O‘zbekistonda ekinlarni parvarishlashning




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1.5. O‘zbekistonda ekinlarni parvarishlashning 
o‘ziga xos jihatlari 
Suv ekinning o‘sishi (o‘simlikning hayot kechirishi) va zarur 
hosilni yaratishi uchun zarur bo‘ladigan eng muhim omillardan 
sanaladi.
O‘simlik rivojidagi barcha hayotiy jarayonlar va hosilning 
shakllanishi suv kerakli miqdorda bo‘lganidagina ro‘y beradi.
Odatda suv yer yuzasidan, o‘simliklar tanasi va barglaridan 
muntazam ravishda bug‘lanib turadi. O‘simlikdan qancha 
miqdorda suv bug‘lansa, uning o‘sishi uchun, shuncha 
miqdordagi suvni berish lozim sanaladi.
Ekinni rivojlanishi uchun beriladigan suvning miqdori yoki 
ekinning suv iste’moli miqdori ekin turi bilan bir qatorda ekin 
parvarishlanayotgan yerning iqlim, gidrogeologik, tuproq-
meliorativ sharoitlariga ham bevosita bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekistonning aksariyat hududi quruq iqlim mintaqasida 
joylashgan bo‘lib, uning hududida atmosfera yog‘inlari miqdori 
tabiiy bug‘lanishga nisbatan bir necha barobar kam. Masalan, 
mamlakatning aksariyat qismini tashkil qiluvchi cho‘l va 
yarimcho‘l zonalarida atmosfera yog‘inlari miqdori bug‘lanishga 
qaraganda qariyb 10 marta kam.
Bunday sharoitda ekinlarni yetishtirish va ulardan ko‘zlangan 
miqdordagi hosilni olish uchun butun vegetatsiya davri davomida 


86 
ekin dalasiga ma’lum miqdordagi suvni berish, ya’ni sun’iy 
sug‘orishni amalga oshirish talab qilinadi.
Ma’lumki, sug‘orish natijasida ekin dalasiga beriladigan 
suvning miqdori ekin dalasidan va o‘simliklar tanasi va 
barglaridan bo‘ladigan bug‘lanishni o‘rini to‘ldirish uchun 
sarflanadigan suvning miqdoriga teng bo‘ladi.
Ekin dalasidan va o‘simliklar tanasi va barglaridan 
bo‘ladigan bug‘lanishga quyidagi omillar bevosita ta’sir qiladi.
Birinchi navbatda bug‘lanishning miqdoriga O‘zbekiston 
sharoitidagi quruq va issiq havo asosiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni 
ekin dalasidan bo‘ladigan bug‘lanishni shakllanishida havo 
harorati va namligi asosiy rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston sharoitida bug‘lanishni shakllanishida muhim 
rol o‘ynovchi yana bir muhim omil bu quyosh nuri va 
nurlanishidir. O‘zbekiston hududida quyosh nurlanishining 
kattaligi tufayli sug‘oriladigan maydonlar va yetishtirilayotgan 
ekinlardan bo‘ladigan bug‘lanish ham nisbatan yuqori.
Bug‘lanish miqdoriga ta’sir qiluvchi omillardan yana bir 
muhimi bu shamollardir. O‘zbekiston sharoitida g‘arb va 
shimoldan esuvchi global shamollar bilan bir qatorda bir necha 
mahalliy shamollar ham bo‘lib, ular sirasiga Bekobod, Qo‘qon va 
Afg‘oniston shamollarini kiritish mumkin. Bu shamollar 
to‘g‘risida iqlim sharoitlari qismida batafsil so‘z yuritiladi.
Bundan tashqari ekinlarga beriladigan suvning miqdorini 
(sug‘orish me’yorini) hisoblash uchun, maydonga yog‘adigan 
yog‘inlarni ham inobatga olinadi.
O‘zbekiston sharoitida kuzatiladigan yog‘inlarning mamlakat 
hududi bo‘ylab tarqalishi juda notekis bo‘lib, ular g‘arbiy cho‘l 
hududlarda o‘ta kam, sharqiy tog‘li hududlarda nisbatan ko‘proq.
Shunday bo‘lsa-da, yog‘adigan yog‘in suvlarining barchasi 
ham ekinlarga yetib boravermaydi.


87 
Yog‘in suvlarining bir qismi tuproq sirti bo‘ylab oqib ketsa, 
yana bir qismi o‘simlik ildizidan chuqurroqqa singib ketadi. 
Singib ketgan suvdan o‘simlik foydalana olmaydi. Shunday qilib, 
yog‘in suvlarining bir qismi hech qanday foyda bermaydi, boshqa 
qismi ildiz zonasida qoladi va o‘simliklar tomonidan 
foydalanilishi mumkin. Yog‘in suvlarining mazkur qismiga 
yog‘inlarning samarali qismi deyiladi.
Yog‘in suvlarining foydali va foydasiz qismlariga iqlim, 
tuproq tuzilishi, ildiz zonasining chuqurligi kabi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi.
Natijada, o‘simlikni sug‘orish uchun kerakli suvning miqdori 
(sug‘orish me’yori) quyidagicha hisoblanadi:
W
sug

= W
bug‘

W
yog‘
sam 

W
t
bu yerda, W
sug‘
– ekin fiziologik ehtiyojini qondirish uchun 
suv-sug‘orish me’yori (mm),
W
bug‘
– bug‘lanish miqdori (mm),
W
yog‘ sam 
– yog‘inlarning samarali qismi miqdori (mm),
W
t
– tuproqda qoladigan namlik miqdori (mm).
Shunday qilib, quruq iqlim mintaqasida joylashgan 
O‘zbekiston sharoitida yetishtiriladigan ekinlar uchun maqbul 
sharoitlar yaratish uchun, ya’ni tabiiy bug‘lanish o‘rnini qoplash 
(to‘ldirish) uchun sun’iy sug‘orishni amalga oshirish talab etiladi.
Aksincha sharoitlarda, ya’ni sug‘orish ishlari olib borilmasa, 
O‘zbekistonning suv taqchil sharoitlarida ekin parvarishlashning 
va biron-bir hosil yetishtirishning imkoniyati bo‘lmaydi.

Download 13,74 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘zbekistonda ekinlarni parvarishlashning

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish