1-rasm. Bir konturli AES.
Hozir dunyoda 300 ga yaqin AES ishlayapti. Bunga Voronej, Beloyarsk, San - Peterbug’g, SHevgenko, Kolpsk, Ko’rs AES Larini, atom muzyorarlari va kanallari “Savanna”, Bobkok - Vilkoks” va shk) misol bo’la oladi. Tabiatda uran 235 izotopining miqdori 0, 72%, uran 238 niki 99,274%, uran 234 niki esa, 0,006%, tashkil qiladi.
YAdro reaksiyasida ajralgan Issiqlik miqdori Issiqlik tashuvchi (geliy, og’ir suv, suyuq natriy) ga uzatiladi, u birinchi berk konturda, ya’ni reaktor va tashqi Issiqlik almashtirigich oralig’ida nasos yordamida majburiy harakatlantiriladi. AESning ikkinchi konturidagi jarayonlar AESning suv-suv energetik reaktori (SSER), suyuq metalli energetik reaktori (SMEr) mavjud bo’lib, ular suv, suyuq metall va suyultirilgan gazlar bilan sovitiladi.
Energetikada, transportda Issiqlik energiyasining manbai sifatida har xil quvvatdagi atom reaktorlari qo’llaniladi.
Atom reaktorlari neytronlarning spektoriga ko’ra tezkor, Issiqlik va oraliq, ya’ni tez neytronlar (0,025 EV) ga teng bo’lgan neytronlar ta’sirida zanjirli yadroreaksiyasi boradigan turlariga bo’linadi.
18.2 Atom elektr stansiyasining ishlashi
Atom reaktori boshqariladigan zanjirli yadro reaksiyasi kechadigan va reaksiya bir mehyorda saqlab turiladigan qurilma. U kastrulkasimon zanglamaydigan idish bo’lib, uning ichiga Issiqlik ajratuvchi elementlar, boshqarish sterjenplari, sovitkich modda hamda neytronlarni qaytargich ma’lum tartib qoida bo’yicha joylashtiriladi. Issiqlik ajratuvchi elementlar shaxmat tartibida, neytronlarni qaytargichlar (grafit) ichki devori reaktorning sirti bo’ylab joylashtiriladi. Sovitkich vazifasini og’ir suv, suyuq metal va suyultirilgan gaz (vodorod, geliy ) bajaradi. Og’ir suv o’z navbatida neytronlarni susaytirgich vazifasini ham o’taydi. Boshqarish sterjenlari neytronlari etishmaydigan kimyoviy elementlardan va lantanoidlar guruhidagi elementlar qotishmalaridan tayyorlanadi va ularning asosiysi reaktor qozoni markaziga qolganlari Issiqlik ajratkich elementlari guruhi o’rtasiga shaxmat tartibida joylashtiriladi. Bu sterjenlar yuqoriga ko’tarilgan sayin zanjirli yadro reaksiyasi jadallashib boradi va reaktorda juda ko’p miqdorda Issiqlik ajralib chiqadi. Bu Issiqlikni tashqariga birinchi berk konturda majburiy ravishda nasoslar yordamida aylanadigan sovitkich (suv, suyuq metall, suyultirilgan gaz) chiqaradi. Sovitkichdagi Issiqlik miqdori shu darajada yuqori bo’lganligidan u to’g’ri bug’ generatoriga uzatiladi.
Bug’ generatorida hosil qilingan quruqqizdirilgan bug’ yuqori bosimli bug’ turbinasiga yo’naltiriladi.
Ish bajarib bo’lgan va ma’lum darajada bosimi, temperaturasi pasaygan bug’ yuqori bosimli bug’ turbinasining chiqishidan olinib separator va bug’izdirigich orqali ko’p bosqichli past bosimli bug’ turbinasiga yo’naltiriladi.
Umuman olganda, AES ning oxirigi berk konturida kechadigan jarayonlar AES larniki kabidir. AES lar bir, ikki va uch konturli bo’ladi. Bir konturli AES suv bug’i atom reaktorida hosil qilinadi va unda radiaktiv moddalar bo’lishi mumkin. Birinchi berk konturidagi radiaktiv moddalarning ikkinchi konto’rga o’tish extimoli yo’q.
Birinchi konturdagi sovitkich ikkinchi berk kontur uchun Issiqlik manbai vazifasini bajaradi. Ko’pchilik ikki konturli AES larning birinchi konturida Issiqlik tashuvchi vazifasini og’ir suv (Issiqlik neytronlarida reaksiya borganda) va suyuq natriy (gaz neytronlarida reaksiya borganda) bajaradi: uch konturli AES da birinchi va ikkinchi konturlardagi Issiqlik almashtirigch (sovitkich) vazifasini suyuq natriy, uchinchi konturda esa oddiy suv bajaradi.
|