329
foydalanilmoqda. Vatanimizda asbest-sementli trubaning quyidagi turlari ishlab
chiqarilmoqda:
- bosimga chidamli VT-3, VT-6, VT-8, VT-12 kabi, ular 0,3,
0,6, 0,8 va 1,2 MPa gacha bo‘lgan gidravlik bosimga mo‘ljallangan.
- oddiy bosimsiz, oqiziqlar va aloqa simlarini o‘tkazish uchun;
- bosimli gazlarni o‘tkazish uchun.
Qurilishda asbest-sementli qurilmalarning ishlatilishi yuqori iqtisodiy samara
bermoqda.
Jumladan, temirbeton materiallar va buyumlarga qaraganda moslama
og‘irligi 6-8 marta, I m ga sarflanadigan temir miqdori esa 2-3 kg kamayadi,
moslama tannarxi o‘rtacha 15-20% kamayadi, bu esa o‘z navbatida qurilish
muddatini qisqartirishga olib keladi. Asbest-sementli materiallarga bo‘lgan talab
kundan-kunga
oshmoqda.
Ana
shu
talablar
asosida
hozirda
sovuq
o‘tkazmaydigan temir-beton plitalar ustidan qoplovchi materiallar qoplanmoqda,
asbest-sementli materiallarning turlari takomillashtirilmoqda.
Kelajakda, asbest-
sementli materiallardan tomlarni sovuq o‘tkazmaydigan qilib qoplash, inshoot
poydevorlarini tiklashga
mo‘ljallangan turlarini ishlab chiqarishga o‘tish
mo‘ljallanmoqda. Ularni mustahkamlash, uzoq muddat ishlashni oshirish esa, asbest-
sementni aralashmasini oquvchanliginioshirishni talab etadi. Bu masalani hal
qilish yo‘llaridan biri asbest-sement listlar tarkibiga qo‘shimcha
temir qirindilari,
sun’iy shisha tolalari, simto‘rlar va xokazolar qo‘shishdan iboratdir. Sim to‘rli
asbest-sement listlar materialni cho‘zilishi va zarb kuchlariga bo‘lgan
mustahkamligini bir necha marta oshiradi va uni osonlik bilan sinishi kabi
kamchiligini kamaytiradi. Texnologik jarayonda ayrim qiyin tuzilishdagi qismlar -
shveller, burchaklar tayyorlash usullarining yo‘qligi ham asbest-sement asosida
ularni ishlab chiqarishga imkon bermayapti.
2010 yil va undan keyingi yillarda xalq xo‘jaligi oldiga qo‘yilgan vazifalar
asosida asbest-sement mahsuloti ishlab chiqarish sanoati oldida quyidagi
muammolar mavjud;
330
- mahsulot xilma-xilligini ta’minlash, ularning sifatini oshirish, uzunligi 6
metrli bo‘lgan quvurlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish;
- ishlab chiqarishni jadallashtirishga esa mehnat unumdorligini oshirish, yangi
texnologik jarayonlarni qo‘llash, ishla turgan asbob-uskunalarni takomillashtirish
orqali erishish;
-
xom ashyoni tejash, ularning yangi turlarini topish, jumladan sifati past
bo‘lgan sbestlarni qo‘llash.
Sanoatda tayyorlangan asbest-sementli mahsulot turlari, asbest hom
ashyosini qancha miqdorda borligiga, qancha miqdorda tayyorlanayotganiga qarab
rejalashtiriladi. Shuning uchun hozirgi paytda bu turdagi mahsulot xillarini
takomillashtirish, ularning o‘lchamlarini kattalashtirishga, ko‘rinishini
yaxshilashga
qaratilgan. Jumladan, o‘lchami 2500-2000 mm bo‘lgan to‘lqinsimon plitalar, yangi
xildagi yassi panellar tayyorlanmoqda. Umumiy ishlab chiqarish xajmida bunday
buyumlar o‘rtacha 24 foizni tashkil qiladi, 12 foizdan ortiq buyumlar rangli qilib
tayyorlandi. Bularga albatta korxonalardagi mashinalarni va moslamalarni yangi,
unumdorligi yuqori bo‘lgan hillarini eskilari o‘ringa almashtirish orqali, qo‘l
mehnatini yanada kamaytirish, yarim avtomat va avtomat liniyalarni qo‘llash orqali
erishish mumkin.