401
Bo‘lak jipslashtiruvidan oldin bir nechta qavat qilib zichlovchi moslama
aravachasiga joylanadi. Har bir asbest-sement bo‘lak bir-biridan po‘latdan yasalgan
qatlam bilan ajratilgan.
Jipslashtirish orqali uchta maqsadga erishish mumkin;
a) olinayotgan yarim mahsulotning mustahkamligini oshirish;
b) mahsulot yuzasi tekis bo‘lishiga erishish;
v) tayyorlanayotgan bo‘laklarni taxtasimon xolga keltirsh.
Jipslashtirish jarayonida, oldin namligi yuqori bo‘lgan
mahsulotdagi
suvning miqdorini o‘rtacha bo‘lguncha kamaytiriladi, asbest va sement
moddalarini bir-biriga yaqinlashtiriladi. Bo‘laklarda mavjud bo‘lgan suv
materialdan chiqib ketish davomida har hil kattalikdagi bosim qarshiligiga
uchraydi.
Jumladan material, chetiga yaqin bo‘lgani uncha katta qarshilikka
uchramaydi, material o‘rtasida bo‘l-gani esa katta qarshilikka uchraydi. Shuning
uchun zichlovchi moslama hosil qilgan bosim xam materialda har hil joylanadi,
chetida kamroq, o‘rtasida esa ko‘proq.
Jipslash jarayonini boshlanishda, suv katta tezlikda va kichik bosimda
chiqib
keta boshlaydi, bu holda qatlamning zichlanishi shiddat bilan o‘tadi,
shuning uchun berilayotgan bosim miqdorini kamaytirash kerak. Qatlam
zichlashgan sari undagi bo‘lgan bo‘shliqlar o‘lchami kamayadi, natijada shu kichik
bo‘shliqlarda joylashgan suvni siqib chiqarish uchun katta bosimni sarf qilishga
to‘g‘ri keladi, natijada bosim kattaligi ortadi. Shuning uchun gidravlik
moslamayordamida bosimni asta-sekin ko‘tarib borish lozim. Bosimni ko‘tarish
tezligi sekin va uning o‘lchami jipslashtirilishi lozim bo‘lgan
asbest-sement
bo‘laklarini o‘lchamiga qarab katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Agar jipslash
jarayoni juda xam tez o‘tadigan bo‘lsa, unda taxtasimon bo‘laklarning
bo‘shliqlarida suvning bosimi yuqori bo‘lishi mumkin, bu esa o‘z o‘rnida ularning
buzilib ketishiga olib keladi. Shuning uchun bo‘laklarni jilslashtirish, ularda
mavjud bo‘lgan bo‘shliqlar o‘lchamiga bog‘liq va aralashmatayyorlanganda
ishlatilgan asbest tolasini titkilab ajratilganiga
hamda sementning qanday
tuyilganiga bog‘liq bo‘ladi. Asbest tolasini o‘lchami qanchalik mayda bo‘lsa,
402
sement zarrachalari o‘ta mayda tuyilgan bo‘lsa, jipslashtirish jarayoni shuncha
sekin olib borishni talab etadi.
Zichlash muddatini, to materialdagi suv butunlay chiqib ketmaguncha
cho‘zish kerak, shunda zichlovchi moslamani butun
bosimi materialni zichlash
uchun sarf bo‘ladi. Jipslash muddati 10 minutdan oshmaydi. Suyuqlik kuchi bilan
ishlaydigan zichlovchi moslamani quvvati 400-600 t teng.
Qirqib kesilgan asbest-sement bo‘laklar zichlovchi moslama aravasiga
birma-bir taxlanadi, har birini orasiga oldindan ustiga
va ostiga moy surilgan
po‘lat qavatlar qo‘yiladi. Asbest-sement bo‘laklar usti xam toza bo‘lish kerak.
Zichlash bosimini quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
R
u
=