28
bu yerda, V
shim
– tuproq orqali sizib o‘tadigan
suvning
shimilish tezligi;
k
shim
– tuproqning suv shimish koeffitsienti;
α – vaqt oralig‘ini ifodalovchi parametr.
Tuproq orqali sizib o‘tadigan
suvning shimilish tezligini
ifodalovchi parametrlarning sonli qiymatlari 1.4-jadvalda
keltirilgan.
O‘rtacha qumoq tuproqlar uchun filtratsiya koeffitsienti
0,084 m/soatni tashkil etadi. Bundan
shunday xulosa chiqarish
mumkin: suv sug‘oriladigan maydonda 10 soat davomida 84 sm
gacha chuqurlikka singiydi. Bu g‘o‘za uchun ildiz rivojlangan
qatlam chuqurligiga teng miqdordir.
Demak, o‘rtacha qumoq tuproqli g‘o‘za dalasining sug‘orish
vaqtini 10-12 soatdan oshirish kerak emas.
Sug‘orish davrining bundan oshishi –
ortiqcha suvning
yerosti suvlariga qo‘shilishiga, ya’ni uning behudaga
sarflanishiga olib keladi.
1.4-jadval.
Tuproq orqali sizib o‘tadigan suvning shimilish tezligi
Tuproq turi
vaqt oralig‘ini ifoda-
lovchi
parametr, α
suv shimish koeffi-
tsienti, k (m/soat)
oralig‘i
o‘rtacha
oralig‘i
o‘rtacha
Qumloq (shag‘al
qatlami
to‘sha-
mali)
0,07-0,31
0,14
0,08-0,32
0,176
O‘rtacha qumoq
(shag‘al qatlami
to‘shamali)
0,11-0,75
0,45
0,024-0,0175
0,084
Soz tuproq
0,31-0,86
0,75
0,018-0,096
0,06