Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

Termostat-og‘irlik usuli 
asosan laboratoriya uskunalari 
mavjud bo‘lgan va namlikni juda yuqori aniqlikda aniqlash zarur 
bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi.
Termostat-og‘irlik usuli tuproq namligini aniqlashning eng 
aniq usuli hisoblanadi. Ushbu usul sodda va ma’lum vaqt talab 
qilishiga qaramay, unda aniqlashlar qimmatbaho qurilmalarsiz 
amalga oshiriladi.
Termostat-og‘irlik usulida tuproq namligini aniqlash uchun 
ma’lum asbob-uskunalar kerak bo‘ladi:
1.
60-100 sm chuqurlikdan (ildiz yashaydigan tuproq 
qatlamining chuqurligiga qarab) tuproq namunasini olish uchun 
tuproq burg‘usi.
Tuproq burg‘usi quvurining ustki qismiga, har 10 sm da 
chiziq ko‘rinishidagi belgilar qo‘yib chiqilgan bo‘ladi.
2.
Yuqori haroratga chidamli aluminiydan tayyorlangan 
stakan ko‘rinishidagi byukslar.


75 
Byukslar tuproq namunalari joylashtirilishidan avval bo‘sh 
holatda qopqog‘i bilan birga tarozida tortiladi va og‘irligi aniqlab 
olinadi. O‘lchash aniqligi 0,1 g (yoki 0,01 g) va maksimal 
o‘lchov og‘irligi kamida 200 g bo‘lgan tarozi. Amaliyotda labora-
toriya tarozilarining texnik maqsadlar uchun mo‘ljallangan 
turlaridan foydalaniladi.
3.
Quritish shkafi (termostat) – 105°C haroratgacha isitishga 
mo‘ljallangan.
Quritish shkafi 105°C haroratda avtomat tarzda o‘chishi 
uchun, uning relesi oldindan oddiy termometr yordamida rostlab 
olinadi.
Tuproqlar turiga ko‘ra quritish shkafida 3 soatdan (qum tup-
roqlar), 5 soat (oddiy soz tuproqlar) va 8 soatgacha (gipslashgan 
tuproqlar) quritiladi.
Termostatda sof og‘irlikkacha quritilgan tuproqning og‘irligi 
o‘lchanadi va nam tuproqning boshlang‘ich og‘irligi bilan 
solishtiriladi va ularning farqi asosida tuproqdagi namlik miqdori 
aniqlanadi. 
tuproq burg‘usi
elektron tarozi
termostat
byukslar
1.19-rasm. Tuproq namligini laboratoriya aniqlash uchun 
uskunalar. 


76 
a) tenziometrlar
b) o‘rnatilishi
d) dalaga o‘rnatilgan 
tenziometr
1.20-rasm. Tuproq namligini nazorat qilish uchun tenziometr-
lardan foydalanish.

Download 13,74 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish