Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/197
Sana21.05.2024
Hajmi13,74 Mb.
#247359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Bog'liq
2rvAPcPsrRZZdBe1KYZc6NQtkhIVSPBObuzOsPV5

Ravshan Mamutov, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Agrar va
suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi 
 



YANGI MUTAXASSISLIK UCHUN
YANGI DARSLIK 
Iqlim o‘zgarishi global muammoga aylangan hozirgi davrda 
suv resurslaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanish kun 
tartibiga chiqdi. Buning ustiga bashariyatning cheklangan 
zahiralari tugab qolishi mumkin bo‘lgan tabiiy suvdan isrofgar-
chilik bilan foydalanishi, nufus qonunlariga binoan aholi sonining 
va iste’molining to‘xtovsiz ortishi, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’at-
lari tufayli O‘zbekistonda suvga bo‘lgan talab oshib bormoqda. 
Dunyo, shu jumladan, O‘zbekiston aholisi sonining ortib 
borishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni yildan-yilga 
ortishiga sabab bo‘lmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab 
chiqarishning asosiy manbai bo‘lgan suv resurslarining mavjud 
miqdorlari esa kamayib borayotgan bir sharoitda, ulardan foyda-
lanishning samarali usullarini ishlab chiqish, mavjud suv 
resurslaridan tejamli ravishda foydalanish masalasi kundan-kunga 
dolzarb bo‘lib bormoqda. Bunday sharoitda, dunyoning aksariyat 
mamlakatlarida suvni eng ko‘p ishlatuvchi qishloq xo‘jaligi 
sohasida suvni behudaga isrof qilmasdan, tejab- tergab ishlatish 
maqsadida ekinlarni sug‘orishning suv tejovchi texnologiya-
laridan foydalanish keng joriy qilinmoqda. Bu borada Isroil, 
Yaponiya, Iordaniya, Xitoy, AQSh, Italiya, Turkiya, Yunoniston 
(Gretsiya), Avstraliya va Hindiston kabi davlatlar katta 
natijalarga erishgan. 
Osiyo qitasining markazida, okean va dengizlardan minglab 
kilometr uzoqda joylashgan, Dunyo okeaniga chiqish uchun yana 
kamida 2 ta davlat sarhadlarini kesib o‘tish talab etiladigan 
dunyodagi bori-yo‘g‘i 2 davlatning biri bo‘lgan serquyosh 
vatanimiz qurg‘oq va issiq mintaqada joylashgan. 
Yuqorida qayd etilganidek, asosiy daryolarining suvlari 
transchegaraviy hududlardan oqib keladigan O‘zbekiston 



Respublikasi sharoitida suv resurslaridan samarali foydalanish 
masalasi ayniqsa dolzarb masala sanaladi. 
Mamlakatimizning ekstensiv qishloq xo‘jaligi suvni haddan 
ortiq ko‘p ishlatganligi sababli suv resurslarining yetishmov-
chiligi muammosi birinchi galda sug‘oriladigan maydonlar suv 
ta’minotiga ta’sir qiladi va bu ta’sir yildan-yilga ortib bormoqda. 
Bunday sharoitda ekinlarni sug‘orishning suv tejovchi texno-
logiyalarini qo‘llash bu ne’matlarning qadr-qimmatini yanada 
oshiradi. 
Shu maqsadda, Prezidentimiz tashabbuslari bilan oxirgi besh 
yilda ekinlarni sug‘orishning suv tejovchi texnologiyalarini keng 
joriy qilishga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. 
Jumladan, sug‘orishning suv tejovchi tizimlarini joriy qilgan 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga soliqlardan ozod qilish 
va davlat tomonidan subsidiyalar ajratish kabi bir qator imtiyozlar 
yaratildi. Natijada, respublikamizda suv tejaydigan texnologiyalar 
qo‘llaniladigan maydonlar yildan-yilga kengayib bormoqda. 
Ushbu 
jarayonda, 
albatta, 
suvdan 
samarali 
foydalanish 
texnologiyalarini, suv tejovchi sug‘orish tizimlarini joriy 
qiladigan, ularni ishlatadigan, servis xizmatlari ko‘rsatadigan 
malakali milliy mutaxassis kadrlarga ehtiyoj ko‘paymoqda. 
Suv xo‘jaligi sohasi uchun malakali mahalliy kadrlarni 
tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillash-
tirish, ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro 
hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-
xaularni ishlab chiqarishni joriy qilish zaruriyati davlatimiz 
strategik vazifalarining eng ustuvorlari safidan joy olmoqda. 
Bugungi kunda, mamlakatimizda suv xo‘jaligining oliy 
ma’lumotli kadrlari asosan “Toshkent irrigatsiya va qishloq 
xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy 
tadqiqot universitetida tayyorlanmoqda. 
Shu bilan birga, bugungi kunda suv xo‘jaligi yo‘nalishida o‘rta 



bo‘g‘in kadrlar tayyorlaydigan qator professional ta’lim 
muassasalari – 9 ta kollej mavjud bo‘lib, bu kollejlarda zamon 
talablariga mos ravishda suv tejovchi sug‘orish tizimlariga xizmat 
ko‘rsatish texniklarini tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 
Mazkur o‘quv yurtlarida o‘qitish uchun “Suv tejovchi 
sug‘orish texnologiyalari asoslari” fani o‘quv dasturi sifatida 
o‘quv rejasiga kiritildi hamda mazkur dastur asosida darslik 
yaratildi. Ushbu “Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari asoslari” 
darsligida sohaning aksariyat jihatlari chuqur ochib berilgan. 
Xususan, sug‘oriladigan ekinlar hayotida suv va tuproqning o‘rni, 
ekinlarni sug‘orishning an’anaviy usullari, ekinlarni egatlab 
sug‘orishning suv tejovchi usullari, suv tejovchi bosimli sug‘orish 
texnologiyalari, tomchilab sug‘orish usullari va ularning aha-
miyati, mazkur tizimlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
yo‘nalishlari hamda xalqaro loyihalar tomonidan suv resurslarini 
boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish yuzasidan amalga 
oshiriladigan ishlar batafsil yoritilgan. Shu bilan birga, darslikda 
sohaga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ham sharh berilgan. 
Darslik qishloq va suv xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlay-
digan oliy va professional ta’lim muassasalari uchun asosiy 
qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 13,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi

Download 13,74 Mb.
Pdf ko'rish