bob. Sement-asbest-suv sistemasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

11 bob. Sement-asbest-suv sistemasi 
1-§ Portlansementni gidratatsiya jarayoniga asbestning ta’siri 
Asbest-sementli buyumlar - bog‘lovchi materialni yupqa va kalta asbest 
tolasi bilan aralashishdan hosil bo‘lgan turli xil qattiq mahsulot hisoblanadi. 
Asbest tolasiga xos yuqori mustahkamlik o‘z navbatida u asosida tayyorlangan 
buyumlarni 
cho‘zilishga, buralishga va kuch bilan ta’sirga bo‘lgan 
mustahkamligini oshiradi. Chunki yangi suv bilan aralashgan sement donachalari 
deyarli mustahkamlikka ega bo‘lmaydi. Shuning uchun unga asbest tolasi 
qo‘shilsa, u butun massa bo‘yicha tarqalib, sement donachalarini o‘zaro 
bog‘laydi, natijada yangi qoliplangan asbest-sement taxtasaning mustahkamligi 
ortadi. Qisqa muddatda asbest tolasi sement bilan aralashishiga qaramay, 
tolachalar sement massasi bo‘ylab keng tarqalib ketadi. Asbestni Ca(OH)
2
yutishi 
sement toshqoldagi boshqa minerallarning suv bilan birikishini tezlashtiradi, natijada 
sementning qotish muddati tezlashadi, shunday qilib biz ko‘rib o‘tgan asbest-
sement-suv sistemasi oddiy uchta moddani aralashmasi bo‘lmay, balki murakkab 
sistema hisoblanadi. Sement va asbest orasida o‘zaro murakkab jarayonlar tufayli 
sementning suv bilan birikish tezligi oshadi, natijada tolachalar bilan asbest-
sement donachalarining bog‘lanishi mustahkamlanadi. 
Asbest tolachalari sement massasi bo‘ylab yupqa mato - to‘r hosil qiladi. 
Ma’lumki, asbest-sementli buyumlar qurilish inshootlarida asosan eguvchi kuchlar
ta’sirida bo‘ladi, natijada buyumda siquvchi va cho‘ziluvchi kuchlanish vujudga 
keladi. Asbest-sement quvurlarda asosan cho‘zuvchi kuchlanish bo‘ladi. 
Bunday kuchlanish asosan asbest tolachalariga to‘g‘ri keladi, sababi ularning 
cho‘zilish kuchlanishga bo‘lgan chidami yuqori bo‘ladi. Sement siquvchi 
kuchlanishni o‘ziga yutadi va asbest tolachalari bilan birikib yaxlit tosh 
hosilqiladi. 
P.I.Sokolov va boshqalar sement tarkibida titkilanib ajramagan asbest 
tolasi 
qanday 
qilib 
mustaxkam 
birikkanligini 
o‘rganishdi. 
Bunda 
tolachaniqanday kuch bilan qotgan sementdan tortib olishni aniqlagandan so‘ng 


353 
va bu topilgan qiymat sementga botirilgan tolachaning yuzasiga nisbatan olib, 
qotib qolgan sement bilan asbest tolasini tishlanish mustahkamligi oralig‘ini 
hisobladilar. Agar sement tarkibidagi C
3
S mineralining miqdori ortib borsa, 
tishlashish mustahkamligi ortadi, ya’ni to‘yinish koeffitsientining birligi oshishi 
bilan tishlanish mustahkamligi ham ko‘payadi. 
Quyida keltirilgan raqamlar ham mustahkamlik sement qotish davri 
cho‘zilgan sari ko‘payishini ko‘rsatadi 
.Sement turi 
Mexanik mustahkamlik, MPa 
7 kun 
28 kun 
3 oy 
«300 va 400» 
32,7 
41,8 
45,7 
«200 va 250» 
26,7 
29,4 
39,5 

Download 6,08 Mb.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish