Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

9-§ Giltuproqli sementlar 
Ohaktosh va giltuproqqa boy bo‘lgan tog‘ jinslari eriguncha yoki qisman erib 
pishirib hosil bo‘lgan klinker yaxshilab tuyib olingan tez qotuvchan va juda pishiq 
gidravlik bog‘lovchi giltuproqli yoki alyuminatli sement deb ataladi. Gil tuproqli 
sement tayyorlash uchun xom ashyo sifatida asosan chuqindi tog‘ jinslaridan 
boksitlar ishlatiladi. Boksitlar qizil bo‘lib giltuproq gidratining temir gidroksid 
aralashmasidan iborat. Boksit konlari juda kam bo‘lgan uchun giltuproqli sement 
ishlab chikarishda giltuprokqa boy bo‘lgan sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. 
Giltuproqli sement tarkibida 40% atrofida giltuproq (Al
2
O
3
), 45% gacha kalsiy 
oksidi (CaO) va 5…10% kremniy (SiO
2
) bor. Giltuproqli sement qotish jarayonida 
suv bilan tez reaksiyaga kirishib tez tishlashuvchan qotish xususiyatiga ega bo‘lgan 
ikki kalsiyli gidroalyuminat mineralini hosil qiladi: 
2(CaO∙Al
2
O
3
)+11H
2
O=2CaO∙Al
2
O
3
∙8H
2
O+2Al(OH)
3
Qotgan sement tarkibida erkin xoldagi kalsiy gidroksid bilan uch kalsiyli 
gidroalyuminat bo‘lmagani tufayli giltuproqli sement yumshoq, chuchuk va er osti 
agressiv suvlari ta’siriga chidamlidir. Sementning tishlashishdavrining boshlanishi 30 
minutdan keynn boshlanadi, oxiri 12 soatgacha davom etadi. Giltuproqli sement tez 
qotuvchan bo‘lib, uning bir kunlik mustahkamligi 28 kunligining 50% ini tashkil 
etadi. Giltuproqli sementning markasi sement-qumning 1:3 nisbatida tayyorlangan 


320 
namunasi uch kundan keyin siqishga sinab aniqlanadi. Giltuproqli sementning 
texnikaviy shartlari (GOST 969-77) 32-jadvalda berilgan. 
Giltuproqli sementning portlandsementdan farqi shundaki, u qotish jarayonida 
ko‘p suv talab etadi, shu sababli beton qorishmalari uchun suv-sement nisbati 0,5-0,6 
dan ko‘p olinadi. Giltuproqli sement tishlashish va qotish jarayonida o‘zidan ko‘p 
issiqlik ajratadi. Sru sababli, betonlash ishlari yuqori temperaturada olib borilsa, uni 
sovitib turish kerak bo‘ladi. Gil tuproqli sement inshotlarining, yo‘l va ko‘priklarni 
qurilishini tezlik bilan foydalanishga topshirish zarur bo‘lganda katta ahamiyatga ega. 
Gil tuproqli sementdan tayyorlangan buyumlarni bug‘ ta’siriga uchratish yoki 
portlandsement bilan aralashtirish mumkin emas. Giltuproqli sement korishmasining 
mustahkamligi juda tez o‘sadi, shuning uchun shoshilinch bajariladigan va baxtsiz 
xodisalarini yo‘qotish ishlarida bu sement ishlatiladi. 
32-jadval 
Sement 
markasi 
Mustahkamlik chegarasi, MPa 
Siqilishdagi
Egilishdagi
24 soatdan 
keyin 
3 kundan keyin 
24 soatdan 
keyin 
3 kundan keyin 
400 
500 
600 
35 
45 
55 
40 
50 
60 

2,4 
2,7 
2,2 
2,6 
3,0 

Download 6,08 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish