• -§. Asbestsement listlarining qotishi
  • -§. Qumli portlansement asosida tayyorlangan
  • Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/154
    Sana06.12.2023
    Hajmi6,08 Mb.
    #112727
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   154
    Bog'liq
    Qurilish materiallari texnologiyasi

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    420 
    16 bob Asbest-sementli mahsulotlarining qotishi. 
    1-§ Qotish jarayoni va uni tezlatish usullari 
    Qotish- bu mahsulot olishning oxirgi bosqichihisoblanadi. Asbest tolasi 
    titkilanib to‘zitilganda, o‘zining ustki yuzasida Ca(OH)

    va sementni suv bilan 
    birikib hosil qilgan boshqa birikmalarini bog‘lab turadi. Hali asbestga sement 
    qo‘shilmagan bo‘lsa ham, asbest tolasi uning eruvchan suvdagi yangi birikmalari 
    bilan qoplangan bo‘ladi. Asbest tolasiga birikish ko‘p miqdorda bo‘lmaydi, bunga 
    sabab asbest tolasinimaydalovchi moslamaga quyiladigan suvning miqdorini 
    kamligida. Shuning uchun birikish texnologik jarayonni keyingi bosqichida 
    ishlatiladigan suvda titkilovchi moslamada davom etadi. 
    Demak, asbest tolasini va sementni o‘zaro birikishini boshlanishi asbest 
    tolasiniishlatilayotgan suvdagi sement bilan ta’siridan boshlanadi. Keyingi 
    bosqichda, birikish, asbestli omixtaga sement qo‘shilgandan so‘ng davom etadi. Bu 
    jarayon sementni suv bilan birikishi va qotishi bilan belgilanadi. Buning tez yoki 
    sekino‘tishi sement donachalariniqaerda joylashishiga bog‘liq - asbest tolasi 
    yuzasidami yoki bo‘lmasa bu donachalar ozod holda joylashganmi. Birinchisida 
    donachalar asbest tolasi yuzasi bilan to‘qnashadi, ikkinchisida esa asbest tolasidan 
    uzoqda joylashgan. 
    Sement donachalarini suv bilan birikishini borishi, suv molekulasini 
    yangihosil bo‘lgan moddalarning yupqaqatlami orqali, xali suv bilan birikmagan 
    donachalar joylashgan joylarga kirib borishi va suv ta’sirida hosil bo‘lgan 
    birikmalarni ajralib chiqishi bilan belgilanadi. Diffuzion jarayonlarni tezlatishga 
    suyuqfazadagi eruvchan birikmalarni miqdorini kamayishi,chunki, yangi
    moddalarni asbest tolasi o‘ziga birkitadi, hamda ko‘p miqdordagi suv ta’sirida 
    hosil bo‘lgan yangi birikmalarni ajratib chiqarib yuborish omil bo‘ladi. 
    Sementni suv bilan birikishidan hosil bo‘ladigan birikmalar sement 
    donachalarini yuzasida hosil bo‘ladi, chunki u erda ularning miqdori ko‘p, keyin 
    esa suyuq fazani hajmi bo‘yicha tarqaladi,bunga sabab diffuziya va mexanik 
    aralashtirish. Hosil bo‘lgan fazabitta emas, shu sababli hosil bo‘lgan yangi 
    birikmalarning miqdori tenglashmaydi suyuqlik asbest tolasi bilan sement 


