53-Rasm. Asbest
-sement mahsulotlarini tayyorlashning texnologik tizimi
2-§. Xom ashe materiallarini saqlash
Asbest-sement mahsuloti ishlab chiqaruvchi
korxonalarda asosiy va
yordamchi xom ashyo turlarini saqlash uchun maxsus omborlar mavjud. Asbest
korxonaga matodan yoki kog‘ozdan tayyorlangan qoplarda temir yo‘l vagonlari
orqali keltiriladi. Qopning o‘lchami 800x400x150 mm, og‘irligi 30 kg bo‘ladi,
zichlashtirilgan qisminiki esa 740x450x210 mm, og‘irligi 45 kg bo‘ladi.
Asbest bilan to‘lgan qop harakatlanuvchi lentali moslamalar orqali yoki
bo‘lmasa maxsus yuk tushiruvchi moslamalar yordamida tushiriladi.
Omborlarda asbest
keltirilgan joyning nomi, xili bo‘yicha ajratilgan
xolda balandligi 3,5 m bo‘lib saqlanadi. Omborlarning xajmi asbest olib
kelinadigan joyning uzoq-yaqinligiga bog‘liq. Agar oraliq 500 km bo‘lsa
asbestning miqdori 10 kunga, 2000 km bo‘lsa 20
kunga etadigan va oraliq
2000 km oshiqbo‘lsa 30 kunga etishi kerak. Omborda asbest xom ashyo
omixtasini tayyorlash joyiga ko‘tarma kran yoki uzatuvchi moslama o‘rnatiladi.
Sementni asbest-sement korxonalariga tashimaslik uchun bunday
korxonalar bir-biriga yaqin joyga quriladi. Agar
asbest-sement korxonasi
sement korxonasidan 5 km atrofda joylashgan bo‘lsa unda sement korxonasida
sement saqlovchi omborlar quriladi, undagi sementning miqdori 15 kun
ishlashga etadigan bo‘lishi kerak. Bir kunda 110
tonna sement, quvurlar ishlab
chiqarish uchun esa 60 tonna kerak bo‘ladi, asbestni miqdori esa 15 va 9
tonnani tashkil qiladi.
Sementning harorati 70°C dan oshmasligi kerak,
chunki undan yuqori
bo‘lsa, sement suv bilan aralashtirilganda tez qotib qoladi, tayyor maxsulotga
to‘lqinsimon ko‘rinishni berishda unda darz ketishiga olib keladi.
Sement
omboridan asbest-sement korxonasining omboriga kuchli havo oqimi yordamida
quvurlar orqali yuboriladi. Yordamchi xom ashyo turlaridan - yarim akrilamid
poliztilen qoplarda, bo‘yoqlar esa idishlarda 1,5
kun ishlashga etadigan
miqdorda saqlanadi.