Sensorli usul tuproq namligini o‘lchashning zamonaviy
instrumental usuli sanaladi va
dalaning belgilangan nuqtasiga
ma’lumot beruvchi sensorli datchiklarni joylashtirish orqali zarur
ma’lumotlarni yig‘ishga asoslangan.
Tuproq namligini aniqlashning sensorli usullari tuproq
namligini nam va quruq tuproqlarning so‘rish bosimlarini nazorat
qilishga asoslangan tenziometrlar yordamida o‘lchashga asoslan-
gan bo‘lishi mumkin.
Amaliyotda tenziometrlar tuproq qatlamlari namligining turli
chuqurliklarini o‘lchash uchun foydalaniladi. O‘simlik turiga
qarab tenziometrlarning uzunligi 30 sm dan 1 metrgacha bo‘lgan
turlari qo‘llanadi. Tenziometrlar doimiy ravishda tuproqqa turli
chuqurliklarga o‘rnatib qo‘yiladi (1.20-rasm).
Tenziometrlar yordamida tuproqning so‘rish bosimi
santibarlarda o‘lchanadi va ma’lumotlar asosida sug‘orish vaqti
belgilanadi. Ko‘p hollarda tenziometr vaakummetri ko‘rsatkichi
50 santibarga yetganda sug‘orish amalga oshiriladi. Sug‘orish
vaqtida vaakummetr ko‘rsatkichi 10-15 santibarga yaqinlash-
ganda dalaga suv berish to‘xtatiladi.
77
a) tenziometrlar b) o‘rnatilishi d) dalaga o‘rnatilgan tenziometr 1.21-rasm. Tuproq namligini o‘lchash uchun mo‘ljallangan sensorli datchiklar. Sensorli usulning boshqa turi tuproq elektr o‘tkazuvchan-
ligini o‘lchovchi sensorli datchiklarni qo‘llashga asoslanadi. Bu
sensorli datchiklar analog signalni tuproqning hajmiy namligi
birligiga aylantirish asosida faoliyat yuritadilar. Ular tuproqning
hajmiy namligini o‘lchash imkoniyatini beradi. Datchiklarning
bir necha ko‘rinishlari 1.21-rasmda ak ettirilgan.
1.4.3.1. Tuproq namligini laboratoriyada aniqlash Ekin dalasidagi tuproq namligini laboratoriya sharoitida
aniqlash va uning o‘zgarishlarini baholash ekinlarni sug‘orish
vaqtini belgilashning eng aniq usuli hisoblanadi.
Tuproq namligining o‘zgarishlarini kuzatish uchun ekin
dalasining belgilangan nuqtalaridan bir necha bor, takroriy
ravishda tuproq namunalari olinadi va ularning namligi
laboratoriya sharoitida aniqlanadi.
Dalada belgilangan muayyan nuqtalarning har biridan hamda
tuproqning bir nechta qatlamidan (odatda, 5 ta qatlamdan)
burg‘ilash usuli yordamida tuproq namunalari olinadi.
78
1.22-rasm. Ekin dalasidan tuproq namunalarini olish. Tuproq namunalarining har biri alohida aluminiy byukslarga
solinib, maxsus qutichaga joylanadi va shu kunning o‘zida
laboratoriyaga olib kelinib, analitik tarozida tortiladi hamda
og‘irligi qayd etiladi. So‘ngra byukslar tuproq qurituvchi maxsus
shkaf – termostatga joylanadi. Namunalar termostatda 6-8 soat
davomida 105ºC haroratda quritilgach, yana bir bor tarozida
tortiladi, tarozi ko‘rsatkichlari esa qayd etib boriladi. Tuproqning
nam holatidagi va quritilgandan keyingi og‘irliklari o‘rtasidagi
farqlar asosida undagi namlik miqdori hisoblanadi.
Sug‘orishdan avval olingan tuproq namunalarini maxsus
tenglama yordamida dala chegaralangan namlik sig‘imi (DChNS)
ning ma’lum foizlari bilan solishtirish asosida sug‘orishga
beriladigan suvning miqdori (me’yori) aniqlanadi.
Aksariyat hollarda tuproq namligi dala chegaralangan namlik
sig‘imining 70 foiziga teng yoki undan kam bo‘lganda,
sug‘orishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Sug‘orish o‘tkazilgandan ikki-uch kun o‘tib, aynan avvalgi
nuqtalardan yana tuproq namunalari olinadi va ularning
sug‘orishdan keyingi namligi aniqlanadi.
79
a) umumiy ko‘rinish b) dalada o‘rnatilishi d) manometr ko‘rinishi 1.23-rasm. Tuproq namligini nazorat qiluvchi tenziometrlar. Ekin dalasi tuprog‘ining sug‘orishdan oldingi va keyingi
namligi ko‘rsatkichlarini o‘zaro solishtirish asosida sug‘orish
uchun haqiqatda ishlatilgan suvning aniq miqdori (netto) topiladi.