    421 
    donachalari orasida joylashgan. Mana shuning uchun ham suv-sement nisbati 
    kamayishi tufaylitsement donachalari kirib borishi kerak bo‘lgan joylarda, qattiq 
    modda miqdori ko‘p bo‘lgan suyuqliklar hosil bo‘ladi. 
    Birinchi kurtaklar harakatlanayotgan zarrachalarni o‘zaro to‘qnashuvi 
    tufayli hosil bo‘ladi. Bunda hosil bo‘layotgan gidrat birikmalar beo‘xshov bo‘lib, 
    tuzilishi, ko‘rinishi hamda defektlari ko‘pligi bilan ajralib turadi. Keyinchalik bu 
    kristallar o‘sishi tufayli, ma’lum tuzilishga va ko‘rinishga ega bo‘lgan yakka 
    kristallarga aylanadi. 
    Qotishni ikkinchi qismida - yangi fazalar vujudga keladi,bu holat sement 
    zarrachalari asbest tolasiga yutilish chegarasida ayniqsa tez ketadi. Asbest 
    tolasida sementni suv ta’siri orqali kristallarning hosil bo‘lishi, sement 
    minerallarini suv birikish tezligining 8-10 foizga oshiradi. Suv sement nisbati 
    keskin kamayishi, bunda agar omixta tarkibida bu nisbat 10-15 bo‘lsa, yangi 
    qolipdan chiqqan buyumlarda 0,35-0,40 teng bo‘ladi va suyuq fazaniyangi hosil 
    bo‘lgan fazalar va suvli birikmalar bilan to‘yinishiga olib keladi. 
    Buyum yangi qolipdan chiqqan vaqtda, suyuqlikniqovushqoqligi katta 
    bo‘lmaydi, hosil bo‘layotgan mittikristallar broun harakati ta’sirida asbest 
    tolalarni va sement donchalari yuzasiga etib boradi va ularni molekulalar 
    maydoni hosil qiladigan tortib olish kuchlari tasirida ularga yaqinlashadi. 
    Buning natijasida yangi hosil bo‘layotgan birikmalarni miqdori oshadi. 
    Suyuqlikda mana shu yangi fazalar hosilqiluvchi kurtaklarni ko‘payishi natijasada 
    koagulyasion tuzilishiga ega bo‘lgan birikmalarni vujudga keltiradi. Ularning 
    zichligi, asbest-sement xajmidagi miqdori har hil bo‘lgan yangi birikmalar 
    kabihar hil bo‘ladi. 
    Sement omixtasi qotishi davomida hosil bo‘lgan koagulyasion tuzilishdagi 
    birikmalar sement toshida batamom kristallanadi. Bu kristallarni asbest-
    sementdagi zichligi yuqori darajadagi anizotropligi bilan ajralib turadi, bu esa 
    asbest-sement buyum tuzilishini asosiy farqlaridan biri hisoblanadi. 
    Oddiy sharoitda sementni belgilangan mustahkamlikni olguncha qotish 
    davri 28 kunga boradi. Agar mahsus bug‘li sharoitqo‘llanilsa, bunda qotish 


    422 
    muddatini tezlashtirish mumkin, buyumlar 7 kun davomida issitilgan omborlarda 
    saqlanishi lozim. 
    2-§. Asbestsement listlarining qotishi 
    Buyumlarni qotishi natijasida ularda talabga javob beradigan fizik-mexanik 
    ko‘rsatkichlar hosil bo‘lishi kerak. Buyumlarni qotishi sanoat korxonalarida ikkita 
    bosqichdan iborat. 
    Birinchi bosqich - konveyer xildagi turli sharoiti bo‘lgan bo‘limlarda 
    qolipdan chiqqan buyumlarni boshlang‘ich qotishi boshlanadi. 
    Ikkinchi bosqich - issiq omborlarda batamom qotish. 
    Birinchi bosqich o‘z navbatida ikki qismdan iborat:
    I) buyumlarni turli muhitga joylashdan oldin ma’lum muddat saklanadi;
    2) uni bug‘li muxitda ushlanadi.
    Bug‘li muhitta’siri ostida bir nechta fizik va fizik-kimyoviy o‘zgarishshr 
    bo‘ladi. Boshlanishida sovuq buyumlarni ustki yuzasida suv bug‘i yig‘ilib ularni 
    namligini oshiradi. Odatda yig‘ilgan suv bug‘ini miqdori buyum massasini 
    taxminan 4 foizni tashkil qiladi. Buyumni bo‘shliqlarida yig‘iladigan suv bug‘lari 
    buyumda ajratuvchi va osmotik bosimni hosil bo‘lishiga olib keladi, natijada 
    buyum suv bilan bo‘kib ishadi, uningo‘lchamlari 1,2; 1,5 hatto 5 foizga 
    o‘zgaradi, qalinligi ortadi, xajm massasi kamayadi. Qavatlar orasidagi 
    bog‘lanish mustaxkamligi kamayadi, natijada, buyum mustahkamligiham 
    kamayadi. 
    Bo‘kish va boshqa o‘zgarishlar, buyumlar ma’lum muddatda saqlash 
    davomida, mustahkamlikni olgandan so‘ng (40 kgs/sm ) sekin-asta batamom 
    yo‘qoladi. Buyumlar ustki yuzasida suv bug‘ini yig‘ilishi, ularning harorati bug‘ 
    bo‘limlari harorati bilan tenglashgandan so‘ng to‘xtaydi. Lekin buyumlarni qizishi 
    sement bilan suv ta’sirida hosil bo‘ladigan iss
    iqlik 
    tufayli davom etaveradi, 
    shuning uchun buyumlarni harorati bo‘lim haroratidan 5-20 foizga oshiq bo‘ladi, 
    bu suvni issitishga va kengayishiga olib keladi, suv bug‘lari va bo‘shliqlarda 
    qolgan havoni ajralib chiqishi tufayli, buyumlarda mayda darz tomirlarni vujudga 
    keltiradi, buyum mustahkamligi kamayadi. 


    423 
    Buyumlarni qizishi tufayli, ularning yuzasidagi va bo‘shliklardagi suv 
    bug‘lanadi, bu narsa bug‘lash bo‘limlarida qizdirish muddati tugaguncha davom 
    etadi. Ishlov tufayli buyumlar quriydi. Turli muhitda buyumlarda ma’lum 
    o‘zgarish sodir bo‘ladi, ularning bo‘kishi, qizdirish davomida havoning kengayishi, 
    namli muhitda sement toshida katta o‘lchamli kristall tuzilishli gaz hosil bo‘lishi 
    natijasida asbest-sementli mahsulotni mustahkamlikni kamayishiga olib keladi. 
    Tekshirishlarga ko‘ra bug‘ bilan ishlov berilgan asbest-sement buyumlarni 
    mustahkamligi, oddiy holatda issiq omborlarda qotgan buyumlarnikidan past 
    bo‘lishi aniqlangan. 
    Bundan xoli bo‘lish uchun, bug‘limuxit harorati 50-60 darajadan 
    oshmasligi kerak, keyin esa bug‘lanib chiqib ketgan suvni o‘rnini to‘ldirish 
    uchun buyumlar namlanishi lozim. Namlanish muddagi 15-80 minut bo‘lib, bu 
    asosan buyumlarni qizdirilgan suvda ushlash orqali amalga oshiriladi. Ularning 
    mustahkamligi mana shu yo‘l bilan 10-15 foizga oshiriladi. 
    Portlandsementni oddiy sharoitda qotishi faqat suv bor muhitda boradi. 
    Bunda suvning miqdori, xisobga ko‘ra hosil bo‘lishi kerak bo‘ladigan 
    birikmalarga ketadigan miqdordan bir necha marta oshiq bo‘lishi kerak. 
    Qoliplash jarayoni ayrim farqlariga ko‘ra qotishga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Misol 
    uchun,asbest-sementqatlamning 
    havosi 
    siyraklashtirilgan 
    moslamadan 
    o‘tkazilayotganda bir qism suv havo bilan almashtiriladi. Keyingi bosqichda 
    qatlamni zichlashishi davomida undagi suvning miqdori yana xam kamayadi, 
    namlik darajasi 25% ga kamayadi va suv sement nisbati 0,4 va undan kichik 
    xam bo‘ladi. 
    Bug‘ bilan ishlov berishda buyumlarning ma’lum qismi suvni yo‘qotadi va 
    suv sement nisbati 0,2-0,3 gacha kamayadi, lekin oddiy sharoit uchun bu 
    nisbat 0,6-0,7 dan kam bo‘lmasligi kerak. Suvning etarli darajada bo‘lmasligi 
    asbest-sement buyumni qotishini issiq omborlarda sekinlashtiradi. Shuning uchun 
    bug‘ bilan ishlov berilgandan so‘ng buyumlar taxi 50-60 darajaga issitilgan 
    suvli vannaga solinadi va u erda 15-30 minut ushlanadi. 


    424 
    Qotishning boshlanishi qotish bo‘linmalarida boshlanadi, bu bo‘linmalar bir-
    biri bilan bog‘langan temir zanjirlardan tashkil topgan. Bu zanjirlarga 80 arava 
    qolip biriktirilgan, har bir qolipga 14 dona buyumjoylanadi. Buyumlar 
    joylangan arava zanjir yordamida bir qadam siljiydi va ishchi joyga yangi 
    bo‘sh arava – qolipkeladi. Buyumlarni qotish bo‘limlarida bo‘kish vaqti 3,5-4 
    soat, bo‘limdagi harorat 60-80 darajaga teng. Bug‘lash asosan 2 davrda olib 
    boriladi. 
    Birinchi davrda bug‘li havo harorati ko‘tariladi; 
    Ikkinchi davrda - bug‘li havomuhitni harorati o‘zgarmas qilib ushlanadi. 
    Bo‘lim uzunligi bo‘yicha haroratning ko‘tarilish tezligi 0,7-0,8 daraja (m, 
    vaqt bo‘yicha esa 15 daraja) soatni tashkil qiladi. Boshlanish vaqtida harorat 
    20-30 daraja, bo‘lim o‘rtasi va oxirida 60-80 darajaga teng bo‘ladi. Havoni 
    nisbiy namligi 90-95 foizdan kam bo‘lmaydi. 
    Buyumlar bug‘langandan va qisqa muddat suv bilan to‘yintirilgandan 
    so‘ng batamom qotishi uchun issiq omborlarga yuboriladi. 
    Taxlangan 
    buyumlarni 
    omborga 
    uzatishda 
    osma 
    kran 
    yoki 
    avtoyuklovchidan foydalaniladi. Buyumlar ikki ustun qilib joylanadi va ular 
    tagiga yog‘och yoki betondan qilingan qistirma joylanadi. 
    Qotishni ta’minlash uchun omborda harorat 15 darajadan pastnisbiy 
    namlik esa 80 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Agar haroratpasaysa yoki nisbiy 
    namlik kamaysa buyumlarni qotishi sekinlashadi, chunki buyumlar muddatidan 
    oldin qurib qoladi. 
    3-§. Qumli portlansement asosida tayyorlangan 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   154




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish