450
Mayda fraksiyali to‘ldiruvchilar- aralashma tarkibida etishmagan mayda
fraksiyalarni o‘rnini to‘ldirib, bog‘lovchi materialning
ulushini kamaytirishga
imkon yaratadi va aralashmaning siljish xususiyatini oshishiga yordam beradi.
Suvni kamaytiruvchi qo‘shimchalarning vazifasi- aralashmaning suv
talabchanligini 20-30% gacha kamaytiradi.
Mustaxkamlik – ma’lum bir sharoitda materialga berilgan tashqi kuchni o‘z
shaklini buzmagan xolda saqlab qolish xususiyati xisoblanadi.
Maydalanganlik darajasi - portlandsementning
maydalilik darajasi uning
tishlashish muddati va qotishiga ta’sir etadi. Portlandsementning maydalilik
darajasi GOST 10178-76 bo‘yicha elaklar taxlili orqali amalga oshiriladi. Bundan
tashqari maydalilik darajasini namunaning solishtirma yuzasini aniqlash bilan xam
taxlil etish mumkin.
Suv talabchanlilik xususiyati - Sementni suv bilan qorishtirilganda qotish
jarayonida kimyoviy jarayonlarni normal borishi
va yangi tayyorlangan
aralashmani siljish xususiyatini berish uchun kerak bo‘lgan suv miqdoriga aytiladi.
Sement xamiridan suv ajralishi-
tayyorlangan sement xamiridan,
qorishmadan yoki betondan suvni ajralish jarayoni sement zarrachalari va
to‘ldiruvchi materiallarni zarrachalarining og‘irlik kuchi ta’sirida yuzaga keladi.
Korroziya – qattiq jinslarning emirilishi, jinslar sirtida atrof mihit bilan
ta’sirlangan holda kimyoviy va elektrokimyoviy jarayonlar ta’sirida
hosil
bo‘ladigan hodisa.Emirilishga duch keladi beton,qurilish toshlar, yog‘och, va
boshqa
materiallar, polimerlarning emirilishi destruksiya deb ataladi