|
Щзбекистон республикаси олий
|
bet | 24/58 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 1,9 Mb. | | #144341 |
Bog'liq Щзбекистон республикаси олийNazorat uchun savollar:
Issiqlik nurlari deb nimani tushunasiz?
Issiqlik nurlanish balansining formulasini tushuntiring.
Nurlanish Issiqlik almashinuvining jarayonini aytib bering.
Qanday jismlar absolyut qora deb ataladi.
Stefan-Bolьsman qonunining formulasini tushuntiring.
Plank qonuning formulasini tushuntiring?
Vina qonunining formulasini tushuntiring?
Issiqlik nurlanish qaysi uskunalarda qo’llaniladi?
Issiqlik nurlanish miqdori qanday topiladi?
Ekran qurilmasi qaysi vazifani bajaradi?
10 - Ma’ruza
Issiqlik almashinish apparatlari. Issiqlik uzatish
Reja:
1. Issiqlik almashinuv apparatlar.
2. Issiqlik balans va Issiqlik uzatish tenglamalari.
Tayanch so’z va iboralar:
Regenerativ, rekuperativ, aralashma, Issiqlik almashinuv apparatlari, issiliq berish koeffitsient, Issiqlik yuklama, Issiqlik yuza, Issiqlik uzatish koeffitsienti.
10.1. Issiqlik almashinuv apparatlar
Issiqlik eltuvchi modda (suv, bug’, havo, antifriz, moylar va sh.k.) ni isitish yoki sovitishda turli xil qurilma (moslamalar) dan foydalaniladi. Bunday qurilmaga radiator (lat. Radio – nur tarqataman), kondensator (lat. Condenso – zichlayman, suyuqlantiraman), har xil trubalar to’plami va sh. k. lar misol bo’la oladi. Issiqlik tashuvchi moddaning issiqligi Issiqlik almashinuv asboblari devori yoki issiq moddaning sovuq moddaga aralashishi bilan ikkinchi modda (sovutkich)ga uzatiladi. Bunda Issiqlik tashuvchining tamperaturasi pasayadi, Issiqlik qabul qiluvchi (sovutkich)ning temperaturasi esa ortadi.
Moddalar orasida Issiqlik almashinuv usuliga qarab Issiqlik almashinuv asboblari quyidagi turlarga bo’linadi: aralashtirgichli, rekuperativli, (lat. Rekuperator-qayta olinadigan), regenerativli (lat. Regeneratio-tiklanish) va oraliq Issiqlik tashuvchili. Aralashtirgichli Issiqlik almashinuv jarayonida Issiqlik tashuvchi (eltuvchi) modda temperaturasi pastroq modda bilan aralashtiriladi. Masalan, qozon qurilmadan chiqadigan yuqori temperaturali bug’ yo suv sovuq yoki iliq suv bilan aralashtiriladi, so’ngra iste’molchilarga uzatiladi. Aralashtirgichli Issiqlik almashinuvida asosiy agent (Issiqlik tashuvchi) sifatida bir – biriga aralashmaydigan modda va materiallar ishlatiladi: bug’ – suv, gaz – qattiq material, suv – moy va x.k.
Rekuperativ Issiqlik almashtirgichda atmosferaga chiqib ketadigan gazlar issiqligidan foydalaniladi. Bunda Issiqlik miqdori sovutkich ga oraliq qattiq devor orqali uzatiladi. Issiqlik tashuvchi va sovutkich yo’nalishiga qarab to’g’ri, teskari, kesishgan, aralash oqimli va sirtlarning geometrik shakliga ko’ra yassi, yumaloq, qovurg’ali rekuperatorlar bo’ladi.
Regenerativ Issiqlik almashinuvida atmosferaga (siklga qaytarilayotgan bug’) chiqarilib yuboriladigan gaz (Yonish mahsuloti) tarkibidagi Issiqlik miqdoridan yangitdan kiritilayotgan gaz, bug’, suv, Yoqilg’i, yonilg’i va havo aralashmasini isitishda qo’llaniladi. Bu asbob r e g e n e r a t o r deyiladi.
|
| |