listlarning qotish omillari




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

listlarning qotish omillari 
Qumli portlandsement ishlatib tayyorlangan asbest-sement buyumlarni 
bug‘bilan bosim hosil qilinadigan avtoklavlarda saqlash orqali mustahkamlikka 
erishish vaqti qisqartiriladi. 
Avtoklavlar - devorlari qalin temirdan bochkasimon qilib yasalgan bo‘lib 
ichki qismiga bosimi 8-16 kgs/sm
2
bug‘ yo‘naltiriladi. Uning uzunligi 17-20 m, 


425 
aylanma o‘lchami esa 2 metr. Ichidagi harorat selsiy shkalasi bo‘yicha 174,53 
teng bo‘ladi. 
Avtoklavlarning bir tomoni berk bo‘lib, bu xolda buyumlar ochiq 
tomondan kirgizilib, ishlov berish tugagandan so‘ng chiqarilib olinadi. Ikki 
tomoni ochilishi mumkin bo‘lgan avtoklavlarda esa buyumlar bir tomondan 
kirgizilib, keyingi tomondan chiqarib olinadi.Buyumlarga ishlov berish muddati 6 
soatni tashkil qiladi. 
Yassiqatlamli 
buyumlar, 
qotish 
bo‘limlaridan 
so‘ng, 
ma’lum 
mustahkamlikka ega bo‘lgandan so‘ng, ularni g‘ildirakli aravachalargataxlanadi. 
Bu aravachalardan bir nechtasini yig‘ib poezd qilgandan so‘ng avtoklavga temir 
izlar orqali yuboriladi. Temir izlar yassiqatlamlarni to‘lqinsimon xolga keltiruvchi 
moslama yoki bo‘lmasa qotiruvchi bo‘limlar oldidan boshlanib, avtoklav oldigacha 
yoki uning ichidan va keyin ham davom etgan bo‘ladi. 
Qumli portlandsementni qotishi uni avtoklavda yuqori harorat va bug‘li 
sharoitda ushlaganda ayniqsa tezlashadi. Lekin yuqori bosimda ushlashdan oldin 
buyumlar ma’lum mustahkamlikka ega bo‘lishi kerak. Agarda mana shu 
boshlang‘ich mustahkamlik etarli bo‘lmasa, avtoklav ichida buyum buzilib ketishi 
mumkin, chunki asbest-sement buyumni ichidagi bo‘shliqda bo‘lgan havoharorati 
ostida qizib kengayadi va bosimni ko‘tarilishiga olib keladi. 
Shuning uchun ham yassi qatlamli buyumlar qoliplangandan so‘ng 
boshlang‘ich mustahkamlikka ega bo‘lishi,ya’ni mustahkamligi o‘rtacha 60-80 kg 
s/sm
2
kam bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun qatlamlar tayyorlanadigan joyda 20
o

haroratli muhitda 14-16 soat ushlanadi. 
Qotish jarayonini tezlatish ikki bosqichda olib boriladi: 
1) Buyum tayyorlash joyida o‘rtacha 4-6 soat saqlanadi; 
2) bug‘li muhitda t= 50-60 darajada 4-5 soat ichida ushlanadi. 
Agar buyum tayyorlash jarayonida SM - 943 xilli mashina ishlatilsa yarim 
tayyor mahsulotqotirish bo‘limlarida 4-5 soat saqlanadi va avtoklavga kirgizishdan 
oldin yana 2-3 soat saqlanadi. 
Avtoklavda buyumlarga ishlov berish sharoiti: 


426 
vaqti, soati 
Bosimni to 8 atm/kgs/sm
2
egguncha ko‘tarish, soati - 2
saqlash muddati ,soati 
-6 
Bosimni tushirish, soati - 2 
Bosim qiymatini keskin past-baland bo‘lishi mahsulot tuzilishiga ta’sir 
etadi, uning fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini kamaytiradi. Bosim kamayishi vaqtida 
buyumlardan shiddat bilan suv ajralib chiqadi, natijada buyumlar, kam miqdordagi 
8-10 foiz namlik bilan avtoklavdan chiqadi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish