321
birga yorilmasdan, hajmi 1…1,5% ga ortadi, natijada u yanada zichlashib, betonning
monolitligini ta’minlab beradi.
Sanoat kengayuvchi sementning ikki turini ishlab chiqaradi: suv
o‘tkazmaydigan kengayuvchi sement va gipsqum tuproqli kongayuvchn sement.
Kengayuvchi sementni giltuproqli portlandsement asosida ham hosil qilish mumkin.
Lekin ko‘pincha bu maqsadda giltuproqli sement ishlatiladi, bu holda ancha chidamli
kengayuvchi sement olinadi. Bu sementlarning qotish paytida kengayishiga sabab
ular tarkibida hajm juda ortadigan kalsili gidrosulfoalyuminat, ya’ni «
sement
batsillasi»hosil bo‘lishidir,
«batsilla» bu holda ijobiy rol o‘ynaydi.
Konstruksiya yoki buyumlarning emirilgan qismlari
darz va yoriqlarini
tuzatishda kengayadigan sement ishlatiladi. Bu sementni prof. V.V. Mixaylov ixtiro
(Rossiya) qilgan. Uning tishlashish davri 1-4 minut, qotish davri 5-10 soat. Bunday
sement tishlashish jarayonida kirishish o‘rniga kengayish xususiyatiga ega.
Uning
suvdagi chiziqli kengayishi 0,1%, quruqlikdagi kengayishi 3%.
Bunday kengayadigan sement giltuproqli sementni aralashtirib olinadi. Uning
28 kundan keyingi markasi 300, 500 ga teng.
Giltuproqli sement asosida kengayadigan bog‘lovchi materiallarning boshqa
turi ham bor. P.P. Budnikov, B.B. Skramtaev va I.V. Kravchenkolar tavsiya
(Rossiya) etgan gips toshqol-giltuproqli sementdan tayyorlanadi.
Bunday sement
giltuproqli sement (45%), maydalangan domna toshqoli (25%) va ikki molekula suvli
gips (30%) aralashmasidan tayyorlanadi. Mazkur bog‘lovchi material o‘z
xususiyatiga ko‘ra, gips-giltuproqli sementga yaqin turadi.
Portlandsementning ham bir kancha turlari bor. Fransuz olimi Lose birinchilar
qatori, tarkibida 70…80% portlandsement, 15…20% domna toshqoli va 5…15%
kengayuvchi qismidan iborat sementni tavsiya etgan edi. Bu kengayuvchi tarkibi ikki
molekula suvli gips (50%), qizil boksit (25%) va bo‘r (25%) aralashmasini kuydirish
yo‘l bilan olinadi. Mazkur qism qanchalik ko‘p bo‘lsa, sement yana ham ko‘proq
kengayadi, toshqolining asosiy vazifasi barcha aralashma qotishining bosqichida
ortiqcha kalsiy sulfatni biriktirish hamda aralashmaning barqarorligini ta’minlashdan
322
iborat. Shuningdek portlandsement, giltuproqli sement va sulfat toshqol sementlarini
aralashtirib yoki portlandsementga turli kengaytiruvchi moddalar qo‘shib
kengayuvchi sement tayyorlash metodi ham O.P. Mchedlov-Petrosyan, A.E. Sheykin
va boshqalar tomonidan tavsiya etilgan.
Portlandsement va giltuproqli sementdan V.V. Mixaylov va uning shogirdlari
taranglanuvchi sement deb ataladigan sement yaratdilar.
Bu sement faqat kengayish
xajmi bilan emas, balki kengayish energiyasining kattaligi bilan ham xarakterlanadi.
Taranglanuvchi sement 14:16:70 dan 16:20:64 gacha massa nisbatlarida
olingan ikki suvli gips, giltuprog‘i yuqori darajada bo‘lgan klinker yoki toshqol va
portlandsement klinkeri aralashmasining solishtirma sirti 45 m
2
/kg
qadar tuyib
tayyorlanadi. Og‘irlik nisbati 1:1 bo‘lgan qorishmaning namunalari normal sharoitda
qotirilganda, oradan 28 kun o‘tgach pishiqligi 80…90 MPa ga etadi.
Taranglanuvchi sement 2…5 minutda tishlashadi. 20 mm qalinlikda qotgan
sement namunalarida 2 MPa gacha gidrostatik bosim ta’sirida ham filtratsiya sodir
bo‘lgan. Bu bog‘lovchi material uchun kengayish energiyasining katta bo‘lishi
xarakterlidir; 1:1 nisbatidagi bog‘lovchi modda namunalari qotganida kengayish
energiyasi 3…4 MPa ni tashkil etadi. Bu sementning
xususiyatlari undan
taranglanuvchi energiyaga ega bo‘lgan armaturasi temir-beton buyumlarni tayyorlash
imkoni beradi, qotayotgan sement kengayish paytida bunday energiya ortaveradi.
Bunda armaturalash darajasiga (0,15…1,5%) bog‘lik ravishda po‘latning tarangligi
300…400 MPa gacha etishish mumkin. Shuni ta’qidlash kerakki, qorishma
kengayganda armatura ikki yoki uch o‘qli yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin, bunga
oddiy to‘g‘ri chiziqli usulda erishib bo‘lmaydi. Bunday
sementdan tayyorlangan
buyumlar quritilganda, qorishma taxminan 0,2% kirishganda tarangligi 20…25%
gacha kamayishi mumkin.