430
17 bob Asbestsement buyumlarini tayyorlashda ishlatilgan
suvni qayta tozalash
Asbest-sement mahsulot tayyorlash uchun ko‘p
miqdorda suv sarf
qilinadi. Ishlatilayoggan suv quyidagicha taqsimlanadi:
1. Asbest-sementli aralashma tayyorlash va vannaga kelib tushadigan
aralashmani kerak bo‘lganda suyultirish uchun;
2. Temir
to‘rli
silindrsimon
moslamani
ustini,
matoni
yuvib
tozalash uchun;
3. Vaqti-vaqti
bilan
tayyor
mahsulotning
qattiqligini
oshirish
uchun omborlarda uning ustiga sepib turish uchun;
4. Quvurlarni suvli vannada qotirish jarayoni uchun;
Bitta yassi ko‘rinishdagi mahsulot chiqaradigan qoliplovchi mashina
sanoat yuvindisi chiqariladigan joyga bir soatda 2 · 10
5
l suv chiqarib tashlaydi,
undan 1,5·10
5
l/s suv mato va temir to‘rlarni yuvish uchun sarflanadi;
0,5·10
5
l/s suv esa asbest-sement omixtani suvini siqib chiqarish jarayonida hosil
bo‘ladi.
Odatda mana
shu ifloslangan suvnitozalash, uni foydalanish uchun
mahsulot tayyorlash jarayoniga qaytarishga suvni qayta ishlash deb ataladi. U bir
necha bosqichdan iborat bo‘ladi.
Temir to‘rli silindrsimon moslamadan hosil bo‘ladigan chiqit suvning
tarkibida 10 g/l miqdorda asbest-sement aralashmasi chiqitga chiqadi,
bu esa
o‘rtacha 10 foiz miqdorda ishlatiladigan xom ashyoning miqdorini tashkil
qiladi.
Ko‘pgina moslamalarda suvning ko‘tarilish tezligi 15-18 m/soat.
Moslamaning aylanma o‘lchami qanchalik katta bo‘lsa, suvning ko‘tarilish
tezligi shunchalik kichik bo‘ladi. Shuning uchun katta o‘lchamli moslama
o‘rniga, o‘lchami kichikroq bo‘lgan bir nechta suv tozalagich moslamalar
quyiladi. Odatda bitta yassi bo‘lakli asbest
sement mahsulot qoliplovchi
mashina uchun aylanma o‘lchami 3 m bo‘lgan ikkita suv tozalagich quyiladi.
431
Eng yaxshi ishlaydigan suv tozalagich bu - aylanma o‘lchami katta bo‘lgan
bitta moslama va tozalangan suv yig‘iladigan idishdan iboratdir.
Temir to‘rli silindrsimon moslamadan hosil bo‘ladigan chiqit suvning
tarkibida 10 g/l miqdorda asbest-sement aralashmasi chiqitga chiqadi, bu esa
o‘rtacha 10 foiz miqdorda ishlatiladigan xom ashyoning miqdorini tashkil qiladi.
Suvni qayta tozalash bu sarf bo‘layotgan xom
ashyoni mahsulot tayyorlash
jarayoniga qaytarishga imkon beradi. Qayta tozalangan suvdan foyalanish uchun
uning tarkibida o‘rtacha 0,08 gramm sement zarrachalari va asbest tolasi bo‘lishi
kerak. Suvni tozalash uchun suv tozalagich moslamalar yaxshi ishlashi karak. Bu
moslamalar asosan - chiqarib yuborilayotgan suvni qayta tozalashda, uning
tarkibidagi qattiq zarrachalarni pastga cho‘kishiga va
ularning tezligini keskin
kamayishiga asoslangan.
Moslama bu temirdan silindrsimon ko‘rinishda yasalgan (1) aylanma
o‘lchami 3 m va balandligi 3,3 metr, ichki qismi to‘siq(2) bilan ajratilgan, bu to‘siq
silindrinint o‘qi parallel o‘rnatilgan va bo‘lingan qismlar o‘zaro teng emac (30-
rasm).
