Evapotranspiratsiyani hisoblash usullari




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1.3.4. Evapotranspiratsiyani hisoblash usullari 
Ekin dalalaridan bo‘ladigan umumiy bug‘lanish tarkibiga 
dala ochiq tuproq yuzasidan bo‘ladigan fizik bug‘lanish 
(evaporatsiya) va ekinlar (o‘simliklar) tanasi va barglaridan 
bo‘ladigan bug‘lanishlar (transpiratsiya) kiradi.
Ushbu ko‘rsatkichlarning 
yig‘indisi ekin dalasidan 
bo‘ladigan umumiy bug‘lanishni anglatadi va uni umumiy nom 
bilan evapotranspiratsiya deb ataladi (1.16 -rasm).


67 
1.16-rasm.
Umumiy bug‘lanishni 
sodir bo‘lishi.
Evapotranspiratsiya jarayoni o‘simliklarning fotosintezi bilan 
chambarchas bog‘liq va quyosh energiyasining yer yuziga yetib 
borishiga bog‘liq.
Ekin dalasidan bo‘ladigan bug‘lanishni aniqlashda potensial 
evapotranspiratsiya va o‘simliklarning haqiqiy bug‘lanishi kabi 
ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatiladi.
Potensial evapotranspiratsiya (PE) – bu yer yuzasini qopla-
gan etalon ekinning potensial evapotranspiratsiyas miqdori. Odat-
da etalon ekin sifatida yaxshi namlangan tuproqda o‘sayotgan 
maysa o‘t qoplami qabul qilinadi.
Potensial evapotranspiratsiyani quyidagi usullarda hisobla-
nadi:

to‘g‘ridan-to‘g‘ri – lizimetrlar va bug‘lantirgichlar (PAN) 
usuli,

bilvosita – maxsus asbob-uskunalar yordamida issiqlik va 
radiatsiya balanslari tuzish usullari. Bu usul asosan ilmiy 
tadqiqot ishlarida qo‘llaniladi.

hisoblash usullari – nazariy yechimlar, shuningdek issiqlik 
va massa ko‘chirish nazariyasiga asoslangan yarim empirik 
va empirik tenglamalar va modellardan foydalaniladi.
So‘nggi yillarda to‘liq bug‘lanishni hisoblashning matematik 
modellari yaratilishi bilan PAN va lizimetrik usullar kamroq ish- 


68 
latilmoqda. Chunki hozirgi kunda zamonaviy ob-havo stansiya-
lari va ularning ma’lumotlariga asoslangan yuqori aniqlikdagi 
ishonchli modellar paydo bo‘ldi.
Biroq umumiy potensial bug‘lanishni hisoblashning asosiy 
usuli sifatida hozirgi kunda ham (1948 yilda yaratilgan) Penman-
Monteyt usuli qo‘llanilmoqda.
Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qishloq xo‘jali-
gi va oziq-ovqat tashkiloti (FAO) etalon ekinli ochiq maydondan 
bo‘ladigan etalon evapotranspiratsiyani hisoblash uchun hozirda 
ham Penman- Monteyt formulasidan foydalanishni tavsiya qiladi:
𝑬𝑻
𝟎
=
(𝟎, 𝟒𝟎𝟖∆(𝑹
𝒏
− 𝑮) + 𝜸 (
𝟗𝟎𝟎
𝟐𝟕𝟑 ∙ 𝑻) ∙ 𝑽
𝟑
(𝒆
𝟖
− 𝒆
𝒂
))
∆ + 𝜸 (𝟏 + 𝟎, 𝟑𝟒 𝑽
𝟐
)
 
bu yerda:
ET
0
– etalon evapotranspiratsiya (mm/sut);
R
n
– o‘simlik yuzasidagi umumiy radiatsiya miqdori
(Mj 

m
2
/sut);
G – tuproq issiqlik oqimining zichligi (Mj*m
2
/sut);
T – yer yuzasidan 2 metr balandlikdagi havoning o‘rtacha 
kunlik harorati (°C, gradus selsiy);
V
2
– yer yuzasidan 2 metr balandlikdagi shamolning tezligi 
(m/s);
Δ – to‘yingan suv bug‘i bosimi egrisining qiyaligi (kPa/
o
C);
γ – psixrometrik o‘zgarmas (konstanta) (kPa/
o
C);
e
8
– to‘yingan suv bug‘ining bosimi (kPa);
e
a
– suv bug‘ining haqiqiy bosimi (kPa);
e
8
-e
a
– to‘yingan suv bug‘ining taqchilligi (kPa).


69 
1.17-rasm. Kunlik evapotranspiratsiyaning taxminiy qiymatlari
.
Formulaga e’tibor bilan qaraladigan bo‘lsa, unda juda ko‘p 
empirik va boshqarilishi qiyin bo‘lgan ko‘rsatkichlar mavjud.
Formuladan foydalanish murakkabligi bois, amaliyotda 
meteostansiyalarning o‘zlarida bajariladigan hisoblar natijalari-
dan foydalaniladi.
Bunday hisoblashning misoli, ya’ni Avstriyaning Pessel 
meteostansiyasi ma’lumotlari asosida bajarilgan hisoblar namuna 
sifatida rasmda aks ettirilgan. Bu hisoblarda ham boshqa 
modellardagi kabi to‘rt: havoning harorati, havoning namligi, 
shamolning tezligi va quyoshning nur sochishi (radiatsiyasi) kabi 
ko‘rsatkichlardan foydalanilgan (1.17-rasm). 
Umumiy bug‘lanishni hisoblash uchun internet tarmog‘ida 
mavjud bo‘lgan modellardan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Shunday modellardan biri AQShning Vashington davlat 
universitetida ishlab chiqilgan. Modeldan foydalanish juda oson.


70 
1.18-rasm. Penman usuli yordamida umumiy bug‘lanishni 
hisoblash modeli

Tegishli katakchalarga yuqorida aytilgan 4 ta ko‘rsatkichni 
kiritish va “hisoblash” tugmachasini bosish asosida umumiy 
bug‘lanishning qiymatini aniqlash mumkin (1.18-rasm).

Download 13,74 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Evapotranspiratsiyani hisoblash usullari

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish