408
quvurlar suvli xovuzlarga uzatiladi, u erda ular o‘rtacha 24-36 soatdan bir necha
sutkagacha saqlanadi.
Suvda qotgandan so‘ng quvurlar, ularga
ishlov berish uchun maxsus
moslamaga uzatiladi - bunda ularning yon tomonidagi ortiqcha bo‘laklarni qirkib
tashlanadi, kerakli o‘lchamlarga qirkiladi va ularning qirralariga shilov beriladi.
Shundan keyin quvurlar tayyor mahsulot omborlariga yuboriladi va u erda ular
kerakli mustahkamlikka ega bo‘lishi uchun 10-14 sutka, ayrim xollarda 28 sutka
saqlanadi. Shundan keyin quvurlar suv o‘tkazmaslik va bosim ostida suv
yuboruvchi moslamalarda tekshirishdan o‘tkaziladi,
ularni ishlatuvchilarga
yuboriladi.
2
-§ Asbestsement quvurlarini qoliplash
Quvurlarni ishlatilishi kerak bo‘lgan soxalariga ko‘ra xossalari yuqori
bo‘lishni taqozo etadi. Shuning uchun aralashma tarkibiga yuqori sifatli asbest
qo‘shiladi. Undan tashqari quvurlar qanday bosimga bardosh berishini hisobga
olib, qo‘shilayotgan asbestning miqdorini bir muncha ko‘proq olinadi.
Quvurning mustahkamligi va zichligi uni tayyorlashda ishlatiladigan yupqa
qatlamning qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Yupqa qatlamni
qalinligi qancha kichik
bo‘lsa, quvurning mustahkamligi shuncha oshiq bo‘ladi, chunki kerak bo‘lgan
qalinlikdagi quvur olish uchun, qatlamning qalinligi kamaytirilsa, qoliplovchi
o‘qlovini aylanish davri oshadi, shu bilan birga hosil bo‘layotgan qatlamga ishlov
berish
davri
ham
oshadi.
Lekin
quvur
qoliplovchi
mashinaning
unumdorligigaqatlamning qalinligini oshirish orqali erishish mumkin. Shuning
uchun asbest-sement quvur tayyorlash jarayonini xarita
xujjatlarida qatlamlarning
qalinligini u qanday bosimga chidashi mumkinligi hisobga olib ko‘rsatiladi.
Mana shunday qalinlikdagi qatlamni olish uchun asbest-sement
aralashmani qoliplovchi mashina vannasidagi miqdori 6-10% bo‘lishi kerak.
Aralashma konsentratsiyasini vanna uzunligi bo‘yicha bir xil ushlash uchun vanna
oldiga aralashtirib beruvchi moslama o‘rnatiladi, uning o‘qlarini aylanish davri bir
minutda 140-180 davrga teng bo‘ladi.
409
Temir to‘rli silindrsimon moslamada hosil bo‘lgan asbest-sement
qatlamdagi suvning miqdorini kamaytirish uchun 5 kg s/sm
2
bosim ostida siquvchi
g‘altaklar orasidan o‘tkaziladi. Natijada qatlamni namlik darajasi 53-55 % dan
oshmaydi. Keyingi bosqichda qatlam havoni so‘rib oluvchi bo‘limlari bor
moslamaga uzatiladi. Agar qoliplovchi mashinada havo so‘rib olish bo‘limi bitta
bo‘lsa (unda havoni siyraklashtirilishi o‘rtacha 200-300 simob ustuniga teng), unda
qatlamning namlik darajasi 43-45% kamayadi. Agar bir nechta bo‘limlar bo‘lsa
(odatda uchtagacha), unda sementni aralashma tarkibidan chiqib ketishi kamayadi
(siyraklashtirilish - 600mm simob ustuniga teng) va qatlam namligi 38-40%
bo‘ladi.
Bu choralar tayyorlanayotgan mahsulotni xajmiy massasini ortishiga,
mustahkamligini ortishiga olib keladi. Bosh qismidagi
zichlanish bosim ekipaji
asosida amalga oshiriladi. Uning og‘irligi 2700 kg. O‘qlovni va unga o‘ralgan
quvurni og‘irligi 50 kg, shunda tayanch o‘qni umumiy bosimi 2750 kg teng
bo‘ladi yoki quvurni 1 sm uzunligiga 8,6 kg to‘g‘ri keladi.
Quvur devoriga ta’sir etadigan asosiy uning bosimi - mashina hosil qilgan
bosim, ichida o‘qlovi bor asbest-sement quvurning bosimihamda ekipajdagi
bosimlaridan bu gidrotsilindrlardagi yog‘ning bosimi tufayli hosil bo‘lgan
bosimlardan tashkil topgan. Bosim ekipajining sxemasi 66-rasmda keltirilgan.
Quvurlarni zichlanishiularni qanday bosimga chidam berishi kerakligi va
ularni aylanma o‘lchami qanday bo‘lishi bilan belgilanadi. Quvur devorlari
yorilmasligi uchun ekipajdagi bosimga yog‘ bosimining ta’siri hosil bo‘layotgan
quvur qavatlarinio‘qqa o‘ralgani sari kamaytiriladi. Quvurlarni qoliplash bosimni
boshqaruvchi avtomatik moslamalar orqali olib boriladi. Quvurlarni ochiq tarafiga
mexanik
ishlov berilib tekislanadi, shuning uchun quvurlarni qoliplashda ularning
qalinligini hisobga olgan xolda ko‘proqqoldiriladi. Bu qoldirilgan qismining
uzunligi quvur aylanma o‘lchami ortishi bilan yoki bo‘lmasa quvur devorlarini
qalinligi ortishi bilan uzayadi.
410
66-Rasm. Bosim ekipajining sxemasi