Tuproqning hajmiy massasi (zichligi), solishtirma




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

1.2.2. Tuproqning hajmiy massasi (zichligi), solishtirma 
og‘irligi, suv o‘tkazuvchanligi, namlik sig‘imi 
Tuproqning asosiy fizik xususiyatlari quyidagi kattaliklar 
bilan tavsiflanadi:
-
tuproqning hajmiy massasi (zichligi); 
-
tuproqning solishtirma og‘irligi; 


23 
-
tuproqning suv o‘tkazuvchanligi; 
-
tuproqning namlik sig‘imi; 
-
tuproqning kapillyarligi; 
-
tuproqning g‘ovakligi va boshqalar.
Tuproqning hajmiy massasi va solishtirma og‘irligi uning 
eng muhim fizik ko‘rsatkichlaridan sanaladilar.
 
Tuproqning hajmiy massasi 
tabiiy holatdagi (o‘zgarmagan) 
ma’lum hajmdagi tuproqning massasiga uning zichligi yoki 
hajmiy massasi deyiladi.
Tuproqning hajmiy massasi quruq tuproqqa nisbatan 
ifodalanadi va g/sm
3
larda o‘lchanadi.
O‘zbekistonda tarqalgan tuproqlarning hajmiy massasi 
(zichligi) asosan 1,05 dan 1,8 g/sm
3
gacha (yengil tuproqlarda 
1,1-1,3; o‘rtacha – 1,4-1,6 va og‘ir – 1,7-1,8) oraliqda yotadi.
Tuproqning 
hajmiy 
massasi 
(zichligi) 
tuproqning 
mineralogik va mexanik tarkibi, strukturasi va tarkibidagi organik 
moddalarning miqdoriga bog‘liq.
Tuproqning hajmiy massasiga tuproqqa ishlov berish 
jarayoni va foydalanilayotgan qishloq xo‘jalik texnikasi ta’sir 
ko‘rsatadi.
Tuproqqa ishlov berilganda (haydalganda, yumshatilganda), 
tuproq eng g‘ovak holatga keladi, vaqt o‘tishi bilan esa asta-sekin 
zichlashib boradi.
Chirindiga boy, strukturali va yetilgan holda ishlov berilgan 
yerlarda tuproq zichlanmagan bo‘ladi. Zichlik tuproqning suv-
havo xossalari va unda kechadigan biologik jarayonlarning 
borishida hamda o‘simliklar uchun zarur oziq moddalarning 
to‘planishida muhim rol o‘ynaydi.
Zichlangan tuproqda suvning shimilishi va havo almashinishi 


24 
kamayadi, o‘simliklarning ildizlari yaxshi rivojlana olmaydi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun tuproq 
zichligining (mexanik tarkibiga ko‘ra) eng maqbul ko‘rsatkichlari 
quyidagi qiymatlarga ega:
-
qumoq va soz tuproqlar uchun 1,0-1,3 g/sm
3

-
yengil qumoq tuproqlar uchun 1,1-1,4 g/sm
3

-
qumloq tuproqlar uchun 1,20-1,45 g/sm
3

-
qum tuproqlar uchun 1,25-1,60 g/sm
3
;.
Hosilning tuproq zichligiga bog‘liqligini o‘rganish 
tadqiqotlari natijalarini ko‘rsatishicha, tuproqning zichligi 0,01 
g/sm
3
ortsa, donli ekinlarning hosildorligi 1 s/ga, kartoshkaning 
hosildorligi esa 2 s/ga kamayishi mumkin. Binobarin, g‘o‘za 
o‘stirilayotgan 
sharoitda 
bo‘z 
tuproqlarning 
haydalma 
qatlamidagi eng maqbul zichlik 1,2-1,3 g/ sm
3
bo‘lishi lozim.

Download 13,74 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproqning hajmiy massasi (zichligi), solishtirma

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish