Sulfominerallarning agressiv muxitlarda qotish jarayoni




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Sulfominerallarning agressiv muxitlarda qotish jarayoni. Ayrim minerallari 
tuzlarining ta’siriga bardoshligi shu minerallarning 3% li MgSO
4
va 5% li Na
2
SO
4
eritmalarida qotish jarayonini kuzatish davomida o‘rganiladi. Sulfoalyuminatli 
sement namunalari mazkur eritmalarda juda tez emiriladi, chuqur yoriqlar paydo 
bo‘ladi va uning yuzasi maydalaniladi.. 
Sulfosilikatning namunalari, shuningdek 20% sulfoalyuminatli sulfosilikatli 
sement namunalarining MgSO
4
, hamda Na
2
SO
4
eritmalarida tuzlar ta’siriga yuqori 
darajada chidamligi aniqlandi. Olti oy mobaynida ularning chidamlik koeffitsienti 1, 
ba’zilariniki esa 2 dan yuqori, ya’ni suvda qotayotganga nisbatan mustahkamligi 
1…2 marta ko‘p. 
Avtoklavda ishlov berish sulfoalyuminatli namunalarining korroziyasini 
yo‘qota olmaydi. 3% li MgSO
4
ning va 5% li Na
2
SO
4
ning eritmalari ta’sirida sement 
namunalari, ulardan juda ko‘p miqdorda ettringit (kalsiy gidrosulfalyuminatning 
sulfati ko‘p bo‘lgan formalari) hosil bo‘lish tufayli emiriladi. Sulfosilikatli sement 
namunalarida 20% 3(CaO∙Al
2
O
3
)∙CaSO
4
bo‘lib, agressiv eritmalarda shu sementlar 
mustahkamligining ortishi ularning kimyoviy chidamliligi bilan bog‘liq. Gips va 
ettringitning birmuncha kristallanishi bunga misol bo‘ladi. Mazkur minerallarning 
mayda kristallari gidrosilikatlar bilan birgalikda jips birikadi, bu hol sementning uzoq 
vaqt mobaynida qotishda sementtosh strukturasini mustahkamlaydi. 
Sulfominerallardan iborat sementtoshga yuqori temperaturaning ta’siri. Erkin 
ohak ajratmay qotadigan sementlar portlandsementga nisbatan yuqori darajada 
issiqqa chidamli bo‘ladi. Shuning uchun sulfoalyuminat hamda sulfosilikatning 


317 
yuqori temperaturadagi xususiyatlarini o‘rganish muhimdir. Sulfosilikatli sement 
namunalarining mustahkamligi 800
0
C temperaturada 25%, 900
0
C temperaturada 
30…40%, 1000
0
C da esa 44…50% gacha kamayadi. Tarkibida 3CaO∙Al
2
O
3
∙CaSO

bo‘lgan sement namunalarining issiqqa ancha bardoshli ekanligi ma’lum. Bu 
mineralning yuqori temperaturaga chidamliligining sababi gidratlanish jarayonida 
gilsimon mahsulotlarning yo‘qligidir. 
Past temperaturali manzarali bog‘lovchi material olish. Xozirgi vaqtda oq 
portlandsement asosiy manzarali gidravlik bog‘lovchi material hisoblanadi. Bu 
portlandsementning xom ashyo aralashmasida temir oksidlari deyarli uchramasligi 
sababli uni 1500…1600
0
C temperaturada kuydirish ancha qiyin, bu xol ishlab 
chiqarish texnologiyasini murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun ishlab 
chiqarilayotgan bunday sement miqdori qurilishning talabini qondira olmaydi. 
Asosan sulfominerallardan tashkil topgan oq sementni past temperaturada olish 
uchun kaolin, ohak va fosfogips xom ashyo aralashmalari kuydiriladi. Aralashma 
3CaO∙3Al
2
O
3
∙CaSO
4
va 2(CaO∙SiO
2
)∙CaSO

hamda birmuncha ortiqcha angidridi 
bo‘lgan sementni olishga muljallab tayyorlangan. Ushbu xom ashyo aralashmasini 
1200…1250
0
C temperaturada kuydirib, ochiq havoda tez sovutiladi. Hosil bo‘lgan 
klinker oqish rangli bo‘lib oson kukunlanadi. 
Tajribalarning ko‘rsatishicha fosfoangidrid, kaolin hamda ohaktosh 
ishtirokidagi klinker bunday sharoitda kam dissotsiatsiyalanadi, chunki uning 
parchalanishiga imkon beruvchi oqsidlar —SiO
2
, Al
2
O
3
va Fe
2
O
3
ohak bilan o‘zaro 
reaksiyaga kirishib ketadi. O‘tkazilgan tajribalar aktivligi va suvga bardoshliligi 
yuqori bo‘lgan, ohagi yuvilib, yueasiga chiqmay qotadigan oq (manzarali) 
sulfoalyuminatsilikat sement olish imkonini tasdiqladi. 
Laboratoriyada o‘tkazilgan tajribalarning natijalari oq portlandsement ishlab 
chiqaradigan Angren zavodida sinab ko‘rildi. Bunda zavodda ishlatilayotgan kaolin 
gili 14%, ohaktosh 42% va fosfogips 44% xom ashyo materiali bo‘lib hisoblanadi. 
Aralashma kalsiy sulfosilikat, sulfoalyuminat va ortiqcha miqdordagi CaSO
4
birmuncha miqdorda C
4
AF hosil bo‘lishini ko‘zda tutib tayyorlangan. 


318 
Fosforli o‘g‘itlar sanoatining qo‘shimcha mahsuloti—fosfogips maxsus 
mablag‘ va ekspluatatsiya sarflarini talab qilmaydi, uning dispersligi ohaktosh uchun 
zarur jarayon hisoblangan maydalash zaruratini bartaraf etadi. Bu esa elektr 
energiyasini ko‘p mikdorda tejashga imkon beradi va aralashma xom ashyosnin 
tayyorlashda maydalovchi jinslar sarfini kamaytiradi, shuningdek, chiqindilardan 
foydalanish masalasi ham maqsadga muvofiq hal etiladi. 
Sinov o‘tkazilayotgan vaqtda materialni kuydirish temperaturasi 250
0

kamaydi, 1250
0
C ga tenglashdi. Pechning oziqlanishi ancha ortganiga qaramay xom 
ashyo aralashmasi me’yorida va ohakning to‘liq bog‘lanishi asosida kechadi. Bunda 
katta bo‘laklar hamda boshqa salbiy holatlar ko‘zatilmaydi. Chala pishgan klinker 
sarg‘imtir oqish rangda, donalari silliqlanmagan turli shaklda edi. Klinker suvda 
tezda sovitilgach, sochilmaydi. Uning og‘irligi 1,2 kg/l. Olingan klinkerning 
maydalanish qobiliyati oq portlandsementnikiga nnsbatan 2 marta yuqori. 
Shunday qilib, sinash natijasida pechning unumdorligini 55% ga oshirishga va 
mazutnnng solishtirma sarfini 30% gacha kamaytirishga erishildi. Past temperaturada 
kuydirish sharoitida pech futirovkasining mustahkamligi oq portlandsement ishlab 
chiqarishdagidan ancha uzoq saklanadi Hosil bo‘lgan sementning fizik-mexanik 
sinovlardan keyin kuyidagi xossalari ma’lum bo‘ldi: GOST 310—85 ga muvofik 1, 
3, 7, 28, 180 va 360 kundan keyingi egilishga bo‘lgan mustahkamligi tegishlicha 2, 4, 
6, 7 MPa, siqilishga bo‘lgan mustahkamligi esa 17, 31, 39, 43, 40 va 55 MPa ga teng. 
Sement qorishmasining normal quyuqligi 23,5. Uning oqlik darajasi 76…81%. 
Sementning rangi o‘zgarmay qotadi va qimmat gidravlik qo‘shimchalar 
qo‘shilmaydi. Demak, olib borilgan tajribalar past temperaturada kuydiriladigan 
manzarali sulfoalyuminatsilikatli sementining oq portlandsementga nisbatan bir 
qancha afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatdi. 
O‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan ijobiy natijalar turlicha miqdorda 
3CaO∙3Al
2
O
3
∙CaSO
4
bo‘lgan sulfoalyuminat silikatli sementni qurilish materiallari 
sanoatida ishlab chiqarish uchun tavsiya etish imkonini beradi (Otaqo‘ziev T.A. 
rahbarligida bu ish bajarilgan). Bu maqsadda tarkibida qumi ko‘p bo‘lgan kaolinitli 


319 
gillardan, kimyo sanoati chiqindilaridan (fosfogips) foydalanish mumkin, bu esa oliy 
navli gillar ishlatishni talab etuvchi oq, sement ishlab chiqarishni ancha 
osonlashtiradi. Bunda tashqari, xom ashyo va sementni maydalashga, shuningdek, 
yoqilg‘iga sarflanadngan energiyani kamaytirish mumkin. 
Gips va fosfogipsdan bir-vaqtning o‘zida, sulfat kislota sulfoalyuminat-silikatli 
sement olish buyicha ham ish olib borilmoqda. Buni amalga oshirish uchun 85…90% 
fosfogips va 10…15% alyumosilikatli materialidan iborat aralashma, ko‘mir 
ishtiroqida 1250
0
C temperaturada qisman qaytariladi, natijada sulfoalyuminat 
silikatli-sement hamda CO

gaz hosil bo‘ladi CO
2
dan olingan sulfat kislota esa yana 
ishlab chiqarishga qaytariladi. Olingan sementning rangi ko‘kimtir bo‘ladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sulfominerallarning agressiv muxitlarda qotish jarayoni

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish