• -§ Asbestsement qatlamini vakuumlash va qirqish jarayoni
  • Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/154
    Sana06.12.2023
    Hajmi6,08 Mb.
    #112727
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   154
    Bog'liq
    Qurilish materiallari texnologiyasi

    1-qatlam; 2-qoliplovchi aylanma moslama; 3-mato; 4-zichlash o‘qi 
    IV-IV va II-II oralig‘idagi masofa cho‘zish oralig‘i deb ataladi. U o‘z 
    o‘rnida - zichlash oralig‘iIV-IVvaII-II, hamda kengayish oralig‘i II-II va
    I-I ga bo‘linadi. Oraliq uzunligi deb ularning soyasining uzunligini 
    gorizontal 0-M va M-O
    k
    bo‘lgan nisbati tushuniladi. V-V va IV-IVmasofalarni 
    yopishish oralig‘i deb ataladi. Agar mato qalinligi 0,45 sm bo‘lsa, uning 
    cho‘zilish oralig‘i uzunligi II-II kesimda, 4-5 sm, zichlash oralig‘i 2,5 sm 
    teng, ya’ni cho‘zish oralig‘i uzunligi bo‘yicha zichlanish kerak bo‘lgan 
    birinchi qatlam qalinligidan 50 marta ko‘p bo‘ladi. 


    395 
    Zichlovchi yuzalarning aylanma bo‘lishi esa o‘z o‘rnida, mato va 
    qatlamining siqish qalinligini va cho‘zish oralig‘i uzunligi bo‘yicha bosimni 
    bir xil bo‘lmasligiga olib keladi. Mato va qatlamning siqilish darajasi 
    boshqacha qilib aytganda bosimi IV-IVkesimidan II-IIkesimga qarab oshadi. 
    II-II va I-I kesimda mexanik bosim nolga teng, IV-IVva V-Vkesimda 
    bosim kattaligi 0 dan farqqiladi va qoliplovchi moslamaga tarang qilib 
    tortilgan mato bosimiga teng bo‘ladi. Zichlash muddati hosil bo‘layoggan 
    qatlamni sinish va bo‘shatishga ketadigan muddatlarning yig‘indisiga teng va 
    qatlamni teng vaqt ichida zichlash va kengayish oralig‘idan o‘tishiga to‘g‘ri 
    keladi. Davr 0,08-0,04 sekundga teng. 
    Dumaloq to‘rli qoliplash mashinalarida zichlash asosan, mato 
    oralig‘idagi va qatlamdagi suvni siqib chiqarishdan boshlanadi.Siqib 
    chiqarilgan suv qatlamga tik yo‘nalishda harakatlanadi, jipslashtiruvchi 
    g‘altak va qoliplovchi moslamada zichlanishda esa suv pastga, matoga qarab 
    harakatlanadi. Suvning ikki tomonidan oqib chiqishi, qatlam oralig‘iga ta’sir 
    qiladigan suv bosimini kamaytiradi, chunki bunday bo‘lmasa bosim ostida 
    qatlamni uzilishiga olib kelishi mumkin. Xamma suv, chuzish jarayonida, 
    zichlanish 
    oralig‘idan 
    yo‘nalishda 
    yuboriladi, 
    ya’ni 
    qatlamning 
    harakatlanuvchi yo‘nalishida va unga qarab III-III kesim esa bu ikki 
    to‘plamni ajratadi, kengayish oralig‘ida suv matoga shimiladi, yopishish 
    oralig‘ida esa suv matodan ham va qatlamdan ham sizib chiqmaydi, chunki 
    solishtirma 
    bosimning 
    qiymati 
    siquvchi 
    g‘altaklar hosil qilayotgan 
    bosimnikidan kichik bo‘ladi, odatda mato va qatlam oralig‘idagi suvning 
    harakati zichlash davomida gidrodinamik bosim ta’sirida boradi. Eng katta 
    bosim III-III kesimga to‘g‘ri keladi. 
    Mato oralig‘idagi IV-IVkesimdagi suvning bosimi, unga ta’sir 
    ko‘rsatayotgan kuch kattaligi bilan aniqlanadi, ya’ni bu shunday kuch bo‘lishi 
    kerakki, uning ta’sirida mato oralig‘idagi suv tashqariga chiqa olsin. Agar 
    qatlamning qaysi bir qismida bo‘lsa ham cho‘zish oralarida suvning bosimi 
    uning bo‘shlig‘ida hosil bo‘ladigan siljishdagi mustahkamlagandan ortib ketsa, 


    396 
    qoliplash mashinasini jipslashtiruvchi qismida birinchi xavfli sharoit vujudga 
    keladi, natijada zichlangan asbest-sement buyumda darz ketgan joylar hosil 
    bo‘ladi. Asbest-sement buyumning mustahkamligini o‘lchaganda, kamayishi 
    ham qoliplangan yangi buyum tayyor emasligini ko‘rsatadi. Bunda aralashmaning 
    konsentratsiyasini kamaytirish bilan mashinaning ish unumdorligi kamayadi. 
    Natijada matodagi qatlam qalinligi kamayadi, yoki bo‘lmasa aralashma 
    tayyorlashda tola o‘lchami uzun bo‘lgan asbest ishlatiladi. Bundan tashqari 
    asbest va sementni o‘zaro ta’sirini hamda siquvchi g‘altaklar ta’sirida 
    bo‘ladigan o‘zgarishlarni ham xisobga olish kerak. Siquvchi g‘altakdan o‘tgan 
    va zachlanishi yuqori bo‘lgan qatlamni texnologik jarayoning oxirgi bosqichni - 
    zichlash davomida buzilishi extimoli juda kam bo‘ladi. Qoliplash mashinalarning 
    ish unumdorligini oshirish uchun uning qoliplash aylanma moslamasiga 
    qo‘shimcha zichlash g‘altaklari yoki bo‘lmasa ularning aylanma o‘lchamlarini 
    oshiriladi. Jumladan, agar uchta g‘altaklar bo‘lsa siqish uch bosqichda amalga 
    oshiriladi. Qatlam va mato bo‘shliqlaridagi suv siqib chiqarish tezligi 
    kamaytiriladi, bu esa o‘z o‘rnida gidrodinamik bosimini kamaytirib kerak 
    bo‘ladagan bosimini oshiradi. 
    3-§ Asbestsement qatlamini vakuumlash va qirqish jarayoni 
    Asbest-sement qatlami sim to‘rli silindrsimon moslamadan katta matoga 
    olingach 
    havosi 
    siyraklashtirilgan muhitda 
    moslamaga 
    uzatiladi. 
    Bu 
    moslamadan o‘tgandan so‘ng qatlamning namligi taxtasimon buyumlar 
    qoliplovchi mashinalarda 48-50 dan 34-40% ga, quvurlar qoliplash mashinalarda 
    esa 52-54 dan 44-46 % ga kamayadi. Asbest-sement qatlam namlik darajasini 
    kamaytirish oldidan suvi serob bo‘lgan sistemadan tashkil topgan bo‘ladi. 
    Namlik darajasini kamaytirish ham uch bosqichda olib boriladi. 
    I) qatlam siqiladi va uning bo‘shliqlarida bo‘lgan suv havota’sirida siqib 
    chiqariladi, qatlamning mustahkamligi ortgach, ta’sir ko‘rsatayotgan havo 
    bosimning keyingi siqishga kuchi etmaydi va namlik darajasini kamaytirish 
    qatlamni siqmasdan olib boriladi. 


    397 
    2) havo suvni bo‘shliqdan siqib chiqaradi. Bu bo‘shliqdan so‘rib 
    olinayotgan havo bemalol o‘tadi. Suv esa moslama devorlarida yupqa qatlam 
    xolida qoladi; 
    3) bo‘shliqlardan o‘tayotgan havoo‘zi bilan bir qism suvni olib chiqib 
    ketadi. Bu uchala bosqichni davom etish muddati sekundni yuzdan biriga to‘g‘ri 
    keladi. 
    Namlik kamaytiruvchi moslamaga kelib tushguncha asbest-sement qatlami 
    bosim yordamida jipslashtiriladi. Shuning uchun namlik darajasini kamaytirish 
    moslamasidagi tashqi va ichki bosim farqini katta bo‘lishi tufayli, qatlam 
    siqilmaydi, shuning uchun biz aytib o‘tgan uchta bosqichdan birinchisi 
    bo‘lmaydi. Faqat ikkinchi va uchinchisi bo‘lishi mumkin. Yumaloq to‘rsimon 
    mashinalar uchun asosan ikkinchisi xosdir, chunki qatlam siquvchi g‘altaklar 
    yordamida o‘rtacha 0,3 MPa bosimda jipslashtirilgan, bu bosim o‘lchami havoni 
    moslama tashqarisida qatlamga ko‘rsatayotgan bosim o‘lchamidan katta. Shuning 
    uchun agar qatlam namlik darajasini kamaytiruvchi moslamadan o‘tmasa u 
    qoliplovchi silindrsimon moslamadan olishda uzilib ketishi mumkin. Namlik 
    darajasini kamayishi esa qatlamning xajmiy massasini kamaytiradi, suv yutish 
    xususiyatini oshiradi va qovushqoqligini kamaytiradi. 
    Namlik darajasi kamaytirilmagan qatlamni qoliplovchi silindrsimon 
    moslamadan olib bo‘lmaydi. Rotatsion qaychilar bilan kesilgan bo‘laklar 
    to‘lqinsimon qilib ishlashgan temir qoliplarga shunday yotkiziladiki, bunda uning 
    pastki yuzasi batamom qolipni egallashi kerak. Buning uchun bo‘lak ustidan, 
    uning xamma to‘lqinsimon chuqurliklarini diametriga teng bo‘lgan silindrsimon 
    juvalar bilan botiriladi. Bo‘lak nam bo‘lgani uchun uni qolipga joylanganda 
    bo‘lak shu qolip bo‘yicha bukiladi. Bunda bo‘lak aylanasini markazidan uzoq 
    bo‘lgan qavatlari cho‘ziladi, markazga yaqinlari esa siqiladi. Cho‘zilish va 
    siqilishlarning kattaliklari to‘lqinsimon temir bo‘lakning bukilgan yuzasini 
    yarim doira o‘lchamini kamayshi va asbest-sement bo‘lakning qalinligini ortishi 
    bilan ortadi. Shunday qilib, asbest-sement bo‘lakning tashqi yuzasi cho‘zilishi, 
    ichki qismi esa siqilish deformatsiyasini oladi. Agar biz betaraf qatlam, ya’ni 


    398 
    asbest-sement bo‘lakning shunday bir qatlami (unda xechqanday deformatsiya 
    bo‘lmaydi) uning markaziy qismidagi kesim yuzasidan o‘tsa, unda asbest 
    sement bo‘lakning tashqi yuzasini nisbiy uzayishi quyidagicha ifodalanadi:
    E=

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   154




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish