosiy qismi 
Tojikiston (52%), Qirg‘iziston (25%) va O‘zbekiston (11%) 
mamlakatlari, qolgan qismi Afg‘oniston va Eron (9%), Qozog‘i-
ston (2%) va Turkmaniston (1%) mamlakatlari hududlarida 
shakllanadi (1.29-rasm). 
Orol dengizi havzasi yer usti suv resurslari umumiy 
hajmining katta qismi – qariyb yarmi O‘zbekiston hududida 
ishlatiladi (1.30- rasm).
O‘zbekiston tomonidan foydalanish uchun qo‘shni 
mamlakatlardan olinadigan yer usti suv resurslaridan tashqari, 
mamlakatning o‘z hududida shakllanadigan ichki yer usti suv 
resurlari ham mavjud bo‘lib, ular daryo havzalari bo‘yicha 
quyidagicha taqsimlangan (1.22-jadval).
1.22-jadval

Download 13,74 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘zbekistonning suv resurslari va ulardan

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish