427
Uzunligi 3 metrli quvurlarga mustahkamlik berishga mo‘ljallangan
moslama aylanma o‘lchami 100-150 mm quvurlarni olishga imkon beradi.
Bu moslama 3 ta qavatli bo‘lib aylanma
moslamalarning cheksiz
uzunlikdagi qatlamidan iborat. Bu uchta kavatni xammasi bitta yurgizish vositasi
yordamida harakatga keltiriladi. Yuqori qatlamni nishabli shaxobchasi bor, uning
boshlanishi kalandra oldidan.
Qolipdan olingan quvurlar jo‘valar bilan birgalikda harakatlanib turgan
moslamaga yotqiziladi, uning harakattezligi minutiga 0,17-0,34 metrga teng.
Harakat davomida quvur ichidagi jo‘va qo‘l kuchi yordamida yoki bo‘lmasa
avtomatik ravishda chiqarib olinadi va qoliplash mashinasiga qaytariladi.
Yuqori qavatdan o‘ttan quvurlar o‘rtaqavatga o‘tkaziladi.Bunda moslama
kengligiga
mos keladigan, bukilgan temir qatlamdan foydalanadi. Bu temir
qatlam yordamida quvurlar bir qavatdan ikkinchi qavatga o‘tkaziladi. Quvurlar
ikkinchi qavat oxirida joylashgan, shunday moslama yordamida uchinchi qavatga
ham o‘tkaziladi.Uchinchi qavatdan o‘tgandan so‘ng, quvurlar mustahkamlikka
ega bo‘lgach, nishab pandus orqali erga dumalab tushadi. Pandusda quvurlarni
tamg‘alovchi moslama bo‘lib uning yordamida ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan belgilar
qo‘yiladi.
Quvurlarga mustahkamlik olishga imkon beruvchi bo‘lim
ichidan temir
quvurlar o‘tgan bo‘lib, ularga suv bug‘i yuborish orqali, bo‘lim ichida harorati
50-60 darajaga ko‘tariladi.
Uzunligi 4 metrli asbest-sementquvurlarni mustahkamligini oshirishga
mo‘ljallangan bo‘limlarda bir qator aylanma moslamalar bo‘ladi. Quvurlarni
harakatlanish tezligi minutiga 0,06-0,12 metrni tashkil qiladi. Ularni balandligi
0,5-0,8 metrga teng, saqlash muddati esa 14-16 soat bo‘ladi.
Havoda ma’lum mustahkamlik beruvchi bo‘limlardan so‘ng
asbest-
sement quvurlar ichida suvi bo‘lgan temir xovuzlarga joylanadi.
Bu hovuz temir betondan qilingan bo‘lib kengligi 4,5 to 6,5 metrgacha,
uzunligi 10-12 metr va balandligi 3,5 metr bo‘ladi. Vanna yonida bosqon
bo‘lib u suvni bir vannadan ikkinchi vannaga haydaydi. Vannadagi suv unga
428
tushirilgan temir quvurlar orqali suv bug‘ini yuborish yuli bilan isitiladi. Vanna
miqdori, buyumlarni qoliplaydigan mashina, unumdorligi
va suvda saqlash
muddatiga ko‘ra belgilanadi.
Asbest-sementli quvurlar vannaga kran yordamida joylanadi. Vannadagi
suvning harorati 30-50°C bo‘lib, quvur 2-3 kun saqlanadi .Suvning harorati
saqlash uchun vanna usti qopqoq bilanbekitiladi.
Isitilgan suv yordamida ishlov beruvchi bo‘limlar. Bu bo‘limlarni bo‘lishi
asbest-sement quvurlarni xovuzlarga joylashgan va erda saqlashga xojat
qoldirmaydi.
Bo‘limlar ikki qismdan iborat, birinchisi boshlang‘ich mustahkamlikni
olishga imkon beruvchi bo‘lim, ikkinchisi takomillashtirilgan bo‘limdan iborat,
bo‘limlar tuzilish jihatdan oldingilaridan qolishmaydi. Buyumlar mustahkamlik hosil
qiluvchi bo‘limdan chiqqan buyumlar, ularni 2-3 qator qilib taxlanganda ham buyum
og‘irligini ko‘taradi.Buyumlar keyin taxlab
beruvchi vosita yordamida
harakatlantiruvchi aylanmao‘lchami bo‘limlardan zanjirli bo‘limlarga 2-3 qavat qilib
taxlanadi. Zanjirli bo‘lim davriy tarzda yopiladi, uni harakatga keltirish va
harakatni to‘xtatishni taxlab beruvchi vosita boshqaradi. Zanjirli bo‘limlarda
quvurlarni kirib va chiqib turadigan bo‘lagidan tashqari boshqa qismi bir
bo‘limga joylangan. Bu bo‘lim devorlariga va shiftiga bug‘
chiqaruvchi
quvurchalar o‘rnatilgan bo‘lib, ular 50-55 darajadagi suvnn sepib beradi. Suv
sepib beruvchi quvurchalarni bundayjoylashishi quvurlarninafaqat ustki qismi
balki ichki qismini xo‘llashga imkon beradi. Bu bilan esa asbest-sement
quvurlarni qotib mustahkamlikka erishishiga sharoit tug‘diriladi.
Qotish jarayoni uchta bosqichda olib boriladi:
1
- Aylanma o‘lchamli bo‘limlarda 6-8 soat ichida, harorat
30-35°C, havoning nisbiy namligi 80% kam bo‘lmagan sharoitda boshlang‘ich
qotish. Bu bo‘limlarda
quvurlar, nafaqat mustahkamlikka egabo‘ladi, balki
aylanma harakat davomida silindr ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Yangi qoliplangan quvurlarni ikki ochiq tomoni buzilmasligi, uchun
qo‘shimcha ishlov berib tekislanadi. Ko‘pincha aylanma o‘lchami 200 mm bo‘lgan
429
quvurlarga uzunligi 30 mm bo‘lgan temir yoki yog‘och ponalar bilan bekitiladi.
Quvur ochiq tomonlari o‘z mustahkamligini olgandan so‘ng ulardagi ponalar
chiqarib olinadi.
2 - bosqich - quvurlarni suvli xovuzlarda yoki bo‘lmasa bug‘i bo‘lgan
bo‘limlarda qotirish. Bu xovuzlarda quvurlar 1,5-3 kun davomida ushlanadi, bu
muddat asbest-sement quvurni aylanma o‘lchamiga,
suvning haroratiga,
ishlatilayotgan sement xossasiga bog‘liq. Bunda suvning harorati 40-60
darajaga teng bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda quvurlar mustahkamlikka ega bo‘lgach ularga
mexanik yo‘l bilan ishlov beriladi.
3 - bosqich - qotirishni tugallanishi.
Bu isitilgan omborlarda amalga oshiriladi. Bunda buyumlar o‘z
o‘lchamiga, xiliga qarab taxlab chiqiladi. Taxlangan quvurlarni (o‘lchami
d>150 mm) bo‘lsa balandligi 3 metrdan oshmasligi kerak. Agar d= 150 mm
bo‘lsa balandligi 4 metrdan oshmasligi kerak. Havoning harorati 15°C kichik
bo‘lmasligi kerak, nisbiy namlik esa 80 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.