109
Ekinni tuproq ustidan egatlab sug‘orish usuli qo‘llanilganda
eng kam sug‘orish me’yori 600 m
3
/ga dan kam bo‘lmasligi lozim.
Chunki, suv kam miqdorda beriladigan bo‘lsa,
dalani bir tekis
sug‘orib bo‘lmaydi.
Kichik miqdordagi me’yorni sug‘orishning bosimli usuli
(tomchilatib sug‘orish) qo‘llanilganda belgilash mumkin.
1.5.3.3. Ekinlarning turli rivojlanish davrlarida suvga
bo‘lgan ehtiyojlari
Ekin maydoniga beriladigan suvning sarfi o‘simlikning
o‘sish va rivojlanish dinamikasi, quruq moddani yig‘ish sur’ati va
havo hamda tuproq haroratiga muvofiq aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari rivojlanishining turli davrlarida
suvga bo‘ladigan talabini g‘o‘za misolida ko‘rib chiqish mumkin.
G‘o‘zaning vegetatsiya davri uch bosqichga bo‘linadi:
–
urug‘
unganidan – gullashigacha bo‘lgan davri;
–
gullashidan – hosil tuga boshlagunicha bo‘lgan davri;
–
hosil tugish
boshlangandan hosil pishib yetiladigan davri.
Vegetatsiya davrining boshida havoning harorati past, g‘o‘za
nihollari kichkina bo‘lganligi tufayli g‘o‘zani sug‘orish
uchun
suv kam sarflanadi.
G‘o‘za nihollari birinchi barglarini yoza boshlagan davrda
kuniga har bir gektaridan 11-12 m
3
suv sarf qiladi.
O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi
bilan barglar soni va
ularning o‘lchamlari ortib boradi, havo harorati ham ko‘tarila
boshlaydi, bug‘lanish ortib boradi va g‘o‘za o‘sib,
uning suvga
bo‘lgan ehtiyoji ham ortadi va gektariga 20-25 m
3
miqdorda suv
sarflanadi.
G‘o‘za suvga bo‘lgan eng ko‘p ehtiyojni gullash va ko‘sak
tugish davrida sezadi. Bu davrda g‘o‘za maydonidan sarflanadi-
gan suvning miqdori bir kunda gektariga 91-114 m
3
ga yetadi.
110
Hosilining yetilishi davrida suvga bo‘lgan
ehtiyoj biroz
pasayadi va gektariga 36 m
3
gacha tushib qoladi.
Bu qonuniyat turli iqlim mintaqalardagi barcha turdagi
tuproqlar va paxtaning barcha navlari uchun bir xil amal qiladi.