70-Rasm. Suv tozalagichning ko‘rinishi.
1- silindrsimon qism, 2 – to‘siq, 3 – quvursimon uzatkich, 4 – suv
to‘plovchi moslama, 5 – naycha, 6 – konussimon qism.
432
Moslamani tag qismi cho‘zinchoq bo‘lib balandligi o‘rtacha 2 megrga teng.
Qoliplovchi mashinadan kelayotgan ifloslangan suv quvur (3) orqali oldin
moslamaning kichik qismiga yo‘naltiriladi, suv pastki qismiga etgach to‘siqdan
o‘tadi. Suvning bir qismi past tomondagi chiqarib yuboruvchi quvur orqali asbest-
sement omixta tayyorlash va uni suyuqlashtirish uchun yuboriladi,
qolgan qismi
esa yuqoriga ko‘tarilib xalqasimon tarnovga (4) quyiladi va undan tozalangan suv
yig‘iladigan idishga quyiladi.
Iflos suv tarkibida bo‘lgan asbest tolasi va sement zarrachalari moslamaga
kelib quyiladigan birinchi qism suvda bo‘ladi (quvurga (5) dan o‘gadigan),
ikkinchi qism suv, ya’ni tarnovga kelib quyilayoggan suv esa asbest tolasi sement
zarrachalaridan holi bo‘ladi. Bunga sabab asbest va sementning solishtirma
og‘irligini suvga qaraganda 2,5 va 3,1 og‘irligidadir. Og‘irligi tufayli silindrsimon
moslama tag qismiga asbest tolasi va sement zarrachasi cho‘kadi.
Lekin moslamada tozalanayoggan suv tarkibidagi hamma asbest va sement
zarrachalari cho‘kmaydi, chunki solishtirma og‘irligi kichik bo‘lgan kismini suvda
cho‘kish tezligi suvning yuqoriga harakat tezligidan kichik bo‘ladi va suv o‘zi
bilan ularni ham moslamani ikkinchi qismiga olib chiqadi. Shuning uchun suvning
harakat tezligi qanchalik sekin bo‘lsa, uning tarkibida shuncha ko‘p cho‘kadi, ya’ni
suvning tozalanish darajasi yuqori bo‘ladi.
Ko‘pgina moslamalarda suvning ko‘tarilish tezligi 15-18 m/soat.
Moslamaning aylanma o‘lchami qanchalik katta bo‘lsa, suvning ko‘tarilish tezligi
shunchalik kichik bo‘ladi. SHuning uchun bitta katta o‘lchamli moslama o‘rniga,
o‘lchami kichikroq bo‘lgan bir nechta suv tozalatich moslamalar qo‘yiladi. Odatda
bitta yassi bo‘lakli asbest-sement mahsulot qoliplovchi mashina uchun aylanma
o‘lchami 3 m bo‘lgan ikkita suv tozalagich ko‘yiladi. Eng yaxshi ishlaydigan suv
tozalagich bu – aylanma o‘lchami katta bo‘lgan bitta moslama va tozalangan suv
yig‘iladigan idishdan iboratdir.
Suvni tozalashni yaxshilash uchun haroratini ko‘tarish kerak.
Bunda
suvning oquvchanligi kamayadi; natijada asbest tolasini va sement zarrachasini
cho‘kish tezligi ortadi.
433
Suv tozalagichlarning kerakli qiymatini topish uchun quyidagi tenglamadan
foydalaniladi:
3
10
60
V
р
Qии
h
bu erda Q ishlat – yuvuvchi quvurlardagi bir minutda ishlatila-
digan suv miqdori, m
3
;
F – suv tozalagichni tiniqlashgan kismining kesim yuzasi, u odagda
V - suv tozalagichdagi suvni ko‘tarilish tezligi, mm, u odatda asbest
tolasini qay darajada titkilanganiga qarab o‘rtacha 1,4 dan 2,2 mm/sek teng
bo‘ladi.
0,85 – bu suv tozalagich moslamaning umumiy maydonini 85
foiz kesim
yuzasiga to‘g‘ri keladi.