strukturasi: 1-kislorod atomlari, 2-kremniy atomlari, 3, 5-gidroksil guruhlari,
4-magniy atomlari.
Mikroskop ostida kuzatilganda, titilgan xrizotilda optik mikroskopning ruxsat
etilgan chegarasiga yakin bulgan, ya’ni 0,0008 mm ega bulgan tolalar mavjudligi
anik buldi.Ingichkanligi undan xam kichik bulgan tolalar mavjudligini tajribayuli
bilan aniklash imkoniyati bulmaganligi, kupchilik tadkikotchi va xrizotilning
bilimdonlarida uning yanada maydarok titkalanishiga shubxa uygotlanligi sababli,
adabiyotlarda kurincha, xrizotil tolalarining ingichkanligi 0,0008 mm deb kursatiladi.
Bu masala elektron mikroskopda kashf etilgan.Elektron mikroskopining tuzilishi
oddiy optik mikroskopnigiga uxshash bulib, farki unda yoruglik nurlari elektron
okimi, optik linzalar esaelektronmagnit linzalar bilan almashtirilgagligidir.Elektron
mikroskoplarda tasvirlarni 50 ming martrgacha katttalashtirish mumkin. Xrizotilning
asosiy xususiyati uning xuddi paxta singari ingichka tolali massaga titilishida bulib,
ilgarilari Uralda kullanib kelgan ikkinchi nomini, ya’ni xrizotil asbest deb atalgan.
335
43-Rasm.Sof xrizotilning mikrofotosurati.
2-§. Xrizotil va uning xossalari
Mahsulot tarkibiga uning cho‘zilishdagi mustahkamligini oshirish uchun
asbest qo‘shiladi, shuning uchun asbestning cho‘zilishga mustahkamligi uning
asosiy xossalaridan biri hisoblanadi. Asbest tolasining mustahkamligi tekshirish
uchun olingan bo‘lakni qanday holatda bo‘lganligiga bog‘liq. Shuning uchun
buzilmagan, ishlatishga tayyor va titkilanib ajratilgan asbestning mustahkamligi
har xil bo‘ladi. Buzilmagan asbestni P.N. Sokolov va F.B. Siromyatnikov
tekshirganida, asbest cho‘zish davomida tarang material sifatida ko‘rsatishini
aniqladilar. Titkilanib ajratilgan asbestning mexanik qattiqligi buzilmagan, ninaga
o‘xshash tolalalardan ancha past bo‘ladi. Cho‘zilish davrida kalta o‘lchamli
tolalar uzilgandan so‘ng, qolgan tolalarga tushayotgan kuchlanishning ta’siri
borgan sari ortadi. Chunki bunda tolalar orasidagi bo‘lgan, fibrallararo
bog‘lanishning buzilishi tufayli har xil mustahkamlikka ega bo‘lgan tolalar hosil
bo‘ladi va ular o‘z birliginiyo‘qotadi. Tabiatda asosan uchxildagi elastiklikli
tolalari bo‘lgan xrizotil-asbest uchraydi. O‘rtacha, yarimsinuvchan va sinuvchan
xillarining mustahkamligi har xil bo‘ladi, bunda o‘rtachasi qolgan turlariga
336
nisbatan o‘zining birinchi holatdagi mustahkamligini saqlab qoladi. Tolalarning
o‘zaro bo‘linishi hamtaxminiy.
Xrizotil-asbest tolasining mexanik mustahkamligi ikkita kattalik bilan
belgilanadi - elastiklik moduli - bu uning tarangligini va zarbaviy kuchga bo‘lgan
qarshiligini bildiradi, ikkinchisi esa uning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik
chegarasidir. Elastiklik moduli materialni cho‘zilishga bo‘lgan qarshiligini belgilaydi.
Bu kattalik qanchalik katta bo‘lsa, tola unga ta’sir ko‘rsatayotgan kuch ostida
shuncha kam cho‘ziladi.
Elastiklik moduli quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
S
l
l
P
E
bu erda: R – og‘irlik kuchi, kgs/sm
2
;
l- tola uzunligi, sm;
∆l- tola kuch ta’sirida cho‘zilish;
S- tolaning kesim yuzasi, sm
2
.
Asbestni buzilmagan tolalarining elastiklik moduli 1,75-1,95·10
4
kgs/sm
2
teng.
Tolaning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi og‘irlik kuchining ta’sirida
uzilgan tolaning kesimyuzasiga bo‘lgan nisbatibilan belgilanadi: P/S=kg/sm
2
.
Bu kattalik tolaning uzunligiga bog‘liq va o‘rtacha 32000 dan 54000 kg
ks/sm
2
yoki 3200-5400MPa gacha, buzilgan tolalarniki esa 20-30%kam bo‘ladi.
Boyitish fabrikalarida tayyorlangan asbestning tolasini mustahkamligi 800 MPa,
unga ishlov berilgandan so‘ngbu kattalik 700 MPa bo‘ladi, ya’ni kamayadi.
Srunda ham titkilanib ajratilgan asbest tolasining mustahkamligi eng yaxshi po‘lat
armaturalar mustahkamligidan qolishmaydi. Asbest tarkibidagi MgO va kimyoviy
bog‘langan suvning miqdori kamaysa Feva SiO
2
miqdori ortsa, asbestning
mustahkamligi 30-40 % ga kamayadi, natijada u 2-3 marta buralsa sinadi.
Tayyor asbestda asbest tolasining kesim yuzasi katta bo‘lib, 15-20 va 25-
30 m
2
/g teng. Tolaning adsorbsion aktivligi yuqori bo‘lishini ana shu birlik
belgilaydi. Ayniqsa ishqoriy er metallarining gidrooksidlari yaxshi adsorbsiyalaydi.
337
Adsorbsiya - bir moddani (suyuqlik yoki gazdagi ikkinchi moddani) o‘z
yuzasiga singdirishni ifodalovchi xususiyatdir. Asbest yuqori adsorbent bo‘lishiga
sabab, unga titkilash orqali ishlov berilganda kesim yuzasi katta bo‘lgan mayda
tolalar hosil qilishidadir. Shuning uchun u sement materialini juda ko‘p donalarini
o‘z yuzasida ushlab qoladi va suv bilan birgalikda qaymoqqa o‘xshash omixta hosil
qiladi. Bu esa asbest tolasini asbest-sement omixtasida bir tekis tarqalishini
ta’minlaydi va undagi ortiqcha suvni yo‘qotib, to‘r silindr yuzasida ma’lum
namlikka ega bo‘lib, tarkibida asbest va unga o‘tirib qolgan sement
zarrachalaridan iborat qavatni vujudga keltiradi.
Gipsni sementga qo‘shish, asbest sement qotishda ajralgan ohakni o‘ziga
singdirishini kuchaytiradi. Asbest tolasi havodagi namni ham o‘ziga singdirish
xususiyatiga ega. Bunda suvni singdirish asbestni titkilanishi qanday darajada
ekanligiga bog‘liq va o‘rtacha 2,7% dan 5% gacha bo‘ladi. Asbestni siqib ajratib
olingan suvli eritma ishqoriy muhitga ega bo‘lib rN-10,33 tengdir.
Xrizotil-asbest suvli yoki ishqoriy suyuqliklarda ushlansa bo‘kadi.
Bo‘kish asbest tolasi uzunligi kamaygan sari oshadi. Natijada uning adsorbsion
qobiliyati yanada ortadi. V.A. Naumov tekshirishlar asosida eng kichik asbest
tolasiham yanada kichik tolachalardan iborat ekanligini aniqladi. Ana shu
tolachalarning ayrimlarida kichik o‘lchamdagi darz ketgan bo‘laklar bo‘ladi va shu
joyga asta-sekin ohak suyuqligikirib qoladi. Suyuqlikning yupqa qatlami darz
ketganjoylar devorini kuch bilan itaradi, natijada bu tolachaniqolgan tolachalar
bilan bog‘lanishi buziladi va yangi yuza hosil bo‘ladi. Umuman ohak suyuqligi
tolachalaning ichiga kirib borgan sari, tolaning diametri kattalashadi. Boshqacha
qilib aytganda tola bo‘kadi. Bu jarayon tolachalarda mavjud bo‘lgan barcha
mitti darz joylar suyuqlik bilan to‘lmaguncha sekin-asta davom etaveradi.
Asbest o‘ziga Ca(OH)
2
yutishi natijasida, uning suyuqlikdagi miqdorini
kamaytiradi, shuning uchun sementning gidratlanishi va qotishi asbest-sementda
beton va boshqa qorishmalarga qaraganda tez ketadi.
338
Xrizotil-asbest kislota ta’siriga chidamsiz chunki uning tarkibiga kiruvchi
magniy oksid kislotada eriydi. Qolgan kremniy o‘zagi mustahkam emas va juda engil
mayda o‘lchamli unsimon moddaga aylanadi. Xrizotil-asbestni kislota ta’siriga
chidamsizligi asbest-sement buyumlarining sifatiga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki
aralashma tarkibidagi sementning kislota ta’siriga chidamliligi yuqori bo‘lishi shu
kamchilikka barxam beradi. Lekin xrizotil-asbest ishqor ta’siriga eng chidamli
minerallardan biridir. Buning muhim tomoni bor, chunki portlandsement
qotayotganida ko‘p miqdorda Ca(OH)
2
ishlab chiqadi. Asbestni adsorbsiya xususiyati
yuqori bo‘lganligi tufayli u Ca(OH)
2
ni yutadi, bu esa asbest va sementning o‘zaro
mustahkam birikishiga olib keladi va sementning qotishini tezlashtiradi.
Yuqori haroratda asbest yonmaydi, lekin u parchalanadi va undagi mexanik
va kimyoviy bog‘langan suv bug‘lanish orqali ajraladi. V.M. Siromyatnikov
o‘tkazgan tekshirishlar natijasida asbest 100°C da qizdirilganda 67% mexanik
bog‘langan suv bug‘lanishi aniqlangan, buni asbest mineralini DTA yordamida hosil
qilingan egri chiziqlarida birinchi endotermik effekti sifatida hosil bo‘lishi ham
ko‘rsatadi (44-rasm). Agar asbest 660-810°C da qisqa muddatda qizdirilsa uning
tarkibidagi kimyoviy bog‘langan suv bug‘lanadi va DTA egri chizig‘ida ekzoeffekt
hosil bo‘ladi. Suvning bug‘lanishi asbest tolasiga xos bo‘lgan egiluvchanligini va
mexanik mustahkamlikni keskin kamayishga olib keladi va u qayta tiklanmaydi.
Mana shu haroratdan keyin asbest forsteritga - magniy silikat birikmasiga aylanadi va
DTA egri chizig‘ida ekzoeffekt hosil bo‘ladi. Bug‘lanish jarayoni batamom
tugagandan so‘ng asbest tolasi juda ham mo‘rt bo‘lib - oson maydalanadi, 1550°C da
esa asbest eriydi.
|