• 5-§ Sementlar
  • Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/154
    Sana06.12.2023
    Hajmi6,08 Mb.
    #112727
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154
    Bog'liq
    Qurilish materiallari texnologiyasi

    4-§ Amfibolli asbest 
    Sanoatda xrozotil-asbestdan tashqari amfibolli asbest turi ham ishlatiladi. 
    O‘z kimyoviy tarkibiga ko‘ra u magniyva kalsiyli silikatlarning suvli birikmasidan 
    iborat. Ularda ko‘proq va oz miqdorda qolgan asosiy oksidlar hamda suv bo‘ladi. 
    Amfibolli asbest tarkibida krokidolit, amozit, antofillit, tremolit va aktinolit 
    bo‘ladi. Bular xammasi to‘g‘ri tolasimon teksturali bo‘ladi, ya’ni ularning eng 
    mayda tolasi o‘zaro parallel va xrizotilli asbestga qaraganda kislota ta’siriga 
    chidamliligi bilan ajralib turadi, bu esa undan kislotaga chidamli matolar, filtr 
    tayyorlashga imkon beradi. 
    Amozit boshqalardan tolasini uzunligi 250 mm bilan ajralib turadi. Rangi 
    oq, yashil, bo‘g‘iq yashil bo‘ladi. 
    Antofillit - asbesto‘z tarkibiga ko‘ra amozitga yaqin - bunda magniy 
    o‘rniga temir almashgan bo‘lishi mumkin. Rangi och kulrang. Erish temperaturasi 
    1150-1340°C, tola uzunligi 50 mm, tolalari qattiqqiyinlik bilan titkilanib ajraladi. 
    Kislotaga chidamli bo‘lgani uchun kimyo sanoatida ishlatiladi. 
    Tremolit (Na
    2
    O·CaO·5MgO·8SiO
    2
    ) va aktinolit tabiiy jinslarda temir 
    xolda uchraydi. Magniy o‘rtacha 5% gacha ikki valentli temir bilan almashgan 
    bo‘lsa, u aktinolitli asbest deb ataladi. Rangi oq-kumush bo‘lib qisman yashil 
    rangda tovlanadi. Tolasining mexanik qattiqligi yuqori bo‘lmagani uchun sanoat 
    miqyosida hozircha ishlatilmaydi. 
    5-§ Sementlar 
    Xrizotilsementli buyumlar xom ashyosining ikkinchi vakili - portlandsement 
    bo‘lib, u o‘zining tarkibi, kuydirish jarayoni, maydalanish darajasi, qotishi kabi 
    xossalari bilan tayyor mahsulot olishda muhim o‘rin tutadiR 
    Portlandsement tabiatda keng tarqalgan ohaktosh va gilsimon jinslardan, ya’ni 
    tarkibida ko‘p miqdorda kalsiy oksid va kremniy, alyuminiy, temir oksidlari bo‘lgan 
    materiallar aralashmasidan tayyorlanadi. Bundan tashqari uning tarkibiga MgO, TiO
    2



    345 
    P
    2
    O
    5
    , SO
    3
    , ishqoriy metall oksidlari ham kiradi. U moddalar ma’lum darajada 
    portlandsement xossalarini o‘zgartiradi 
    Yuqori sifatli sement olish uchun, xamma CaO klinker tarkibidagi boshqa 
    oksidlar bilan (SiO
    2
    , Al
    2
    O
    3
    , Fe
    2
    O
    3
    ) o‘zaro birikmalar hosil qilgan bo‘lishi kerak. 
    Klinker tarkibidagi CaO erkin yuqori temperatura ta’sirida ham juda sekin so‘nadi, 
    bu jarayon sement qotib, yuqori mexanik mustahkamlikka erishgandan so‘ng ham 
    davom etadi, natijada, undan tayyorlangan buyumlarda darz paydo bo‘ladi. 
    Asbestsementli buyumlarda CaO miqdorini ko‘p bo‘lishi beton buyumda 
    sodir bo‘ladigan kamchiliklarga olib kelmaydi, sababi sement zarrachasi asbest 
    tolalari bilan aralashib ketgan. Lekin CaO miqdori juda xam ko‘p bo‘lsa, asbest 
    sementli buyumlarning mexanik mustahkamligini kamaytiradi va suv yutish 
    xususiyatini oshiradi. Shularni hisobga olib klinkerdagi TK ning miqdorini 0,95 dan 
    oshirmaslikka harakat qilinadi. 
    Ikkinchi asosiy komponent bu SiO
    2
    . Uning miqdori klinker tarkibida C
    2
    S va 
    C
    3
    S hosil bo‘lishga ta’sir ko‘rsatadi. C
    2
    S va C
    3
    S ko‘p bo‘lsa, sementning 
    mustahkamligi oshadi, vaqt o‘tgan sari mustahkamlik yana ham ortib boradi. 
    C
    3
    S asbest tolasini C
    3
    A va C
    4
    AF qaraganda ko‘proq va maxkamrok bog‘laydi. 
    Shuning uchun bu mineral ko‘p bo‘lgan sementdan tayyorlangan asbest mahsulotlar 
    C
    3
    A va C
    4
    AF ko‘p bo‘lgan sement asosida olingan asbest mahsulotlardan o‘z 
    xossalari bo‘yicha yuqori turadi. 
    C
    3
    S sement tarkibida ko‘p bo‘lsa, u tez qotadi, katta issiqlik chiqaradi, 
    mustahkamlik qotish davrining boshidan boshlanib, keyinchalik kamayadi. U sulfat 
    tuzlar ta’siriga chidamli bo‘ladi. Asbest sementli buyumlar olishda tarkibida alyumi-
    nat ko‘p bo‘lgan portlandsement ishlatilmaydi.Temir oksidini xom ashyo tarkibida 
    bo‘lishi, kuydirish temperaturasini pasaytirishga imkon beradi, uning miqdori ko‘p 
    bo‘lib, alyuminiy oksidining miqdori kam bo‘lsa, bunday sement sulfat ta’siriga 
    chidamli bo‘ladi. 
    MgO kuydirish jarayonida xom ashyodagi qolgan oksidlar bilan reaksiyaga 
    kirishmaydi, balki erkin xolda periklaz minerali tarkibida bo‘ladi, kuydirilgandan 


    346 
    so‘ng u suv bilan juda ham sekin birikadi, lekin bunda uning xajmi oshadi, bu esa o‘z 
    navbatida sementda kuchlanashni vujudga keltiradi va u asosida tayyorlangan 
    qurilmani buzilishiga olib keladi. Asbest-sement tarkibida MgO ko‘p bo‘lsa, u 
    asosida tayyorlangan mahsulot ma’lum vaqtdan so‘ng ishdan chiqishimumkin. 
    Klinkerdagi MgO miqdori 2,5% dan 3,5% gacha oshsa, asbest sement 
    omixtasini sizib o‘tishiga qarshilik ko‘rsatuvchi koeffitsienti ortadi, listlarning 
    bukilish mustaqilligi 30% ga kamayadi. 
    Qolgan komponentlar, masalan SO
    3
    ning miqdori ham 1,5% kam bo‘lmasligi 
    kerak.SiO
    3
    asosan gips tarkibida bo‘lib,sementni qotish vaqtini boshqarish uchun 
    klinkerni maydalash jarayonida taxminan 3,5% qo‘shiladi. SO
    3
    miqdori ko‘p bo‘lsa, 
    u kalsiy gidroalyuminat bilan birikib, kalsiy gidrosulfatalyuminathosil qiladi. 
    Natijada sementtoshning xajmi ortadi. Agar SO
    3
    mikdori 1,5%kam bo‘lsa, unda 
    asbest sement buyum, C
    3
    A miqdori ko‘p bo‘lganda, juda sekin qotadi. Shuning uchun
    SO

    miqdorini 1,5% kamaytirish kerak emas. TiO
    2
    klinker tarkibiga giltuproq bilan 
    birga qo‘shiladi, natijada agar 5% bo‘lsa sementning xossalari o‘zgaradi, ya’ni uning 
    mustahkamligi oshadi, klinker minerallarining hosil bo‘lishini tezlashtiradi.Klinker 
    tarkibida ishqoriy metallar xam chegaralangan miqdorda bo‘lishi kerak, sababi ular 
    qotish muddatiga ta’sir ko‘rsatadi, qotgan sementda oq dog‘lar paydo bo‘lishiga olib 
    keladi. Ularning mikdori 1% ortmasligi kerak. 
    Klinker tarkibida P
    2
    O

    ning miqdori 1,5% dan oshgan bo‘lsa, sementning 
    qotishi sekinlashadi. Asbestsement olishda ishlatiladigan portlandsement quyidagi
    talablarga javob berishi kerak:
    C
    3
    S mikdori 50% dan kam bo‘lmasligi kerak; 
    C
    3
    A mikdori 8% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak; 
    CaO erkin mikdori 1% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak; 
    SO
    3
    mikdori 1,5% dan kam va 3,5 % dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
    Odatda asbest-sement buyumlar olishda markasi 400-500 bo‘lgan sementni
    ishlatish mumkin. Bunda sement xossalarini yaxshilash uchun 3 foizdan 
    oshmaydigan miqdorda va sement klinkerini maydalanishini engillashtirish uchun 0,5 


    347 
    foiz atrofida ko‘shimcha moddalar qo‘shiladi. Elash uchun olingan jami klinkerning 
    kamida 88% va ko‘pi bilan 93% №008 mm li elakdan o‘tishi kerak. Qotish davri I 
    soat 30 minutdan oldin boshlanishi, tugashi esa 12 soatdan kech bo‘lmasligi kerak. 
    Portlansementdan tashqari asbestsementli mahsulotlar olishda qumlitsementdan 
    hamfoydalaniladi. 
    Qotib 
    ulgurmagan 
    buyumlarga 
    avtoklav 
    va 
    bug‘latish 
    kameralarida ishlov beriladi. 
    Qum aralashtirilgan sement tarkibidagi C
    3
    S miqdori 50% ortiq, C
    3
    A - 8% dan 
    kam bo‘lishi kerak. Xom ashyo sifatida olingan qumning tarkibida SiO
    2
    miqdori 
    87%, Na
    2
    O hamda K
    2
    O ning miqdori 3% gultuproq esa 10% bo‘lishi kerak. Bunday 
    sement qum va sementni birga yoki alohida maydalash orqali tayyorlanadi. 
    Sementdagi qumning miqdori 38-54% bo‘ladi. Uning solishtirma yuzasi asa 3200-
    3800 sm
    2
    /g teng bo‘lishi kerak. 
    Sementning maydalanish darajasi sifatli asbest-sementli mahsulot olishda 
    muhim ahamiyatga ega. Sababi asbest tolalari titkilanib ajratilgandan so‘ng, o‘ta 
    mayda tolachalardan iborat yuza hosil qiladi, shunda sement donalari, mana shu 
    tolachalar yuzasidagi oraliqni to‘ldirgan bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta 
    sementning maydalanish darajasi yuqori bo‘lishi kerak, ya’ni sement donachalaridan 
    tarkib topgan solishtirma yuzaning qiymati sement balan suvni birikish tezligini 
    belgilaydi, demak sementning bog‘lanish xossalarini ifodalaydi.
    Agar sementning solishtirma yuzasi 2000 dan 4000 sm
    2
    /g va unda 61,1% C
    3

    va 4% C
    5
    A bo‘lsa, sizib o‘tish qarshilik koeffitsienti 2 marta oshadi. Sement 
    tarkibida o‘lchovi 10 mkm bo‘lgan donachalar miqdori 20-23% oshgan bo‘lsa, 
    asbest-sementli omixtaning sizib o‘tish xususiyati yomonlashadi, asbest-sement 
    qavatni suv tutib qolish xususiyati ortadi, asbest-sement xajmi kamayadi. Asbest-
    sement buyumlar olishda sementning turi, maydalanish darajasi va mineralogik 
    tarkibi muhim ahamyayatga ega. 
    Portlandsementga xos bo‘lgan, suvni tutib qolish xususiyati ham asbest-
    sementli buyumlar olishda muhim ahamiyatga ega. Agar bu qiymat ortsa, asbest-
    sement omixtani sizib utish jarayoni yomonlashtiradi, bu esa o‘z navbatida undagi 


    348 
    suvning miqdorini siqib chiqarishni yomonlashadi. Shuning uchun klinker tarkibidagi
    S
    3
    A miqdori, sementning maydalanish darajasi, qo‘shilayotgan moddalarning 
    miqdori suvni tutib qolish xususiyatiga ta’sir ko‘rsatadi.. 
    47 rasmda portlandsementning kotish sxemasi kursatilgan.Ca(OH)

    suvda 
    yaxshi eriydi, u eritmaga o‘lchami kichik, o‘ta mayda kristallar hosil qilgan xolda 
    cho‘kadi. Gidrosilikatlar va gidroalyuminatlar gel ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Bu 
    jarayon boshida sement oson ishlov berish mumkin bulgan «xamirga» xos 
    xususiyatiga ega bo‘ladi. So‘ngra u sekin asta zichlanadi va ma’lum mustahkamlikka 
    ega bo‘ladi. Bu birikish yoki tishlashish jarayonining boshlanishi hisoblanadi. 
    Omixtadagi suvni sement donachalari ko‘proq so‘rib olishi natijasida omixtaning 
    mustahkamligi ortadi. Bu davr qotish jarayoniga to‘g‘ri keladi. Zichlanish bilan bir 
    vaqtda Ca(OH)
    2
    ning qayta kristallanishi va gidroalyuminatlarhosil bo‘lishi sodir 
    bo‘ladi. Bulardan farqli xolda gidrosilikatlar uzoq vaqt o‘zgarishsiz qoladi (47-rasm). 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish