377
birikmalarning asbest tolasi bilan birikishi va asbest-sement aralashmasi
o‘zaro ta’sirini boshlanish davridayoq kuzatiladi. Sement donachalarining aniq
ko‘rinishi odatda, 5-8 minutdan so‘ng xiralashadi va 20-25 minut o‘tgach
donachalar atrofida shaffof bo‘lmagan qatlam hosil bo‘ladi va u asbest
tolachalarni berkitadi. Asbest va sement donachalari o‘zaro qanchalik tez
birika boshlasa, vaqt o‘tishi bilan shuncha ko‘p katta o‘lchamdagi asbest-
sement zarrachalari hosil bo‘ladi. Hosil bo‘layotgan qattiq fazaning
tuzilishiga aralashmaning tarkibiy qismini ta’siri katta, chunki aralashmadagi
moddalarning miqdorini ortishi qattiqmoddalarning oralig‘ini kamaytiradi, bu
o‘zaro qo‘shni bo‘lgan alohida tolalar hosil bo‘lishiga olib keladi va keyin
ular asosida qattiq fazaning fazoviy panjarasi hosil bo‘ladi.
Bunday tuzilish ikkinchi makrostruktura deb aytiladi, bu birinchi
makrostrukturadan farqqiladi, birinchisi - sement va chang donachalarini
o‘zaro va asbest tolasi bilan birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Panjarani hosil
bo‘lishi asbest-sement omixtasini harakatchanligini kamaytiradi va uni
oshiradi. Tolaning aralashmadagi o‘rtacha uzunligi qanchalik katta bo‘lsa,
ikkinchi panjara tuzilishi uning miqdori kamroq bo‘lganda hosil bo‘ladi.