• Tuproqlarning g‘ovaklik ko‘rsatkichlari
  • Tuproqning kapillyarlik xususiyati




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/197
    Sana21.05.2024
    Hajmi13,74 Mb.
    #247359
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   197
    Bog'liq
    2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

    Tuproqning kapillyarlik xususiyati
     
    Tuproqning kapillyarlik xususiyati asosan uning mexanik 
    tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi erkin 
    suvlar asosan og‘irlik va sirt taranglik kuchlari ta’sirida bo‘ladi.
    Suv tuproqning ingichka bo‘shliqlari, ya’ni kapillyarlari 
    orqali sirt taranglik kuchi ta’siri ostida muayyan harakatda 
    bo‘ladi. Suvning yuqoriga kapillyarlar orqali ko‘tarilish 
    chegarasi, unga ta’sir etuvchi og‘irlik va sirt taranglik kuchlari 
    tenglashguncha davom etadi.
    Turli tuproqlarda suvning kapillyarlar orqali ko‘tarlish 
    balandligi turlicha bo‘lib, u asosan tuproq tuzilishidagi 
    kapillyarlarning katta yoki kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 
    qumli tuproqda suvning kapillyarlar orqali ko‘tarilish balandligi 
    30-60 sm, soz gilsimon tuproqlarda esa 3-4 m gacha yetadi.
    Kapillyarlar orqali ko‘tarilgan suv o‘simliklar tomonidan 
    to‘la o‘zlashtiriladi va u tuproq tarkibidagi asosiy foydali suv 
    hisoblanadi.
     
    Tuproqning g‘ovaklik xususiyati
     
    Tuproq g‘ovakligi qishloq xo‘jaligi ekinlarining normal 
    rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ildiz 
    rivojlanadigan qatlamda nafaqat namlik, balki ma’lum miqdorda 
    havo ham bo‘lishi talab etiladi. Chunki, oziq moddalarni o‘simlik 
    tomonidan o‘zlashtiriladigan holga o‘tishida kislorodning roli 
    yuqori. Tuproqning g‘ovakligi tabiiy holatdagi buzilmagan 
    strukturali tuproq tarkibida qancha miqdorda havo borligi bilan 
    aniqlanadi va u umumiy hajmning necha foizini havo tashkil 
    etishini bildiradi (1.5-jadval). 
    Tuproqning g‘ovakligi mexanik ishlov berish orqali 
    oshirilganda, uning zichligi kamayishi mumkin.


    30 
    1.5-jadval
     
    Tuproqlarning g‘ovaklik ko‘rsatkichlari
     
    Tuproq turi
    G‘ovaklik, %
    Og‘ir soz tuproq
    50-60
    Soz tuproq
    45-60
    Og‘ir qumoq tuproq
    40-55
    O‘rtacha qumoq tuproq
    40-52
    Yengil qumoq tuproq
    38-50
    Qumloq tuproq
    35-45
    Qumoq tuproq
    32-40
    Qum tuproq
    30-38
     
    Tuproqning zichligi uning g‘ovakligi bilan birgalikda uning 
    asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
    Tuproqning g‘ovakligi haydalma qatlam uchun aktiv havo 
    almashinuvi hamda suv o‘tqazuvchanligini ta’minlaydi.
    O‘zbekiston sharoitida ko‘p uchraydigan tuproqlarning 
    asosiy xarakteristikalari 1.6-jadvalda keltirilgan.
    1.6-jadval.
     

    Download 13,74 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   197




    Download 13,74 Mb.
    Pdf ko'rish