357
30°ga teng bo‘ladi. Taxtasimon asbest buyumlar uchun, bunda 4,5 va 6 xil
asbest va suvning miqdori o‘rtacha 97% teng bo‘lsa, burchak 40°
ga teng
bo‘ladi. Demak tolalarning qoliplashda joylanishi ular hosil qiladigan qavatning
qalinligi va sim to‘rli silindr moslamaning aylanish tezligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, asbest tola o‘z uzunligi bo‘yicha qavat qalinligidan oshiq bo‘ladi,
jipslashtirilgan holatda qavat qalinligi 0,12 dan 0,40 mm bo‘ladi, shuning uchun
dastlab hosil bo‘lgan qavatlardagi asbest tola o‘zaro parallel tekisliklarda
joylashgan bo‘ladi.
50-rasmda ko‘rsatilgan holatlarni ko‘rib chiqaylik.
Bundan maqsad asbest
tolani joylashishi bilan buyumning mexanik xossalari orasidagi bog‘lanishni ko‘rib
chiqishdir. Chunki buyumlarning cho‘zilish va buralish kabi kuchlanishlarga bo‘lgan
mustahkamligi ularda ishlatiladigan tolaning mexanik xossalariga bog‘liqdir.
Asbest-sement jismi A harfi bilan belgilaylik. Bu jism 50-rasmda
ko‘rsatilgandek R-R kuchlari ostida cho‘ziladi. Agar asbest tolasi betartib joylashgan
bo‘lsa, bu kuch bilan har xil kattalikdagi burchak hosil qiladi. Asbest-sementda
tolaning bunday tarzda joylashishini ma’lum xildagi qolipga sement va asbestdan
iborat namlangan aralashmani solish orqali hosil qilinadi. A – jismda ko‘p bo‘lgan
toladan 3-tasini ajratib olamiz: 1-tolaning yo‘nalishi R-R kuch yo‘nalishi bilan bir xil,
2-tolaning yo‘nalishi kuchlar yo‘nalishi bilan 0 gradusdan oshiq, lekin 90 gradusdan
kichik burchak hosil qiladi va 3-tola esa R-R kuch bilan 90 gradus hosil qiladi (51-
rasm). Bunda 3-tola A- jismni cho‘zuvchi R-R kuchga qarshilik ko‘rsatmaydi va uni
armatura sifatida foydalanish koeffitsienti nolga teng.
1-tolaning foydalanish koeffitsientini I ga teng 2-tolaning foydalanish
koeffitsienti noldan katta va I dan kichik. Demak I-tola eng katta qarshilik ko‘rsatish
ko‘rsatkichiga ega. Bundan asbest-sementli buyumlarda
asbest tolalaridan qaysi
birining yo‘nalishi shu buyumga ta’sir etayotgan kuch hosil qilgan yo‘nalish bilan
bir xil bo‘lsa tola bu kuchga eng ko‘p qarshilik ko‘rsatadi, degan xulosa kelib
chiqadi. Enditolalarni joylashishi buyumlarning mustahkamligiga qanday ta’sir
ko‘rsatishini ko‘rib chiqaylik.Buning uchun asbest-sement quvuridan qirqib
358
olingan A va B bo‘laklarni olamiz. A bo‘lak namlangan asbest-sement
aralashmasini qolipga joylashtirish orqali hosil qilingan buyumdan olingan. B
bo‘lak esa asbesg-sement omixtasini qavat-qavat qilib
hosilqilingan buyumdan
olingan.
50-rasm
51-rasm
A va B bo‘laklar qirqib olingan quvurlarda ular ichidan o‘tadigan suvning
bosimi tufayli, quvur devoriga ta’sir etuvchi kuchlanish vujudga keladi. Bu
kuchlanishi R-R harfi bilan belgilanadi (rasm 52) – list orqasida.
Rasm 52. Quvur devoriga ta’sir etuvchi kuchlanish.
Asbest tolalarini A va B quvur bo‘laklarida joylashishi har xil, jumladan, A
bo‘lakda tolalar betartib joylashgan, B bo‘lakda esa batartib joylashgan.
Natijalar
shuni ko‘rsatadiki, quvurlarning B bo‘lak qismini shu ko‘rinishga ko‘rsatgan
qarshiligi ko‘p, ya’ni bu quvurni asosini tashkil qiluvchi asbest-sement aralashmasini
mexanik mustahkamligi yuqori. Aebest-tolasini joylashish yo‘nalishiquvur devoriga
ta’sir etayotgan bosim tufayli vujudga kelgan kuchlanish yo‘nalishi bilan bir hil
359
bo‘lsa, ikkinchi quvurning mustahkamligi ortadi. Quvurga kuch turli yunalishda ta’sir
ko‘rsatadi, masalan, suvning bosimi, erning bosimi va xokazo.
Suvning bosimi tufayli quvurda cho‘zuvchi kuchlanish vujudga keladi va agar
bosim katta bo‘lsa, quvur o‘z o‘qi atrofida yoriladi. Bundan shunday xulosaga kelish
mumkin quvurning suv bosimiga qarshiligini oshirish uchun,
asbest tolasining
joylashishi quvur aylanasiga to‘g‘ri kelishi kerak, ya’ni a-a yunalishda bo‘lishi kerak.
Erga yotqizilgan quvurga erning past tarafidan bosim bilan ta’sir ko‘rsatadi. Agar bu
bosimning qiymati katta bo‘lsa, unda quvur bukiladi va sinadi. Quvurning
qarshiligini oshirish uchun asbest tolasini joylashishi b-b yo‘nalishda bo‘lishi kerak.
Ko‘pincha asbest quvurlarga suv bosimining ta’siri ko‘proq bo‘ladi, shuning uchun
bunday quvurlar tayyorlashda asbest tolasining joylashishini quvur aylanmasiga
moslashtiriladi. Bunday xolda qoliplarda asbest-sement
aralashmasining yupqa
qatlamlaridan foydalaniladi. Bunda tolalarning tekislikda joylashishi, bunday
buyumlarda hosil bo‘luvchi kuchlanishlar yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.