• Rostlovchi elementlar
  • Signal kuchaytiruvchi elementlar




    Download 66.03 Kb.
    bet2/4
    Sana03.12.2022
    Hajmi66.03 Kb.
    #32918
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Signal-kuchaytiruvchi-elementlar
    audit 9uzb (1), audit 9uzb, [1]Vocabulary Basics, eMarketing-Institute-E-Commerce-Certification CERT002188951-EMI(Karimov Islom)

    Ijrochi elementlar

    • Texnologik ob’ektdagi rostlovchi va boshqaruvchi organlar: tutqichlar, qopqoqlar, jo’mraklar, aylanuvchi yopqichlar, to’siqlar va boshqalarni berilgan boshqarish qonuniga muvofiq yurgizish uchun xizmat qiladigan mashina va mexanizmlar ijrochi elementlar deb ataladi. Ijrochi elementlar boshqaruvchi signallarni mexanik xarakatga aylanish yoki surilishga aylantiradi. Manba energiyasining turiga ko’ra ular elektrik, pnevmatik va gidravlik ijrochi elementlarga bo’linadi.
    • Ijrochi elementlarga asosan quyidagi talab qo’yiladi: yuqori ishonchlilik, boshqaruvchi signalning yuqori aniqlikda ishlashi, ishga tushish tezligini yuqoriligi, FIK yuqori bo’lishi, narxining arzonligi, geometrik o’lchamlari va massasining kichikligi va boshqalar.
    • Elektr ijrochi elementlar. Elektr ijrochi elementlar tok, kuchlanishning miqdoriy o’zgarishini va elektr signali fazaning o’zgarishini buzilishi, surilishi va aylanishi kabi mexanik harakatlarga aylantiradi. Ijrochi elektr yuritmalar sifatida kichik quvvatli o’zgaruvchan yoki o’zgarmas tok dvigatellaridan foydalaniladi.

    Rostlovchi elementlar

    • Texnik jarayonlarda insonning ishtirok etishiga ko’ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin:
    • Avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
    • Avtomatik boshqarish texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo’lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
    • Avtomatik rostlash texnologik jarayonlarning tezligi parmetralarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda inson ARS to’g’ri ishlashini nazorat qiladi.
    • Avtomatik boshqarish texnologik operasiyalarni belgilangan mutassilligini avtomatik ravishda bajarilishini va boshqarish ob’ektiga nisbatan bo’ladigan ta’sirlarni muayyan mutassiligini ishlab chiqishdan iborat.
    • Avtomatlashtirish texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonida odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo’lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatini oshishi va tan narxining kamayishiga olib keladi.

    Download 66.03 Kb.
    1   2   3   4




    Download 66.03 Kb.